Andijonda turizmni rivojlantirish, viloyatning turistik imkoniyatlari, yutuq va muammolariga bagʻishlangan targʻibot aksiyasi boʻlib oʻtdi. - Andijonda turizmni rivojlantirish, viloyatning turistik imkoniyatlari, yutuq va muammolariga bagʻishlangan targʻibot aksiyasi boʻlib oʻtdi.
- Andijonda turizmni rivojlantirish, viloyatning turistik imkoniyatlari, yutuq va muammolariga bagʻishlangan targʻibot aksiyasi boʻlib oʻtdi. Viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Tur-operatorlar” targʻibot aksiyasida nafaqat Andijon, balki Toshkent, Buxoro, Samarqand, Fargʻona va Namangan viloyatlarida faoliyat yuritayotgan 30 dan ziyod tur-operatorlar, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmalari mutaxassislari ishtirok edi. – Aksiyani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad, Andijon viloyatining turizm salohiyati, uning istiqboldagi imkoniyatlari bilan tur operatorlarni yaqindan tanishtirish, – deydi Turizmni rivojlantirish Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Oyatullo Nuraliyev. – Qolaversa, Prezidentimiz tashabbusi bilan Xonobod shahrini Fargʻona vodiysining turizm markaziga aylantirish, bu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, alohida rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha mutaxassislarning fikr-mulohaza, tajriba va tavsiyalarini oʻrganishdan iborat boʻldi. Aksiya mehmonlari “Andijon” temir yoʻl vokzalida kutib olindi. Viloyat hokimligida oʻtkazilgan tadbirda ularga targʻibot aksiyasining maqsad-mazmuni haqida keng maʼlumotlar berildi. Shundan soʻng qator turistik va madaniy meros obyektlari, sanoat korxonalariga sayohatlar uyushtirildi.
Dastlab, ishtirokchilar Paxtaobod tumanida joylashgan “Xoʻjataqsim ota” ziyoratgohida boʻldi. Ushbu maskan koʻp asrlik tarixga ega boʻlib, yurtdoshlarimiz Yaratgandan oʻz hojatlari ijobatini soʻrab, duo qiladigan muqaddas ziyoratgohdir. Bu yerda keyingi yillarda keng koʻlamli qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Shundan soʻng ishtirokchilar Andijon shahridagi “Jome” meʼmoriy majmuasida, hunarmandlar koʻchasida boʻlib, milliy hunarmandchilik buyumlari, qoʻrgʻoshin va temirga ishlov berish yoʻli bilan ishlangan xoʻjalik mollari, milliy beshikchilik va hunarmandchilik mahsulotlari namunalari bilan tanishdi. Ustaxona va sotuv rastalarining bir joyda joylashganligi bu yerda bir vaqtning oʻzida ham mahsulot ishlab chiqarish, ham sotish imkoniyati mavjudligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Aksiya doirasida Andijon shahrining Eski shahar hududida joylashgan, hozirda qurilish ishlari olib borilayotgan “Devonaboy” jomeʼ masjidi bilan tanishildi. Ushbu masjid usti yopiq va kattaligi, noyob arxitekturasi bilan mamlakatimizdagi oʻziga xos masjidlardan biri ekanligi bilan ajralib turadi. Aksiyaning ikkinchi kuni Eko-turizm hududlari hisoblangan Xoʻjaobod tumani va Xonobod shahriga sayohat uyushtirildi. - Dastlab, ishtirokchilar Paxtaobod tumanida joylashgan “Xoʻjataqsim ota” ziyoratgohida boʻldi. Ushbu maskan koʻp asrlik tarixga ega boʻlib, yurtdoshlarimiz Yaratgandan oʻz hojatlari ijobatini soʻrab, duo qiladigan muqaddas ziyoratgohdir. Bu yerda keyingi yillarda keng koʻlamli qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Shundan soʻng ishtirokchilar Andijon shahridagi “Jome” meʼmoriy majmuasida, hunarmandlar koʻchasida boʻlib, milliy hunarmandchilik buyumlari, qoʻrgʻoshin va temirga ishlov berish yoʻli bilan ishlangan xoʻjalik mollari, milliy beshikchilik va hunarmandchilik mahsulotlari namunalari bilan tanishdi. Ustaxona va sotuv rastalarining bir joyda joylashganligi bu yerda bir vaqtning oʻzida ham mahsulot ishlab chiqarish, ham sotish imkoniyati mavjudligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Aksiya doirasida Andijon shahrining Eski shahar hududida joylashgan, hozirda qurilish ishlari olib borilayotgan “Devonaboy” jomeʼ masjidi bilan tanishildi. Ushbu masjid usti yopiq va kattaligi, noyob arxitekturasi bilan mamlakatimizdagi oʻziga xos masjidlardan biri ekanligi bilan ajralib turadi. Aksiyaning ikkinchi kuni Eko-turizm hududlari hisoblangan Xoʻjaobod tumani va Xonobod shahriga sayohat uyushtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |