Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi “buxgalteriya hisobi”



Download 0,9 Mb.
bet8/238
Sana05.02.2023
Hajmi0,9 Mb.
#908128
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   238
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

1. Tannarx-daromad - moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun sarflanadigan xarajatlar ulardan olinadigan daromadlardan kam bo’lishi kerak. SHuning uchun ham kichik korxonalar alohida buxgalteriyani yuritib emas, balki buxgalterlik firmalariga buyurtma berib hisobot tuzdirishadi.
2. Muhimlik - qaror qabul qilish uchun muhim axborotlar moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi shart.
3.Tarmoq xususiyatlari - buxgalteriya hisobini tashkil qilishda faoliyat tarmog’ining xususiyati albattta o’z aksini topadi. Masalan, ishlab chiqarish hisobining savdo faoliyati hisobidan farqi katta, buxgalteriya hisobi paxta tozalash korxonalarida, meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalarida o’z xususiyatlariga egadir.
4.Konservatizm tamoyili, yuqorida aytganimizdek, buxgalterni ehtiyotkorlikka chorlaydigan tamoyildir.Bu tamoyilni ehtiyotkorlik tamoyili deb ham ataladi. Ushbu tamoyilga binoan ko’rilishi mumkin bo’lgan zarar oldindan inobatga olinadi, biroq foyda esa qaysi davrda olinsa, o’sha davrda hisobga olinadi.Bundan ikkita muhim qoida kelib chiqadi.

  • hisobot davrida shakllangan potentsial daromadlar, ular e’tirof qilinadigan hisobot davrida ko’rsatilishi kerak;

  • hisobot davrida shakllangan potentsial zararlar kelgusi hisobot davrlariga olib borilmasligi, balki ana shu hisobot davrining o’zida ko’rsatilishi kerak.

SHunday qilib, tamoyillar kontseptual tuzilmaga rioya qilish uchun buxgalterlar foydalanadigan ma’lum bir qo’llanmalardir.
3. Buxgalteriya hisobining predmeti, vazifalari va uning turlari. Xo’jalik jarayonlari. Xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari tasnifi


Buxgalteriya hisobi fan sifatida o’zining predmeti va metodiga ega. Odatda fan predmeti deyilganda uning o’rganish ob’ekti tushuniladi. Metod deyilganda esa ana shu ob’ektni o’rganish usuli yoki usullar yig’indisi tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida“gi Qonunida buxgalteriya hisobi ob’ektlari quyidagicha belgilangan: “Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir.”
Buxgalteriya hisobi ob’ektlariniyuqoridagi ta’rifdan kelib chiqib quyidagicha guruhlash mumkin:

  1. Xo’jalik faoliyatini ta’minlovchi ob’ektlar.

  2. Xo’jalik faoliyatini tashkil etuvchi ob’ektlar

Xo’jalik faoliyatini ta’minlovchi ob’ektlarga quyidagilar kiradi:

  1. Mehnat qurollari.

  2. Mehnat buyumlari.

  3. Ishchi kuchi.

Xo’jalik faoliyatini tashkil etuvchi ob’ektlarga quyidagilar kiradi:

  1. Ta’minot jarayoni.

  2. Ishlab chiqarish jarayoni.

  3. Sotish jarayoni.

Buxgalteriya hisobi xo’jalik sub’ektining xo’jalik-moliyaviy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan resurslar, ya’ni mehnat qurollari, mehnat buyumlari, pul mablag’lari va ularning harakatini hisobga oladi. Boshqacha qilib aytganda, buxgalteriya hisobi tizimida asosiy vositalar, ishlab chiqarish zahiralari, pul mablag’lari kabi iqtisodiy resurslarni, ularning holati va harakatini ifodalovchi ko’rsatkichlar o’z aksini topadi. Xo’jalik sub’ekti ixtiyoridagi iqtisodiy resurslarning kelib chiqish manbai bo’lgan xususiy kapital yoki majburiyatlarni hisobga olish ehtiyoji bevosita xo’jalik faoliyati va uning natijalarini aniqlash jarayonida yuzaga chiqadi. Buxgalteriya hisobi xo’jalik faoliyatini uni tashkil etuvchi, ketma-ket amalga oshiriladigan xo’jalik jarayonlarining o’zaro bog’liqligi va aloqasini ko’rsatkichlar tizimi orqali ifoda etish orqali hisobga oladi. Ishlab chiqarish sohalarida xo’jalik faoliyati ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonidan iborat bo’lib, ularni amalga oshirish bilan bog’liq barcha xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining muhim ob’ektlari hisoblanadi.
SHunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy resurslari, ularning tashkil topish manbalari hamda ulardan xo’jalik faoliyatida foydalanish jarayonlari va ularning natijalarini aks ettiruvchi hisob-kitoblar, daromadlar, xarajatlar, majburiyatlar, foyda, zarar kabi ob’ektlardir.
Buxgalteriya hisobi fan sifatida ham, amaliy soha sifatida ham o’z predmetini o’rganish va xo’jalik sub’ekti bilan qiziquvchi shaxslar uchun tegishli axborotlarni tayyorlash hamda taqdim etish maqsadida faqat o’ziga xos bo’lgan metoddan foydalanadi.
Buxgalteriya hisobi o’z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda dialektik metod asosida o’z oldidagi vazifalarni to’la-to’kis yechib berish uchun maxsus usullarni o’z ichiga oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida o’rganiladi.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish