Angren shahar istiqlol yillarida


Muntazam “Gazetaxonlik ma`naviyat belgisi”



Download 435 Kb.
bet10/15
Sana29.12.2021
Hajmi435 Kb.
#83827
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
dilfuz

Muntazam “Gazetaxonlik ma`naviyat belgisi”
Yevropada chop etiladigan ayrim yirik bosma nashrlarning muharrirlari gazetalar tarixga aylanadi, degan fikrga qo‘shilishmaydi. To‘g‘ri, bugun dunyoning turli nuqtalarida, xususan, AQSh va Yevropada bosma nashrlar tirajining pasayishi, qo‘shimcha soliqlar, internet bilan raqobatda faoliyat olib borish kabi jarayonlar matbuotga kuchli bosim o‘tkazmoqda. Qolaversa, texnologiyaning jadal rivojlanishi, iste'molchilar tanlovining o‘zgaruvchanligi ham vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

Associated Press agentligiga intervyu bergan Yevropa gazetalari muharrirlari hali ham kelajakka umid bilan qarashmoqda. Ularning fikricha, internet media taraqqiyoti gazeta formatini o‘zgartirsa-da, bu bir tahdid emas, balki imkoniyatdir. Ya'ni media inqilobi avvalgidek chuqur va tahliliy jurnalistikaga qaytish uchun imkoniyat yaratishi mumkin.

Fransuzlarning Le Monde gazetasining raqamli loyihalari va internet-menejyeri Bruno Patinoning ta'kidlashicha, bosma mahsulot va internet orasida «aniq farq» yuzaga keladi. Ya'ni gazetalar chuqur tahlillarga e'tibor qaratib, o‘z asliga qaytadi va yanada elita-xoslik kasb etadi. Internet nashrlari esa ko‘proq yangiliklar, tezkor xabarlar berishga ixtisoslashadi.

Italiyaning Correra della Sera nashrining internet muharriri Marko Pratellesi ham internet an'anaviy jurnalistikaga qaytish uchun imkoniyat beradigan vositadir, degan fikrda. Pratellesi internetdagi yangilik narxi bosma nashrlarga qaraganda arzonroq ekanligini va bosma nashrlarda bu joyni reklama uchun ajratish mumkinligini eslatib o‘tadi.

Times of London nashrining raqamli media nashriyotchisi Zach Leonardning so‘zlariga ko‘ra, internet bosimi «eski» jurnalistlarni yangi «fokus»larni o‘rganishga majbur qiladi va gazetalar multimedia portallariga aylanadi.

Turk jurnalisti Garbis Keshisho‘g‘li esa raqamli inqilob natijasida vujudga kelgan o‘zgarishlarni raqamli imkoniyatlarga aylantira olgan aqlli gazetachilar «Bosma matbuot o‘ladimi?» degan savolni kechiktirishga muvaffaq bo‘lishadi va ular «gibrid matbuot»ni yaratishadi, degan fikrda. Ya'ni bunda bosma matbuot o‘z mantig‘ini saqlab qoladi va raqamli inqilobning imkoniyatlaridan foydalanadi. Shu asno ularning ikkisi bir-birini to‘ldiradi va rivojlantiradi.

Ta'kidlash joizki, bugun raqamli inqilobga qaramay, Pokiston, Hindiston, Xitoy va Uzoq Sharqda bosma tiraj va reklama hajmini tobora oshirayotgan gazetalar ham mavjud. Masalan, Pokistonda Dawn mediaguruhi tobora ortib borayotgan tirajini qondirish uchun doimiy ravishda tonnalab qog‘oz buyurtma qilmoqda. Biroq bu davlatlarni AQSh va Yevropa bilan taqqoslashga urinish u qadar to‘g‘ri bo‘lmaydi, albatta. Chunki yuqoridagi davlatlarda endigina shakllana boshlagan o‘rta sinf garchi smartfonlar bo‘lsa-da, bosma gazetani o‘qishni afzal ko‘radi. Ular uchun tashqariga chiqish, gazeta olish va bir finjon kofe bilan yangiliklardan xabardor bo‘lish – bu o‘ziga xos tonggi marosimdir.

«Danilo & Black» dizayn kompaniyasi rahbari Roger Blakning fikricha, gazetalar ming yildan keyin ham nashr etiladi. Raqamli ommaviy axborot vositalari va bosma ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt do‘st bo‘lib qoladi. Ehtimol, yana 1000 yil... Qachonki OAVsiz aloqa qura olsak, ya'ni, masalan, biror romanni ko‘rganimiz hamon uni xotiramizga joylay olsak, o‘shandagina gazetalar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

USC Annenbergdagi raqamli kelajak markazi asoschisi va direktori Jyeffri Koulning fikricha, bugungi odamlar avvalgi odamlarga qaraganda yangiliklarga ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Ammo ular axborot olish uchun gazeta varaqlamaydilar. Shuning uchun gazetalar soni va tirajlari muttasil kamayib bormoqda. Endilikda gazeta o‘zining biror o‘quvchisini yo‘qotsa, uning o‘rinini boshqa o‘quvchi bilan to‘ldira olmaydi.

Tan olish kerak, O‘zbekistonda ham holat havas qilgulik darajada emas. Matbuotchilar «Gazeta o‘qiydigan odam qolmadi» deb nolisa, odamlar «O‘qiydigan gazeta qolmadi» deb yozg‘irmoqda. Har ikki tomon ham o‘zicha haq. Mavjud vaziyat esa bizni masala yuzasidan jiddiy mushohada qilishga undaydi.

Bugun bosma narlar modellarini o‘zgarishni zamonning o‘zi talab qilmoqda. Buni inkor etish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Nafaqat biz, balki butun dunyo bu masalada o‘tish davrini boshdan kechirmoqda. Bu davr biroz beqaror va u moslashish jarayoni bilan bog‘liqdir.

Bayrog`imiz – faxrimiz g`ururimiz.


"O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i to'g'risida"gi Qonun 1991-yil 18- noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning mill iy va madaniy o'zligini ham aks ettiradi.

Bayroqdagi moviy rang - mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviyrang. Sharqda azaldan qadrlanadi, o'z vaqtida buyuk Amir Temur ham o'z bayrog'iga bu rangni tanlagan.

Oq rang - tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o'z yo'lida baland dovonlardan oshib o'tishi kerak. Bayrog'imizdagi oq rang yo'lirnizning musaffo va charog'on bo'lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

Qizil yo'llar - bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir.

Yashil rang - serne'mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashilrangdir.

Yarim oy - O'zbekiston xalqining ko'p asrlik an'analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar - musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir.

Bayrog'imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o'lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.

Davlat bayrog'i - bizning o'tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir.

O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida dunyodagi suveren davlatlar bayroqlari qatorida turibdi. O'zbekiston bayrog'i xorijiy mamlakatlarda Prezidentimiz boshliq davlat delegatsiyasini qabul qilish marosimlarida, chet el davlat delegatsiyalarini O' zbekistonda qabul qilish marosimlarida ko'tariladi.

O'zbekiston bayrog'i O'zbekiston Prezidenti qarorgohi Oqsaroy binosi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosi tepasiga ilib qo'yilgan. O'zbekiston sportchilari jahon sport musobaqalarida g'oliblikni qo'Iga kiritib, shohsupaga ko'tarilgan paytlarda ham O'zbekiston bayrog'i ko'tariladi. Shu boisdan mamlakatimizda va jahon uzra O'zbekiston bayrog'ining ko'tarilishi, bir tomondan, davlatimiz shon-shuhratini ko'tarsa, ikkinchi tomondan, barchamizga quvonch, faxrlanish, g'urur bag'ishlaydi.




Download 435 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish