CHANGLANISH VA UNING XILLARI
Gul o’simlikning ko’payish a’zosi sifatida xizmat qilishi uchun unda changlanish va urug’lanish kabi jarayonlar sodir bo’lishi kerak. Changlanish va urug’lanish bir-birlari bilan chambarchas bog’langan murakkab biologik jarayondir.
Changdondan chiqqan chang donachalarining urug‘chi tumshuqchasiga (yopiq urug’lilarda) yoki urug’kurtakka (ochiq urug’lilarda) tushishiga changlanish deyiladi. Changlanishning asosan ikki xili: o‘zidan changlanish va chetdan changlanish mavjud. Bitta gul changdonidan chiqqan chang aynan shu gul urug‘chisining tumshuqchasiga kelib tushishiga o‘zidan changlanish deyiladi. Demak o‘zidan changlanish ikki jinsli gullarda ro‘y beradi. Agarda bir o’simlik gulidagi changlar ikkinchi o’simlik gulidagi urug’chi tumshuqchasiga tushsa, bunda chetdan changlanish sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |