Angliya va fransiyafa klassik (mumtoz) maktabining shakllanishi Reja



Download 19.38 Kb.
Sana20.11.2019
Hajmi19.38 Kb.
Angliya va fransiyafa klassik (mumtoz) maktabining shakllanishi

R e j a

1. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining asosiy mohiyati.

2.Angliya va Fransiyada klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari.

3.V.Petti – Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi.

4.XVII-XVIII asrlarda Fransiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining xususiyatlari va uni P.Buagilberg qarashlarida aks etishi. 5.Fiziokratizm. F.Kene va A.Tyurgoning iqtisodiy bilimlari.

1.Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining asosiy mohiyati.

XV asr oxiri -XV11 asrlar davomida yangi iqtisodiy bilimlar merkantilizm va u bilan bog‘liq siyosat paydo bo‘ldi. Bu ta’limot bo‘yicha milliy - xalq boyligi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan prinsipial farq qiladi). Bu ta’limotda ikki davrni ajratish mumkin: 1. Ilk Merkantilizm yoki Monetarizm (ya’ni pul degani) XV-XVI asrlarda (qisman XVII asrda) mavjud bo‘ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa qimmatbaxo javoxirlardan iborat bo‘ladi, degan g‘oya ilgari suriladi. Shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko‘proq -ko‘proq nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targib qilingan. 2. Rivojlangan Merkantilizm ta’limotida boylik savdo-sotiq sohasidagi savdo balansi asosida yuzaga keladi, imkoni boricha ko‘proq eksport qilish va mumkin qadar kamroq import qilish g‘oyalari ilgari surilgan. Merkantilizm ayrim mamalakatlardagi ko‘rinishi milliy xususiyat kasb etgan, ayniqsa Fransiyada kolbertizm, Germaniyada kameralistika shakllari yaxshi ma’lum. Bu ta’limot yangi tugilayotgan jamiyat-kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv xarakterga ega bo‘ldi. Kapitalning dastlabki jamgarilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik tizimini qo‘llab-quvvatladi, tovar muomalasi rivojiga olib keldi, moliya tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi. Merkantilizmda davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etish shart, shunga oid iqtisodiy siyosat ham yuzaga keldi.

Menkantalizm tarixan cheklangan bo‘lsa ham (u XVIII asrda to‘g‘ri va qattiq tanqidga uchradi). Iqtisodiy bilimlar tarixida munosib o‘rinni egallaydi. Lekin bu ta’limot va unga asoslangan siyosatni to‘la amalga oshirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon lo tajribasidan ma’lum. Menkantalizm moliya tizimi va savdo rivojiga muxim xissa qo‘shdi.

2. Angliya va Fransiyada ilk klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi.


    1. V. Pettining iqtisodiy bilimlari;

    2. P.Buagilberning iqtisodiy g‘oyalari.

XVII-XVIII asrlarda qulay ijtimoy iqtisodiy sharoitlarda dastlab Angliyada klassik iqtisodiy maktab kurtaklari paydo bo‘la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g‘oyalar V.Petti nomi bilan bog‘liq (burjua inqilobi, manufaktura va savdoning rivojlanganligi, agrar isloxat, dexqonlarning chegaralanishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy-tabiiy va geografik hamda iqlimiy sharoitlar tufayli).

Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g‘oya merkantilizdan prinsipial farq qiladi, agar merkantilizmda boylikning asosi muomala sohasi (javoxir, oltin, kumush, pul, savdosi) da vujudga keladi deb qaralgan bo‘lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga keladi deb isbotlab berildi.

V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tadbirkorlikni, kapitalistlarni ximoya qildi. Xususiy mulkni "Mukaddas" va "Daxlsiz" deb bildi. U iqtisodiy tadqiqotda tabiiy fanlarn ya’ni abstrakt usullarni qo‘llab, xar bir masalaning ichki bog‘liqligiga asosiy e’tiborni qaratdi.

Matematik va statistik usullardan keng foydalaniladi.

V.Petti «Tabiiy baxo», «(qiymat)», «Siyosiy baxo» tushunchalarini kiritdi, tovar qiymatining unga sarflangan mexnat miqdori bilan ulchanishi g‘oyasiga, ya’ni qiymatning mexnat nazariyasiga asos soldi.

"Mexnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir" degan fikrni bildirdi. Qiymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushungan.

Ish xaqini ishchilarga tirikchilik uchun zarur bo‘lgan jismoniy minimum, ya’ni "Yashash, mexnat qilish va ko‘paytirish" uchun kerakli darajada to‘lansa, bas, degan g‘oyani ilgari surdi.

Kapitalistlarning foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilarni soliq to‘lashlarini zarur deb bildi.

Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan to‘g‘ri xal etdi, ya’ni pul miqdori ishlab chiqarilgan maxsulot miqdoriga to‘g‘ri, pulning aylanish aborotiga esa teskari proporsionalligini anikladi. Pulning meyorida bo‘lishini qo‘llab quvvatladi. Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chikdi. Ish xaqi va rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (er baxosini to‘g‘ri xal etmadi).

Petti "Siyosiy arifmetika" va boshqa asarlarida statistika, anikrogi demografik statistika faniga asos soldi (axoli boyligi asosiy masalasini to‘g‘ri kuydi). Milliy daromad masalasini kuydi va uni qisman xal etdi.

Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vaqili p.buagilber ham muxim g‘oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat axvoli angliyanikidan ancha katta farq qiladi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o‘ziga xoslik seziladi. Agar V.Petti ko‘proq sanoat va savdoni qullagan bo‘lsa, buagilber asosan qishloq xo‘jaligi sohasini tadqiq etdi va o‘zining muxim xulosalarini chiqardi. Qiymatni aynan iste’mol qiymati shaklida tushindi.

"Proporsional baxolar" tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin baxolarni qulladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inkrozini to‘g‘ri tushuntirib berdi. Pulga salbiy munosabatda bo‘ldi, oltin va kumushlarni yovyzlik sababi deb bildi. Noto‘g‘ri ravishda faqat qishloq xo‘jaligini qo‘llab quvvatladi, sanoat va savdoga kam e’tibor berdi. Buagilberning iqtisodiy isloxotlari bo‘yicha takliflari o‘z davri uchun nixoyatda ahamiyatlidir.



3. Fiziokratlarning umumiy ta’rifi;

  1. F. Kenening iqtisodiy ta’limoti. Uning "Iqtisodiy jadval" asaridagi g‘oyalari.

  2. Tyurgoning iqtisodiy qarashlari.

XVIII asrning o‘rtalarida Fransiyada iqtisodiy bilimlar tarixida fiziokratizm yo‘nalishi yuzaga keldi. Bu ta’limot klassik iqtisodiy maktabning tarkibiy, butun zanjirning ajralmas qismi sifatida muxim ahamiyatga egadir. Bu oqimning asosiy vaqillari F.Kene, A. Tyurgo mamlakatdagi usha davr iqtisodiy xolatini xar tomonlama taxlil etib iqtisodiyotning muxim kategoriyalari bo‘yicha kimmatli fikrlarni berdilar. Ular fermerlarni ximoya qilgan xolda avvalo Merkantilizmdan vos kechib, boylikning asosiy manbai mexnat va yer ekanligini ko‘rsatdilar. "Tabiiy tartib" konsepsiyasi asosida "Unumli mexnat" "Sof maxsulot", kapital to‘g‘risidagi bilimlar ilgari surildi.

Kapitalistik munosabat, xususiy mulk, erkin baxolar, erkin raqobat davlatning iqtisodga kam aralashuvi "Tabiiy xol" deb tan olindi. Ularning fikricha, qiymat iste’mol qiymati bo‘lib, xatto tabiat, yer in’omi sifatida talqin etiladi. Shundan dexqonchilikdan boshqa sanoat, savdo va xizmat tarmoqlari unumsiz soha deb qaraladi. Bunday noto‘g‘ri fikrning paydo bo‘lishi

Fransiyaning usha davrdagi axvoli (agrar mamlakat) bilan bog‘liqdir.

Kapital tushunchaning kiritilishi va uning boshlangish va yillik bunak kabi ikki qismga bo‘linishi iqtisodiyot tarixida muxim kadamdir. Shundan doimiy va aylanma kapital g‘oyalari ham kelib chikadi.

F.Kenening asosiy "Iqtisodiy jadval" asarida jamiyatdagi sinflar masalasi ko‘tariladi, ammo bunda ba’zi kamchiliklar bor, uni A. Tyurgo rivojlantirib, usha davr uchun to‘g‘ri xulosalar chiqardi. Takror (uzliksiz) ishlab chiqarish jarayoni va yalpi ijtimoiy maxsulot muomalasi birinchi bor kun tartibiga kuyildi. Oddiy takror ishlab chiqarish chizmasi beriladi va tayor maxsulotning aylanish tamoyillari ko‘rsatiladi, bu usha davr uchun katta kashfiet edi.

Tarmoqlar, ya’ni sektorlararo taksimotning anik proporsiyalari bo‘lishi zarurligi kayd etiladi, ma’lumki bu tamoyil xozirgi davrda ham muxim.

Olim va davlat arbobi A. Tyurgoning iqtisodiy g‘oyalari ancha mukammal bo‘lib usha davrdagi jamiyat va iqtisodiyatdagi jarayonlarni ancha izchil taxlil etadi va sanoatda kapitalistlar va yollanma ishchilar mavjudligi hamda beshta sinf borligi e’tirof etiladi. Bu xulosa to‘g‘ri xulosadir. A. Tyurgo sanoat va xizmat sohalariga ijobiy yondashadi. U kapital va qo‘shimcha maxsulot (qiymat) masalalarini ancha mukammal xal etadi, sanoat, ssuda va kapital xaqida fikr yuritadi. Lekin oxir oqibatda fizokratizm kobigidan chika olmaydi, qo‘shimcha maxsulotning asosiy maxsulotining asosiy shakli yana yerga, yer rentasiga qaytadi. A. Tyurgo davlat chinovnigi, anikrogi moliya vazirligi sifatida ham bir qancha iqtisodiy isloxotlarni utqazishga erishdi. Ammo mamlakatdagi ijtimoy tuzum bu isloxatlarga tusik edi. Xozirgi davr tili bilan aytganda, fiziqatorlar sof bozor munosabatlarini qo‘lladilar, ammo ularning g‘oyasi asosan qishloq xo‘jaligi bilan cheklab kuyildi, barcha fikrlarda mukammallik yetishmas edi. Bu vazifalar esa keyingi olimlar tomonidan xal etildi.

Xulosa


XU asr oxiri XU11 asrlar davomida yangi iqtisodiy ta’limot merkantilizm va u bilan bog‘liq siyosat paydo bo‘ldi. Bu ta’limot bo‘yicha millat (xalq) boyligining asosi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan prinsipial farq qiladi). Bu ta’limotda ikki davrni ajratish mumkin.

  1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (ya’ni pul degani) XU-XU1 asrlarda (qisman XU11 asrda) mavjud bo‘ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa kimmatbaxo javoxirlardan iborat bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari surdi, shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko‘proq nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targib qilingan.

  2. Rivojlangan merkantilizm ta’limotida boylik savdo - sotik sohasida savdo balansi asosida yuzaga kelgan, imkoni boricha ko‘proq eksport qilish va mumkin kadar kamroq import qilish g‘oyasi ilgari surilgan.

XU11-XU111 asrlarda qulay ijtimoy-iqtisodiy sharoitlarda dastlab angliyada klassik iqtisodiy maktab ko‘rtaklari paydo bo‘la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g‘oyalar V.Petti nomi bilan bog‘liq (burjua inklobi, manufaktura va savdoning rivojlanganligi, agrar isloxot, dexqonlarning chegaralinishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqtisodiy sharoitlar).

V. Petti "Tabiiy baxo" (qiymat), "Siyosiy baxo" tushunchalarini kiritdi, tovar qiymatining unga sarflangan mexnat miqdori bilan ulchanishi g‘oyasiga, ya’ni qiymatning mexnat nazariyasiga asos soldi. "Mexnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir" degan fikrni bildirdi, qiymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushuuntirdi.



Adabiyot

1. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., O‘zbekiston, 1998.

2.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., TDIU, 2000.

3.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., Fan, 2001.



4. Blaug M. Ekonomicheskie misli v retrospektive. M., delo, LTD,

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa