Komissiya a’zolari tomonidan tuziladigan dalolatnomada quyidagilar ko’rsatiladi:
a) kelgan tovarlarni tasdiqlovchi hujjatlarda ko’rsatilgan tovarlar miqdori, summasi;
b)haqiqiy qabul qilingan tovarlar miqdori va summasi;
v) komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan farq summasi, miqdori;
g) aniqlangan farqni undirib olish holati.
Tuzilgan dalolatnomaning bir nusxasi barcha hujjatlar ilova qilingan holda mol yetkazib beruvchiga jo’natiladi. Undan aniqlangan qarz summasiga da’vo qilish uchun asos sifatida foydalaniladi. Mol yetkazib beruvchilarning aybi bilan kam chiqqan va aybdor xo’jalik sub’ekti tomonidan tan olingan, xujjatlar bilan asoslangan, da’vo qilingan tovarlar summasi alohida schyotlarda hisobga olinadi.
Agar mol yetkazib beruvchi tomonidan ularga qilingan da’vo summasi to’liq yoki qisman tan olinmasa, u holda kamomad (sifatsiz mahsulot)ni tasdiqlovchi barcha hujjatlar xo’jalik sudiga topshirilishi mumkin. Xo’jalik sudiga jo’natilgan tovar-moddiy boyliklarni tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar: - yuk xati yoki schyot-faktura, tovar-transport hujjatlari, qabul qilish komissiyasi tomonidan tuzilgan dalolatnoma, mol yetkazib beruvchiga to’langan pul mablag’larini tasdiqlovchi to’lov hujjatlari topshiriladi.
Tovar moddiy zahiralarning tannarxini aniqlash metodlari, tannarx yoki bozorning eng kam qiymatida baxolash, sof sotish qiymatida baholash
Tovar-moddiy zahiralar schyotlar rejasining ikkichi qism joriy aktivlarning «Tovar-moddiy zahiralar» bo’limidagi schyotlarda yuritiladi. Tovar-moddiy zahiralarni hisobga oluvchi schyotlarga 10 «Materiallar hisobi» schyotlaridan boshlab 29 «Tovarlar hisobi» schyotlari kiradi. Tovar-moddiy zahiralar bir qator schyotlarda, shu jumladan, «Xom-ashyo va materiallar» schyotida faqat materiallar turlari bo’yicha hisobga olinadi.
Masalan, «Materiallar» schyoti bo’yicha material turlari bo’yicha alohida hisob yuritiladi.
Schyotlarda tovar-moddiy zahiralarning harakatini aks ettirish ularning qiymatini aniqlashni, ya’ni uni baholashni talab etadi. Tovar-moddiy zahiralar tannarxi bo’yicha baholanadi. Tannarx ikki xil bo’ladi:
Sotib olish yoki xarid tannarxi.
Ishlab chiqarish tannarxi.
Tovar-moddiy zahiralari tannarxi:
Tovar-moddiy zahiralarini sotib olish xarajatlari, jumladan xarid kiymati, import, bojxona bojlari va tulovlari, tayyorlov vositachilik tashkilotlariga tulangan komission tulovlar, soliklar (korxona keyinchalik kaytarib olishi mumkin bulganlardan tashkari) hamda zahiralarini sotib olish bilan boglik transport tayyorlov va xizmat kursatish xarajatlarini o’z ichiga oladi.
TMZlar ishlab chiqarish tannarxi, ya’ni qayta ishlash xarajatlari tayyor maxsulot ishlab chikarish bilan bevosita boglik xarajatlar bo’lib, bular quyidagilardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |