Andijon Mashinasozlik Institutining Elektiro Texnika fakulteti 2-kurs Sirtqi bolim eee yo’nalishi talabasi Azimov Shaxzodbek. Yo’nalishga kirish fanidan Mustaqil ish. Mavzu



Download 469,86 Kb.
bet5/6
Sana31.12.2021
Hajmi469,86 Kb.
#215318
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O'zbresissgidro

4. Yangi avlod elektir stansiyalari.

Elektr energiyasini an'anaviy usullar yordamida ishlab chiqarish allaqachon urfdan qolmoqda. Barcha sohalar


qatori ushbu tarmoqda ham eng zamonaviy texnologiya, innovatsiyalarni qo'llash davr talabiga aylangan. Bu,
o'z navbatida, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan, inson salomatligi uchun xavfsiz bo'lgan ekologik toza
elektr energiyasini hosil qilish imkonini yaratadi.
Tabiiy resurslarga boy bo'lgan mamlakatimizda keyingi yillarda energetika sohasini isloh qilishda yangicha
echim va texnologiyalarga katta e'tibor qaratilayotgani bejiz emas. Ayni paytda O'zbekistonda ishlab
chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 90 foizi ko'mir, tabiiy gaz va boshqa neft`mahsulotlarini yoqish
evaziga olinadi. Bu ortiqcha yo'qotishlar talab etish bilan birga, atrof-muhitga zarar yetkazmasdan qolmaydi.
To'g'ri, insoniyat taraqqiyotida kishilarning energetikaga bo'lgan ehtiyoji ularni tabiiy manbalar — o'tin,
ko'mir, torf va boshqa yoqilg'ilardan foydalanishga majbur qildi. Bu usul hozir ham energetika olishning eng
tezkor, aniq va vaqt sinovidan o'tgan yechimi sanaladi. Hatto, ana shu tabiiy boyliklarning qanchalik ko'pligi
davlatlarning energetika sohasi rivojini belgilaydi.
O'tgan asrning 2-yarmidan boshlab dunyoda elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojning ortishi hamda bu
sohada ilm-fanning taraqqiy etishi uning muqobil usullarini rivojlantirishga ham yo'l ochdi. Bunda suv,
shamol, quyosh kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga ekologik toza elektr energiyasi olish
ko'zda tutiladi.
Oxirgi 3-4 yilda qulog'imizga tez-tez chalinayotgan “yashil energiya”, “muqobil energiya” tushunchalarining
har ikkisi qayta tiklanuvchi energiya so'ziga ishora qiladi Ma'lumotlarga ko'ra “yashil energiya”ning asosini
* +
har ikkisi qayta tiklanuvchi energiya so'ziga ishora qiladi. Ma'lumotlarga ko'ra, yashil energiya ning asosini
Yer yuzidagi hayot manbai bo'lgan Quyosh tashkil qiladi. Shamol, suvning tabiatda erkin aylanishi va boshqa
iqlim sharoiti bilan bog'liq jarayonlarning barchasi galaktikamiz markaziy sayyorasi — Quyoshning faolligi
hisobiga amalga oshadi. U qayta ishlangani tufayli “qayta tiklanuvchi”, ekologiyaga deyarli zarari bo'lmagani
uchun esa “yashil energiya”, deb ta'riflanadi.
O'zbekiston 2030 yilga qadar elektr energiya ishlab chiqarilishida qayta tiklanuvchi energiya manbalari
ulushini hozirgi 10 foizdan 25 foizga etkazishni maqsad qilgan. Bu Prezidentimizning 2019 yil 22 avgustdagi
“Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi
texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari
to'g'risida”gi qarorida ham o'z ifodasini topgan. Bunday natijalarga erishish uchun energetika vazirligi
tomonidan qayta tiklanuvchi energetikada yirik loyihalarni amalga oshirish bo'yicha faol harakatlar
boshlangan. Yangi energiya manbalarini topish, qayta tiklanuvchi quvvatlar samaradorligini oshirish hamda
ularni energiya tizimida qo'llash ko'lamini kengaytirish maqsadida Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki
hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko'magida to'g'ridan to'g'ri xoriiy investitsiyalar hisobiga yirik
loyihalar amalga oshirilmoqda.
Yiliga 12 milliard kilovatt soat elektr energiyasi
ishlab chiqariladi
Ekologik toza energiya ishlab chiqarishni 2500 mVtga oshirish bo'yicha Energetika vazirligi, Investitsiyalar va
tashqi savdo vazirligi hamda Saudiya Arabistonining nufuzli “ACWA Power” kompaniyasi o'rtasida 2020
yilning mart oyida imzolangan hamkorlik kelishuvi ana shu sa'y-harakatlarning muhim qismi hisoblanadi.
Loyiha uch asosiy bosqichdan iborat bo'lib, umumiy investitsiyaviy qiymati 2,5 milliard AQSH dollarni tashkil
etadi. Global miqyosda energiya ishlab chiqarish va suvni sho'rsizlantirish korxonalari sohibi, jami quvvati 38,7
gVt.ga teng elektr energiyasi hosil qilish hamda dunyoning 12 mamlakatidagi 58 ta ob'ektga etkazib berish
orqali nom qozongan “ACWA Power” kompaniyasi mamlakatimiz uchun xavfsiz va samarador “yashil”
energetika echimlarini taklif etmoqda.
Sirdaryo viloyatida qurilishi boshlangan quvvati 1500 mVt.ga teng issiqlik elektr stansiyasi bu boradagi
loyihalarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy qiymati 1,2 milliard AQSH dollari bo'lgan mazkur
stansiyaning foydali ish koeffietsenti qariyb 60 foizni tashkil etadi. Bu hozirda faoliyat ko'rsatayotgan boshqa
turdosh stansiyalar bilan taqqoslaganda, ishlab chiqarish uchun iste'mol qilinayotgan tabiiy gaz miqdorini
deyarli ikki barobar iqtisod qilish imkonini beradi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, kombinatsiyalangan siklli stansiya Yaponiyaning eng so'nggi gaz turbinasi
texnologiyasi asosida quriladi. U ish turkumidagi 2 ta gaz va bitta bug' trubinasi, 2 ta utilizator bug'
generatoriga ega bo'lib, dunyodagi eng samarali elektrostantsiyalardan biri bo'lishi kutilmoqda.
Stansiya konstruktsiyasi, uning ish faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi tizim jahondagi
eng nufuzli soha mutaxassislari tomonidan mukammal darajada tayyorlangan. Bundan tashqari, eng
zamonaviy yechimlar ekspluatatsiya qilish va nazorat vositalaridan foydalanishni ham ko'zda tutadi.
Stansiya yiliga 12 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirgi kunda
O'zbekistonda elektr energiyasi iste'moli yiliga o'rtacha 68-70 milliard kilovatt soatni tashkil etsa, Sirdaryodagi
IES ishga tushgach, qurilma iste'molchilarning elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojining 15 foizini qondirishga
hissa qo'shadi.
Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Sirdaryo IES qurilishining rasmiy ochilishi marosimida yurtimiz mutasaddi
idoralari rahbar-mutaxassislari, Saudiya Arabistoni va “ACWA Power” kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.
Mehmonlar tantanali tadbirda nutq so'zlab, yangi elektr stansiyasining imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi.
— O'zbekistonda energetika tarmog'ini isloh qilishga qaratilgan keng ko'lamli rejaning bir qismini amalga
oshirishda ishtirok etayotganimizdan faxrlanamiz dedi “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi
oshirishda ishtirok etayotganimizdan faxrlanamiz, — dedi ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi
Muhammad Abunayyan. — Bu yo'lda har ikki mamlakat vakillari bir jamoa bo'lib mehnat qilyapmiz. “ACWA
Power” kompaniyasining arzon narxlarda elektr energiyasi etkazib berish borasidagi tajribasiga bildirilgan
ishonch uchun O'zbekiston Respublikasi hukumati, energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo
vazirligiga minnatdorlik bildiraman. Biz amalga oshirayotgan uchta yirik loyiha mamlakatdagi faoliyatimizni
kengaytirish imkonini bermoqda.
Mazkur elektr stansiyasining qurilishi davrida mingdan ortiq fuqarolar bandligi ta'minlanadi. Mahalliy aholi
orasidan xizmatchilar ishchi guruhlari tarkibiga olinib, pudratchilar, logistika kompaniyalari va muhandislik
bo'yicha maslahatchilar bilan shartnomalar tuzilishi rejalashtirilgan. Muhimi, yirik investitsiyaviy loyiha
O'zbekistonning energetika quvvatini talab darajasida oshirishga katta imkoniyat beradi. Boisi, 2030 yilga
borib mamlakatimizda elektr energiyasi iste'moli 110 milliard kVt soatga etishi kutilmoqda.
Bekkerel ixtirosidan to bugunga qadar...
Hozirda O'zbekistonning issiqlik elektr stantsiyalari respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining
qariyb 86 foizini tashkil qiladi. Ayni vaqtda yurtimizda 14 ming megavatt quvvatga ega elektr stansiyalari
mavjud. Aholining elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyoji o'sishi natijasida bu talab 2030 yilga borib 20 ming
megavattga yetishi kutilmoqda. Ushbu stantsiyalar yiliga 17 milliard kub metr tabiiy gaz sarflaydi. Vaholanki,
bunday katta miqdordagi gazni qo'shimcha qiymat yaratish (sintetik yoqilg'i, polipropilen olish) jarayonlariga
yo'naltirish mumkin. Shu bois, mutaxassislar oldidagi asosiy vazifa elektr energiyasi ishlab chiqarish
quvvatlarini oshirishdangina iborat bo'lmay, balki atrof-muhit uchun zararsiz bo'lgan “yashil energiya” ishlab
chiqarish ko'lamini kengaytirishga ham alohida e'tibor qaratilyapti.
Mamlakatimizda bu borada 10 yilga mo'ljallangan aniq loyihalar bor. Shu vaqt oralig'ida umumiy quvvati 5
ming megavatga teng quyosh elektr stantsiyalari hamda umumiy quvvati 3 ming megavatni tashkil
yetadigan shamol elektr stantsiyalarini qurish rejalashtirilgan.
Energetika vazirligi 2020 yilning 1 fevralida SHerobod tumanida Osiyo taraqqiyot banki ko'magida
fotoelektrik elektr stantsiyasi qad rostlashi bo'yicha dastlabki loyihaga boshlanganini ma'lum qilgan edi.
Loyiha ushbu bank hamkorligida ishlab chiqilgan 1 gVt quyosh energiyasi hosil qilish dasturining bir qismi
bo'lib, unga ko'ra, kamida 200 MVt o'zgaruvchan tok quvvatiga ega quyosh elektr stansiyasi, shu jumladan,
yangi 220 kVt kuchlanishli podstantsiya va “Surxon – 500 kVt” podstantsiyasiga ulanish uchun jami uzunligi
52 kilometrlik elektr uzatish tarmog'i tortiladi.
Mamlakatimiz qayta tiklanadigan energiya manbalari loyihalarida qatnashish bo'yicha yaxshi shartlarni taklif
qilgan yirik kompaniyalar bilan bevosita muzokaralarni faol davom ettirmoqda. Masalan, Fransiyaning “Tota
Eren” kompaniyasi tomonidan Samarqand viloyatining Nurobod tumanida fotoelektrik stantsiya tiklanadi.
Jami quvvati 100 mVt.li bu inshootni barpo etish va undan foydalanish to'g'risidagi bitim o'tgan yili kuzda
imzolangan edi.
Manbalarda keltirilishicha, quyosh batareyalari, ya'ni yorug'likni elektrga aylantirish ta'sirini o'rganish dastlab
frantsuz fizigi Aleksandr Bekkerel tomonidan 1842 yilda kashf etilgan. Keyinroq amerikalik ixtirochi CHarlz
Fritts nurni elektrga aylantirish uchun selen kimyoviy elementidan foylanishni taklif etdi. Quyosh
batareyalarining birinchi prototipi esa italiyalik olim Jakomo CHamichyan tomonidan yaratildi. Shundan
so'ng “Bell Laboratories” tomonidan elektr tokini ishlab chiqarishga mo'ljallangan dastlabki quyosh
batareyalarini ixtiro qilish uchun oradan qariyb bir asr vaqt o'tishiga to'g'ri keldi. Bu borada ilk yutuqlar
keyingi ulkan muvaffaqiyatlarga yo'l ochdi. Bugungi kunga kelib, dunyoning ko'plab davlatlarida elektr toki
olishda quyosh batareyalari, shamol elektr stantsiyalaridan keng foydalaniladi.
Albatta, “yashil energiya” ishlab chiqarish arzon jarayon emas. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
qurilmalarini xarid qilish va o'rnatish uchun katta mablag' talab etiladi. Biroq, bunday qurilmalardan ishlab
chiqariladigan energiya narxi yildan yilga pasayib borishi natijasida, ular keyinchalik iqtisodiy jihatdan o'zini
oqlaydi.
An'anaviy usullar tarixda qoladi
Ekologik toza energiya olishda shamol elektr stansiyalarining ham ahamiyati katta. Ayniqsa, so'nggi yillarda
bu energiya jahonda jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biriga aylandi. Shamol dvigateli, elektr toki
generatori, ularning ishini boshqaruvchi avtomatik qurilma hamda ular o'rnatiladigan inshootlardan iborat
elektr stansiyalar shamol oqimining kinetik quvvatini elektr energiyaga aylantirib beradi. Udan ko'pincha
shamol oqimining o'rtacha yillik tezligi yuqori bo'lgan va markazlashtirilgan elektr ta'minot tarmoqlaridan
uzoqda joylashgan hududlarda foydalaniladi. Bunday stansiyalar orqali 8 kilovatdan 1,2 megavatgacha
bo'lgan quvvatdagi elektr energiyasi hosil qilish mumkin.
Yurtimizda shamol elektr stantsiyalarini qurish bo'yicha xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yirik
investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri Navoiy viloyatining Tomdi tumanida Birlashgan
Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi ishtirokida umumiy quvvati 500 megavatga teng shamol elektr
stantsiyasi qurish loyihasidir. Bu stantsiyani 2023 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
“Masdar” Abu-Dabidagi “Mubadala Investment Company” investitsiyaviy xoldingining sho''ba korxonasi
hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo'yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan
biri sanaladi. Uning amalga oshirilgan investitsiyaviy loyihalari portfeli qayta tiklanuvchi manbalardan elektr
energiya ishlab chiqarish bo'yicha o'rnatilgan 4 ming mVt quvvatni o'z ichiga oladi. Kompaniya ishtirokida,
shuningdek, Zarafshon shahrida umumiy quvvati 500 mVt bo'lgan shamol elektr stansiyasini qurish
rejalashtirilgan.
Bu yo'nalishda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan ham hamkorlik aloqalarimiz
kengayib bormoqda. Bu kompaniya va O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi o'rtasida tuzilgan
kelishuv shartnomasiga asosan, ayni paytda bir qancha hududlarda yuqori quvvatli shamol elektr
stantsiyalari barpo etishga kirishilyapti.
Xorijiy kompaniya bilan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy
quvvati 1000 mVt bo'lgan ikkita shamol elektr stansiyasini qurish ham ko'zda tutilgan. Ushbu elektr
stansiyalarini qurish loyihasining umumiy qiymati qariyb 1,3 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur
loyihalarni amalga oshirish uglevodorod chiqindilarini 1,6 million tonnaga qisqartirish imkonini yaratishi
barobarida, 2031 yilga borib energiya quvvatlarining 40 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalariga
o'tkazish bo'yicha hukumat tomonidan qo'yilgan maqsadlarga erishishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Jarayonning ilk bosqichida Energetika vazirligi, Davlat geologiya qo'mitasi hamda “ACWA Power”
kompaniyasi mutaxassislari tomonidan mamlakatimizning bir qancha hududlarida shamol oqimi darajasi
o'rganib chiqildi. O'tgan yilning avgust oyida boshlangan o'rganish ishlari 12 oy davomida olib boriladi.
Tadbirlar davomida shamolning tezligi, yo'nalishi va davomiyligi, shuningdek, hududlardagi ob-havo
sharoitlarining o'zgarishiga oid ma'luotlarni o'lchash uchun 100 metr balandlikdagi maxsus o'lchov asboblari
o'rnatiladi. Ushbu ishlarga yuqori malaka va tajribaga ega mahalliy hamda xorijlik mutaxassislar jalb
qilingan. Bundan tashqari, hududlarda topografik, geologik va gidrologik tadqiqotlarni amalga oshirish
bo'yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Bu loyihalarni amalga oshirishda energetika vazirligi va “ACWA Power” kompaniyasi o'rtasida tuzilgan
vodorod energiyasini rivojlantirish bo'yicha shartnoma ham muhim o'rin tutadi. Asosiy maqsad
O'zbekistonning iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish hamda vodorod va qayta tiklanuvchi energetika
sohasidagi ilmiy izlanishlar orqali “issiqxona” gazi hosil bo'lishini kamaytirishga qaratilgan.
— Yurtimizda ekologik toza energiya ishlab chiqarishni ko'paytirish muayyan vaqt davomida ishlanmalar va
investitsiyalar sohasidagi ko'plab maqsadlarga erishishni ko'zda tutadi, — dedi energetika vaziri Alisher
Sultonov. — Rejalarimizning samarali amalga oshirilishi O'zbekistonga katta miqdordagi investitsiyalarni jalb
qilish va mamlakatimiz energetika maqomini oshirish imkonini beradi. Vazirlik “ACWA Power” kompaniyasi
va Saudiya Arabistoni delegatsiyasiga boshlangan ishlar uchun chuqur minnatdorlik bildiradi. Biz nufuzli va
bu sohada katta tajribaga ega mazkur tuzilma bilan uzoq muddatli hamda samarali hamkorlik qilish
bu sohada katta tajribaga ega mazkur tuzilma bilan uzoq muddatli hamda samarali hamkorlik qilish
niyatidamiz.
Yuqoridagi loyihalar bo'yicha investitsiya kelishuvlarining imzolanishi, haqiqatan, energetika tarmog'ini isloh
qilish va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Bu, ayniqsa,
O'zbekistonning past darajali uglevodorod chiqindili resurslardan foydalanishga o'tishida dadil qadamlardan
biriga aylanishi, shubhasiz.
Bugungi kunda yurtimiz energetika sohasi salmog'ida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish
muhim vazifalardan biriga aylanib boryapti. Yuqorida qayd etilgan yirik investitsion loyihalar “yashil
energiya”dan foydalanish ko'lamini kengaytirish yo'lida qo'yilgan dastlabki qadamlar sirasiga kiradi. Xorijiy
sheriklar bilan hamkorlikda yaratiladigan muqobil energiya manbalari iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar va
aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlab, atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli chiqindilarni
kamaytirish imkonini beradi.


Download 469,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish