Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi “buxgalteriya hisobi”



Download 0,9 Mb.
bet91/238
Sana05.02.2023
Hajmi0,9 Mb.
#908128
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   238
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Asosiy faoliyatdan olingan foydaga asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar qo’shilgandan so’ng davr xarajatlari chegirib yuboriladi. Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bog’liq xarajatlar, shuningdek umumxo’jalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo’yicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog’liq bo’lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog’liq bo’lmagani, va aksincha, vaqt bilan, xo’jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog’liq bo’lgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi.
Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Schyotlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9410-«Sotish xarajatlari»
9420-«Ma’muriy xarajatlar»
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari».
9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari» schyotida hisobot davrida soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmaydigan, ammo ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun qilingan xarajatlarni rejalashtirilgan samaraga erishilgan holda, kelgusi hisobot davrlarida soliqqa tortiladigan bazadan kamaytiriladigan xarajatlar hisobga olinadi.
«Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom»ga binoan moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
- Olingan royaltilar va sarmoya transferti.
- O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar.
- Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to’lovini olish).
- Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalari bo’yicha ijobiy kurs tafovutlari.
- Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar hisobi «Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Ijara hisobi» nomli 6-son BHMS, «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli 12-son BHMSlar bilan tartibga solinadi.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha olinadigan daromadlar uchun 9510-9590 schyotlar ishlatiladi. Ushbu schyotlar tranzit bo’lib, passiv xarakterga ega. Ularning kredit oborotida tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning ko’payishi, debet oborotida esa ularning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Royaltidan olingan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4850-«Royalti bo’yicha olishga tegishli schyotlar»
K-t 9510-«Royaltidan olingan daromadlar».
9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida O’zbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda ulush qo’shish yo’li bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aktsiyalar bo’yicha dividendlar aks ettiriladi.
Dividendlar bo’yicha olinadigan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4840-«Olinadigan dividendlar»
K-t 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar».
9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
Foizlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4830-«Olinadigan foizlar»
K-t 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar».
9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotida valyuta schyotlari, shuningdek xorijiy valyuta muomalalari bo’yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi.
9550-«Moliyalanadigan lizingdan daromadlar» schyotida mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromad aks ettiriladi.
Hisobot davri yakunida 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590-schyotlarning kredit oborotidagi summalar yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga esa quyidagilar kiradi:
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha to’lovlar.
- Mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlar.
- CHet el valyutasi bilan muomalalar bo’yicha salbiy kurs tafovutlaridan zararlar.
- Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar.
- O’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar.
- Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobda aks ettirish uchun 9610-9690 schyotlar mo’ljallangan. Ushbu schyotlar tranzit bo’lib, aktiv schyot xarakteriga ega. Ularning debet oborotlari sodir bo’lgan moliyaviy xarajatlarni, kredit oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar hisobi «Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Lizing hisobi» nomli 6-son BHMS, «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli 12-son BHMSlar bilan tartibga solinadi.
Xo’jalik sub’ektlari yakuniy moliyaviy natijalarini aniqlashda hisobgaolinadigan favquloddafoyda moddalari - bu ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo’lgan, hodisa yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyat doirasidan chetga chiqadigan tusdagi muomalalar natijasida paydo bo’ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo’limida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davrlardagi foyda kirmaydi.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish