TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMINI SAMARALI TASHKIL ETISH UCHUN: 1.Talabalar mustaqil ishining barcha shakllarini tashkil qilishga tizimli yondashish;
2.Talabalar mustaqil ishining barcha turlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
3.Talabalar mustaqil ishining bajarilishi sifati ustidan qat’iy nazorat o’rnatish;
4.Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish mexanizmini yaratish va takomillashtirib borish maqsadga muvofiq.
1. Talabalar mustaqil ishini baholash mezonlari tegishli kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi va fakulьtet Ilmiy kengashida tasdiqlanadi.
2. Mustaqil ishlarni baholash mezonlari talabalarga o’quv yili semestri boshlanishidan oldin xar bir fan prof-o’qituvchisi tomonidan talabalarga o’quv-uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.
3. Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bo’yicha o’zlashtirish muntazam ravishda talabalar guruxlarida, kafedra yig’ilishlarida xamda xar o’quv yilida kamida 2-marta fakulьtet Ilmiy Kengashida muhokama etib boriladi.
4. Talabalarning mustaqil ishi har bir kafedraning reyting oynasida yoritib boriladi.
5. Talabalarning mustaqil ishi har bir kafedrada fan o’qituvchisi tomonidan ro’yhatga olinadi va o’quv yili mobaynida saqlanadi.
6. Oliy ta’lim muassasasida yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladi.
7.Yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari fakulьtetlarning Web sahifalarida e’lon qilinib boriladi.
Mazkur fandan mustaqil ishlarni bajarishda aktsionerlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar, kichik korxona hamda mikrofirmalarda soliqqa tortishning xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Taqdimot materiallari faqat slaydlardan iborat bo’libgina qolmay, balki animatsiyalar bilan ko’rgazmali videolavhalar bilan tayyorlanishi mumkin. Mustaqil ish himoyasini taqdimot ko’rinishida tayyorlab, videoproektordan foydalanib amalga oshirish o’rinli bo’ladi.
Quyida fan bo’yicha mustaqil ishlar va referatlar tayyorlash uchun mavzular tavsiya etiladi:
Buxgalteriya hisobini tashkil etishning nazariy va uslubiy asoslari.
Pul mablag’lari hisobi.
Valyuta operatsiyalari hisobi.
Tovar moddiy zaxiralar hisobi.
Materiallarning ombor xo’jaligi hisobi.
Asosiy vositalar hisobi.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish hisobi.
Nomoddiy aktivlar turkumlanishi va baholanishi.
Nomoddiy aktivlarning harakatini hisobga olish.
Investitsiyalarni hisobga olish.
Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya.
Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi.
Ustav kapitalini shakllantirish va ularni hisobga olish.
Moliyaviy natijalarni shakllantirish va ularni hisobga olish.
Boshqaruv hisobi fanining predmeti va vazifalari.
Boshqaruv hisobida byudjetlashtirish.
Bosh byudjet va uni tuzish tartibi.
Mahsulot tannarxini tarkibi va turlari.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning jarayonli usuli.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning oddiy usuli.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning normativ usuli.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning Standart Kost usuli.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning Direkt kosting usuli.
tannarx hisoblash usullari.
To’liq tannarx va ishlab chiqarish tannarxini hisoblash.
Transfert bahoni shakllantirish va segmentar hisobot.
Transfert bahosining turlari va shakllantirish tamoyillari.
Kelgusi davr xarajatlarini qoplash rezerv fondini tashkil qilish va foydalanish hisobi.
Moliyaviy natijalar hisobi.
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.