Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi


Erkak gametofitning rivojlanishi (mikrogametogenez)



Download 1,2 Mb.
bet4/14
Sana15.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#367569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi

Erkak gametofitning rivojlanishi (mikrogametogenez). Tetradan endigina ajralgan mikrosporalar o‘z po‘stiga ega bo‘lmaydi. Vaqt o‘tishi bilan mikrospora atrofida po‘st-sporoderma shakllana boshlaydi. Bu davrda changdon devorining ichki qismlari (tapetum va o‘rta qavat) o‘sayotgan mikrospora tarafidan ozuqa manbai sifatida iste’mol qilib yuboriladi. Mikrospora atrofida po‘st shakllanishi bilan u chang deb ataladi. Chang hujayrasi bir katta yadroga ega bo’lib, 2 qavatli po‘st bilan (tashqi-ekzina, ichki-intina) o‘raladi. Chang hujayrasi kattalashib, uning o’rtasida katta vakuola paydo bo‘ladi. Chang yadrosi bo‘linib 2 ta vegetativ va generativ hujayrani hosil qiladi. Vegetativ hujayra ancha katta bo‘lib, changning asosiy qismini egallaydi. Generativ hujayra linzasimon ko‘rinishda bo‘lib, kichikroq, hujayra sitoplazmasi quyukroq bo‘ladi. U asosan chang po‘stidagi teshikchalar (poralar) to‘g‘risiga joylashadi. Bunday chang ikki hujayrali chang deb ataladi. Chang tashqi po‘stida poralar deb ataluvchi turli teshik va yoriqchalar bo‘ladi. Bu poralar orqali chang nayi o‘sib chiqadi. Ayrim hollarda chashdagi generativ hujayra yana bo‘linishi mumkin. Bunda chang 1 ta vegetativ hujayra va 2 ta spermiylardan tashkil topadi. Bunday chang uch hujayrali chang deb nomlanadi. Demak, chang yetilganda u ikki yoki uch hujayrali bo‘lishi mumkin. Turli o‘simliklar changlari bir-biridan tashqi po‘sti tuzilishi, undagi poralar soni, shaklli va kattaligi bilan farqlanadi. Uning o’lchami 0,008 mmdan to 0,3 mm gacha boradi, rangi ko‘pincha sarg‘ish, qo‘ng‘ir, ko‘kimtir bo‘ladi. Shakli ellipsimon, kubsimon, tetraedrsimon, tayoqchasimon va uchburchaksimon holatlarda uchraydi. Changning morfologik tuzilishi har bir o‘simlik turi uchun doimiy bo‘lib, buni maxsus fan palinologiya (paline-chang) o’rganadi. Chang tayyor bo’lish davriga kelib changdon devori 2 qavatdan: epidermis va fibroz qavatdan iborat bo‘ladi. Endotetsiyning fibrozli qavat deyilishiga sabab shuki, qavatda fibrozli qalinlashmalar hosil bo’ladi. Buning natijasida changdon devorining yorilishi va changing to’kilishini ta’minlaydi.

Ekzinada poralar (teshikchalar) bo’lib, ular orqali o’tib turadigan plazmodesmalar yordamida chang topetum hujayralar bilan uzviy aloqada bo’lib turadi. Poralarning miqdori ko’pincha 3 dan 20 tagacha, ba’zi hollarda 30 dan 40 gacha bo’lishi mumkin mikrosporalarning ichki qismi intina ham ikki qavatdan tashkil topgan taqshi qavati ko’pincha pektin moddasidan tuzilgan bo’lib chang naychasi chiqayotgan vaqtda bu qavatda shishib elastik xususiyatga ega bo’ladi, ichki holati sellyoloza va pektindan tuzilgan.

Yetilgan changda uglevodlar (kraxmal va qandalar) lipoyidlar, oqsillar, aminakislatalar, nukliyin kislotalar, fermentlar (sitoxromokisdaza, periokisidaza va boshqa xillar) vitaminlar, korotinoyidlar, geteroauksin, mineral tuzlar bo’ladi. Chunonchi g’allasimon o’simliklarning yetilgan chang donachalarining takibida 43,3 % kraxmal, 42 % oqsillar, amina kislatalar va nukleyin kislatalar, 2,2 % lipoyidlar, 5,1 % kul va 8,2 % cho’kinda moddalar bo’ladi. Changlar soni ham tuli xil o’simliklarda turlicha bo’ladi makkajo’xori o’simligining bitta changdonidan 50 ming, javdarda 30 ming, ba’zi bir arxediyalarda esa milliyonlab changlar yetishadi.

Changlarning hayotchanligi ham bir xilda emas bir xil o’simliklarning changlari bir necha soat ichida o’zining tiriklik xususiyatini yo’qotsa boshqa xil o’simliklarda esa uning hayotchanligi 2 – 3 – 5 sutka gacha davom etadi. Masalan bug’doy, makkajo’xori, javdar o’simliklarida changning hayotchanligi 3 so’tkadan 5 so’tkagacha davom etsa, atirguldlshlar oilasi vakillarida bu ko’rsatgich 23-30 kun, piyozdoshlarda (lolada) 60-70 kun yoki ularni 2-50 haroratda CaCl2 eritmasi ustida saqlanganda 1 yildan ortiq muddatda saqlanish mumkin (Pechenetsin, 1962).

Spermiylarning o’lchami kichik, o’rtacha va yirik bo’ladi. Ikki pallaliylarda spermiylar o’lchami kichik va kamdan kam o’rtacha kattalikda bo’lsa, bir pallali o’simliklarda bu ko’rsatgich katta va o’rtacha o’lchamda bo’ladi.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish