Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi “buxgalteriya hisobi”



Download 0,9 Mb.
bet90/238
Sana05.02.2023
Hajmi0,9 Mb.
#908128
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   238
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

YaFh SST-IT
bunda,
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan olingan sof tushum;
IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
- asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF h YaF-DX+BD-BZ,
bunda,
AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX – davr xarajatlari;
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ – asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlar;
- xo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF h AFF+MD-MX,
bunda,
UF – umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari;
- soliq to’lagungacha olingan foyda, u umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlarda ko’rilgan foyda va minus favqulodda zarar sifatida aniqlanadi:
STF h UF+FP-FZ,
bunda,
STF – soliq to’lagungacha olingan foyda;
FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ – favqulodda vaziyatlardan ko’rilgan zarar;
- yilning soy foydasi, u soliq to’langandan keyin xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladi, o’zida foydadan to’lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to’lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to’langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF h STF-DS-BS,
bunda,
SF – sof foyda;
DS – Foydadan to’lanadigan soliq;
BS – boshqa soliqlar va to’lovlar.
Foydaning taqsimlanishi deganda uning iste’mol va jamg’arishga yo’naltirilishi, joriy davr foydasining soliqlar to’lovi, ishlab chiqarishni rivojlantirish va zahiralashga hamda kapital egalari o’rtasidagi shartlar, kelishuvlarga binoan taqsimlanishi tushuniladi.
Mahsulot (ish xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi foyda korxonada yaratilgan foydani ifodalaydi. Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydani topish uchun mahsulotni sotishdan tushgan sof tushumlardan shu sotilgan mahsulot tannarxini chegirib tashlash kerak, o’z navbatida, mahsulot sotishdan tushgan sof tushumni topish uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan keyin kelgan tushumdan qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, qaytarilgan tovarlar qiymati, xaridorga berilgan skidkalar(chegirmalar) ayirib tashlanadi. Mahsulotni eksport qiluvchi korxonalar eksport tariflarini ham chegirib tashlaydilar. Mahsulotni sotishdan keladigan tushum esa O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuniga asosan aniqlanadi.
Demak, mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda mahsulot sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot tannarxi orasidagi farqqa teng. Bu farq ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Ijobiy farq foyda sifatida, salbiy farq esa zarar sifatida e’tirof etiladi.
Yuqorida aytilganidek, asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi. Bu yerdagi asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
- undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar;
- hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi foyda;
- ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar;
- da’vo muddati o’tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
- tovar-moddiy boyliklarni qayta baholash;
- davlat subsidiyalaridan daromadlar;
- xolisona moliyaviy yordam;
- boshqa muomala daromadlari.
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar 9310-9390 schyotlarda aks ettiriladi.Ushbu schyotlar tranzit hisoblanadi. Yuqoridagi schyotlarning kredit oboroti foyda (daromad)ning ko’payishini, debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish