Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi “buxgalteriya hisobi”


-MAVZU. MEHNAT VA UNGA HAQ TO’LASH HISOBI



Download 0,9 Mb.
bet67/238
Sana05.02.2023
Hajmi0,9 Mb.
#908128
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   238
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

6-MAVZU. MEHNAT VA UNGA HAQ TO’LASH HISOBI

  1. Mehnat va ish haqi bo’yichahisob-kitoblarning mazmuni va ularni hisobga olishning vazifalari. Ishga qabul qilishda xujjatlarni rasmiylashtirish. Mehnatga haq to’lash tizimlari va shakllari.

  1. Ish haqi hisobi. Xodimlarni mukofotlash va moddiy yordam bo’yicha hisob-kitoblar hisobi. Ijtimoiy nafaqalar bo’yicha xisob-kitoblar hisobi.

  1. Ish haqidan ushlanmalar va majburiy ajratmalar hisobi. Xodimlar daromadidan ajratmalar, xodimlarga hisoblangan sof to’lov.



1.Mehnat va ish haqi bo’yicha xisob-kitoblarning mazmuni va ularni hisobga olishning vazifalari. Ishga qabul qilishda xujjatlarni rasmiylashtirish. Mehnatga haq to’lash tizimlari va shakllari


Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitobni to’g’ri tashkil etish o’ta muhim ahamiyatga ega. Buxgalteriya hisobining mazkur qismi xo’jalik sub’ekti xodimlarining mehnatini rag’batlantirish orqali ularning mehnat unumdorligini oshirishda asosiy rolni o’ynaydi. SHu munosabat bilan sanoat ishlab chiqarish korxonalari xodimlari shaxsiy tarkibini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Sanoat ishlab chiqarish korxonalari shaxsiy tarkibi sanoat va nosanoat ishlab chiqarish xodimlaridan tashkil topadi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari ishchilar, ma’muriy-xo’jalik xodimlari, mutaxassislar, kichik xizmat ko’rsatuvchi xodimlardan iborat. Ishchilar asosiy va yordamchi ishchilarga bo’linadi. Asosiy ishchilar bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan, yordamchi ishchilar esa mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bilvosita qatnashadigan xodimlardir. Ma’muriy-xo’jalik xodimlariga rahbarlar, reja-moliya va boshqa shu kabi bo’limlar xodimlari, buxgalterlar, ombor mudirlari, kadrlar bo’limi xodimlari kabilar kiradi. Mutaxassislar – muhandis, texnolog, energetic kabilardir. Kichik xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga qorovullar, farrosh, haydovchi kabilarni olib borish mumkin.


Sanoat korxonalari xodimlarini ishlab chiqarish bo’linmalari kesimida guruhlash ham muhim ahamiyatga ega. Xususan, ishlab chiqarish tsexlari asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi tsexlarga bo’linadi. Ularning har birida asosiy va yordamchi ishchilar faoliyat ko’rsatadi. Har bir tsexning boshqaruv va xizmat ko’rsatuvchi personali mavjud. Asosiy tsexlarda bevosita asosiy mahsulot ishlab chiqiladi. Boshqa tsexlar asosiy tsexlarga yordam beradi yoki ularga xizmat qiladi.
Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida yordamchi ishlab chiqarishga qozonxona, ta’mirlash-mexanika tsexlari misol bo’la oladi. Xizmat ko’rsatish bo’linmalariga misol tariqasida oshxona va transport bo’limlarini keltirish mumkin.
Xodimlarni ishga qabul qilishda ularning ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi hamda malakasi, amaliy tajribasi, kasbiy mahorati, yoshi hamda u yoki bu lavozimda ishlash yuzasidan xohish-istagi kabi qator omillar inobatga olinadi. Ishga qabul qilishda jismoniy shaxs xo’jalik sub’ekti rahbari nomiga yozilgan ariza bilan murojaat etadi. Arizaga talabgorning kadrlar bo’limida xodimlarni hisobga olish uchun o’rnatilgan shakldagi shaxsiy varaqasi va tarjimai hol to’ldirilgan holda ilova etiladi. Ishga qabul qilishda vakant, ya’ni bo’sh lavozim mavjud bo’linmalar rahbarlari roziligi inobatga olinadi. Bo’linmalar rahbarlari (tsex boshlig’i, bo’lim menejeri va boshqa shu kabilar) talabgorning taklif etilayotgan lavozimga kasbiy ko’rsatkichlari orqali to’g’ri kelish-kelmasligini aniqlashi va o’z fikrini bildirishlari maqsadga muvofiq bo’ladi. Ishga kirishga talabgor arizasiga xo’jalik sub’ekti rahbarining ishga qabul qilishga ruxsat berilganlik to’g’risidagi rezolyutsiyasi qo’yilgandan so’ng kadrlar bo’limi ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqni rasmiylashtiradi. Buyruqda xo’jalik sub’ekti shtatlar ro’yxatiga binoan ish haqi summasi va uning to’lanish tartibi ham ko’rsatiladi.
Sanoat korxonalari xodimlari tarkibi ularning mehnatiga haq to’lash tizimi va hisobining murakkabligidan dalolat beradi. Bu esa o’z navbatida mehnatga haq to’lash va mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar hisobining quyidagi vazifalarini belgilaydi:

  1. Xodimlar shaxsiy tarkibini, ularning harakatini hisobga olishning to’g’ri yo’lga qo’yilganligini doimiy nazorat qilib borish.

  2. Xodimlar mehnatiga haq to’lash shakllari va tizimlarini to’g’ri belgilash hamda ulardan oqilona foydalanish.

  3. Xodimlar mehnatiga to’lanadigan ish haqi summalarini aniqlash uchun tegishli hujjatlarni o’z vaqtida hamda to’g’ri rasmiylashtirilishini ta’minlash.

  4. Ish haqi summalarini to’g’ri hisoblash va xodimlar bilan hisob-kitoblarni o’z vaqtida hamda to’g’ri amalga oshirish.

  5. Hisoblangan ish haqi summalarini tegishli xarajatlar va majburiyatlar schyotlariga to’g’ri olib borish hamda moliyaviy va boshqa hisobotlarda o’rnatilgan tartibda aks ettirish.

  6. Ish haqidan daromad solig’i, sug’urta badallari va boshqa ushlanmalarni to’g’ri hisoblash va hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish.

  7. Ish haqiga nisbatan byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga ajratmalarni o’rnatilgan tartibda buxgalteriya hisobi schyotlari tizimida aks ettirish hamda tegishli hisob-kitoblarni amalga oshirish.

Yuqoridagi vazifalarning buxgalteriya hisobi qonunchiligiga binoan bajarilishi hamda buxgalterning belgilangan vazifalarni sidqidildan bajarishi hisob ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlaydi va shu orqali korxonalarda xodimlarning ma’muriyatga ishonchini hamda mehnatga rahbatlantirishni ta’minlaydi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga mehnatga haq to’lash shakl va tizimlarini mustaqil belgilash huquqi berilgan. Mehnatga haq to’lash shakli lavozim yo’riqnomasidan kelib chiqib, lavozim bo’yicha bajariladigan ishning tarmoq xususiyati, turi, murakkabligi, xodimning lavozimi, kasbi, malakasi kabilarni inobatga olib xodimlarga ish haqini hisoblashning tartibini belgilaydi.
Mehnatga haq to’lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay.
Mehnatga ishbay shaklda haq to’langanda ish haqi mahsulot(yoki bajarilgan ish)ning sifati, murakkabligi va ish sharoitini hisobga olgan holda, ishlab chiqarilgan mahsulot birligining yoki bajarilgan ish hajmining miqdoriga qarab hisoblanadi.
Mehnatga haq to’lashning vaqtbay shaklida ish haqi xodimlar malakasi va ish sharoitini hisobga olgan holda, sarflangan (haqiqiy ishlangan) vaqtning miqdoriga qarab hisoblanadi.
Ishbay ish haqi shakli ishchilarni, ilg’or tajribalardan foydalangan holda, mehnat unumdorligini oshirishga moddiy jihatdan qiziqtiradi. Mehnatga haq to’lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini qat’iy tekshirish zarur.
Mehnatga haq to’lashning shakllari negizida mehnatni rag’batlantirish maqsadida turli mehnatga haq to’lash tizimlari shakllantiriladi. Mehnatga haq to’lash tizimlari xodimning mehnati hajmi yoki ishlagan vaqtiga qarab ish haqi hisoblashning shaklinigina belgilab qolmay, balki bajarilgan mehnatning sifati, unga sarflangan vaqtning tejamkorligi kabi sifat oimllarini inobatga olib rag’batlantirish tartibini ham belgilaydi. Mehnatga haq to’lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga haq to’lash tizimlariga bo’linadi: to’g’ri ishbay, ishbay-mukofot, akkord, ishbay-progressiv, egri ishbay tizim.
Mehnatga vaqtbay shaklida haq to’langanda ish haqi hisoblash bo’yicha asos qilib ishchining sarflagan vaqti va tarif stavkasi olinadi. Tarif stavkasi xodimning kasbi, malakasi, kasbiy mahoratini inobatga olib vaqt birligi uchun belgilanadigan ish haqi summasidir.
Vaqtbay ish haqi shakli ikki tizimdan iborat: mehnatga haq to’lashning oddiy vaqtbay tizimi va vaqtbay-mukofot tizimi. Oddiy vaqtbay tizimida ish haqi bevosita ishlagan vaqt miqdori, xodimning egalllab turgan lavozimi, malakasiga bog’liq. Vaqtbay-mukofot tizimida oddiy vaqtbay tizimi bo’yicha hisoblangan ish haqiga qo’shimcha qilib bajarilgan ishning sifati, material, yoqilg’ilarni, tejalishi, bekor turishlarning qisqarishi, mashina va agregatlarning to’xtovsiz ishlashi va boshqa ko’rsatkichlarga qarab mukofot hisoblanadi.
Xodimlarga ish haqi hisoblash mehnat va ish haqi bo’yicha rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlarga asosan amalga oshiriladi. Korxonalarda u yoki bu dastlabki hujjatlar shaklini qo’llash ishlab chiqarishning xarakteri, mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash shakli hamda tizimiga, shuningdek mahsulot sifatini nazorat qilish usuliga bog’liq. Tasdiqlangan qonunga binoan sanoat korxonalarida quyidagi dastlabki hujjatlar qo’llaniladi: xodimlarning ishlagan vaqtlari qayd etiladigan tabellar, ishbay ish naryadlari, marshrut varaqasi, tayyorlangan mahsulot to’g’risida raport, tayyorlangan mahsulotni hisobga olish qaydnomasi, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi, vaqtbay ishlovchilarga berilgan normalashtirilgan topshiriq va boshqalar.
Ish haqini to’g’ri hisoblash uchun barcha hujjatlarda quyidagi ma’lumotlar keltirilishi kerak: ish joyi (tsex, uchastka, bo’lim); hisoblash davri (sana); familiyasi, ismi, otasining ismi; tabelь raqami, ishchining razryadi; tabelda ishlagan oy, kunlari va vaqti, ish birligiga belgilangan vaqt normasi va baho, ish haqi summasi; bajarilgan ish bo’yicha norma-soat miqdori kabilar.
Texnologik karta, tsex, uchastka ishlab chiqarish dasturiga binoan tuzilgan, amaldagi norma va baholari, ishlar grafigi ko’rsatilgan bu hujjatlar ish boshlanishidan oldin ishchiga yoki brigadaga topshiriladi. Ish bajarilgandan so’ng texnik nazorat bo’limi haqiqiy ishlab chiqarilgan va qabul qilingan yaroqli mahsulotlar miqdori va yaroqsiz mahsulot miqdorini ko’rsatadi.
Yakka, takrorlanmaydigan mahsulot ishlab chiqarishlarida ishbay ish bo’yicha asosiy hujjat bo’lib bir yo’la tuziluvchi, yig’ib boruvchi, shuningdek yakka va brigada bo’yicha tuziladigan naryad hisoblanadi. Bir yo’la naryad smena yoki oy davomida bir buyurtma yoki ishlab chiqarish xarajatlari turiga tegishli ish turlari bo’yicha tuziladi. Agar ish bir ishchi tomonidan bajarilsa, yakka naryad deyiladi, agar brigada tomonidan bajarilsa – brigada (umumiy) naryadi deyiladi. Naryadning orqa tomonida brigada tarkibi, ishlangan vaqt, bajarilgan ish, brigada a’zolarining malakasi to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar keltiriladi.
Naryadlar bo’yicha bajarilgan ish hajmi va ishlar harakatini texnologik zanjiri tartibida nazorat qilish mumkin emas, chunki ular bir ishchi (yoki brigada, smenaga), biri ikkinchisi bilan bog’lanmagan bir yoki bir necha operatsiyalarga yoziladi. SHuning uchun bir texnologik jarayonda bir vaqtning o’zida seriya (guruh) bir xildagi mahsulot tayyorlaydigan seriyali ishlab chiqarishlarda tayyorlangan mahsulot va ish haqini hisoblash uchun marshrut varaqalari qo’llaniladi. Marshrut varaqasi bo’yicha har bir ishchi ish bajarishi mumkin. Marshrut varaqasi barcha texnologik jarayon operatsiyalariga va ma’lum partiya detal va mahsulotlarga oldindan yoziladi. Bunda ishning bir operatsiyadan ikkinchisiga o’tkazilishi ketma-ketlikda ko’rsatilgan bo’lib, ishlab chiqarishdagi yo’qotishlar va yaroqsiz mahsulotlar nazorat qilinadi. Marshrut varaqasi bo’yicha ish turlari bir qancha ishchilar tomonidan bajarilganligi uchun, har birining ish haqisi maxsus hujjatda – 15 kunda yoki bir oyda bir marta tuziladigan ishlab chiqarish raportida yig’ib boriladi.
Ko’plab ishlab chiqarish xarakteridagi korxonalarda ishchilar odatda o’zlariga biriktirilgan bir xil texnologik operatsiyalarni bajaradi. Bunda ishlab chiqilgan mahsulot va ish haqining hisobi smena yoki oy bo’yicha tuziladigan yig’ma qaydnomalarda yuritiladi.
Ishchilar mehnatiga haq to’lashda tarif setkasi asos bo’lib hisoblanadi. Tarif setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to’lash shakli va mazkur sohaning xususiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Tarif tizimiga quydagilar kiritiladi:
- bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilovchi tarif stavkasi;
- haq to’lashda ish va ishchilarning (malakasi) turli razryadlari orasidagi munosabatlarini ko’rsatuvchi tarif setkasi;
- tarif-malakaviy ma’lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish va ishchining razryadi aniqlanadi.
Oddiy ishlar 1-razradli ishchining tarif stavkasi bilan to’lanadi. Mehnat malakasi darajasiga, ya’ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsientiga, qarab qolgan razradlarning tarif stavkalari bu razraddan ortiq bo’ladi. Tarif razradi har bir ishlab chiqarish operatsiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi, shuning uchun ish bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda tarif stavkasidan foydalaniladi.
Mehnatga haq to’lash shakli, mukofotlar, qo’shimcha haqlar, rag’batlantirish to’lovlari, kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan jamoa shartnomasi bilan belgilanadi. Hukumat tomonidan tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi tarif stavkalari va okladlari korxonada ishchilarning malakasiga, kasbiga, ular tomonidan bajariladigan ishlar sharoitining murakkabligiga qarab baza sifatida foydalanilishi mumkin.



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish