Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat.
Turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo`lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi.
Tadbirkorlik va tanlov erkinligi.
Raqobat kurashining mavjudligi.
Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi.
Korxona va firmalarning ichki xamda tashqi shart-sharoitlar o`zgarishlariga moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari xamma bosqichlari uchun umumiydir. Bozor iqtisodiyoti umumbashariy tizim bo`lganidan xamma mamlakatlar shu yo`ldan borishadi. Ammo bir yerda bu iqtisodiyot shakllanib ulgurgan va o`zining yuqori darajasiga chiqqan bo`lsa, boshqa joyda u endigina shakllana boshlagan. Bozor iqtisodiyotiga o`tish umuminsoniy jarayon xisoblanadi, lekin bu xar -xil kechadi.
2. Mustamlaka va yarim mustamlaka davridagi iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`li.
3. Rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga o`tish
Do'stlaringiz bilan baham: |