Operativ-salьdo usulining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
ombordagi materiallar hisobining to’g’riligi moddiy javobgar shaxslar tomonidan yuritiladigan ombor hisobining kartochkalariga asosan aniqlanadi;
buxgalteriya hodimlari tomonidan materiallar harakati va materiallarning ombordagi hisobi bo’yicha operatsiyalarni to’g’ri xamda o’z vaqtida rasmiylashtirish ustidan uzluksiz nazorat bevosita omborda olib boriladi;
materiallarning natura shaklidagi haqiqiy qoldig’ini joriy ombor hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish huquqi buxgalterlarga beriladi;
nomenklatura raqamlari bo’yicha materiallar harakatining hisobini faqat pul o’lchovchida hisob bahosi va haqiqiy tannarxi bo’yicha yuritiladi;
ombor hisobi ma’lumotlari buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan uzluksiz taqqoslab boriladi.
Materiallar hisobini operativ-salьdo usulida yuritish ombordagi materiallarni kartochkalarda hisobga olishni taqazo etadi. Bunday kartochkalar har bir material turi bo’yicha uning nomi, sorti, artikuli, markasi, razmeri va boshqa belgilari bo’yicha yuritiladi. Kartochkalar, odatda, ta’minot bo’limi tomonidan kalendarь yili uchun ochiladi.
Hisob kartochkalariga ma’lumotlar moddiy-javobgar shaxs tomonidan markaziy omborlar hamda ishlab chiqarish bo’linmalari omborlarida, yordamchi materiallar butlovchi qismlar va to’g’ri materiallar bo’yicha esa ishlab chiqarish joylarida(tsexlarida) kiritiladi. Bu ma’lumotlar avtomatlashtirilgan hisob tizimida avtomatik tarzda kartochkalarga yoziladi.
Bunda quyidagi rekvizitlar yozib borilishi kerak:
- ombor nomeri;
- moddiy qiymatlikning to’liq nomi;
- sorti;
- artikuli;
- markasi;
- razmeri;
- nomenklatura nomeri;
- o’lchov birligi ;
- hisob narxi;
- yili;
- boshqa rekvizitlar.
Materiallarning har bir nomenklatura nomeriga alohida kartochka ochiladi.
Ombor hisob kartochkasi korxona buxgalteriyasi tomonidan maxsus reestr (kitob)da ro’yxatga olinadi. Registratsiya paytida buxgalter yoki uning funktsiyasini bajaradigan boshqa shaxslar tomonidan kartochkaga kartochka raqami va buxgalterning vizasi qo’yiladi..
Ombor mudiriga kartochkalar reestrga imzo qo’ydirib beriladi.
Ombor mudiri ombor hisobi kartochkalarida moddiy qiymatliklar saqlanadigan joy (stellaj, polka, yacheyka va bosh.) tavsifini beruvchi rekvizitlarni yozib to’ldiradi.
Bundan tashqari ombor hisobi kartochkalarida hisob narxlari ham aks ettiriladi. Agar narxlar o’zgarsa, yangi narxlar qo’shimcha yozuvlar bilan kiritilib, shunga mos harakat vaqti qayd etiladi.
Hisob narxlari sifatida qaysi narx qo’llanilayotgan bo’lsa, shunga qarab “Mol yetkazib beruvchilar narxi” yoki “Haqiqiy tannarx” deb yozib qo’yiladi.
Agar buxgalteriyada hisob salьdo usulida olib borilsa, kartochkalar aylanma qaydnomalar shaklida to’ldiriladi. Bunda har bir operatsiya bo’yicha kirim va chiqimlar bo’yicha narxlar, miqdor va summalar aks ettiriladi. Natijada qoldiqlar ham miqdor va summa ko’rinishida chiqariladi.
Kartochkalarda, odatda, summalar yozuvini buxgalteriya xodimi amalga oshiradi. Korxona rahbariyatining qaroriga binoan bosh hisobchining tavsiyasiga ko’ra bu ish ombor hisobini yuritayotgan shaxsga yuklatilishi mumkin.
Ombordagi moddiy qiymatliklar harakati hisobi bevosita ombor mudiri (kladovshik), ya’ni moddiy javobgar shaxs tomonidan yuritiladi. Ayrim hollarda ombor hisobi kartochkalarini bosh hisobchi ruxsati va moddiy javobgar shaxs roziligi bilan operatorga yuklash mumkin.
Agar kartochka to’ldirilgan bo’lsa, xuddi shunday kartochkaning 2- va keyingi varaqlari ochiladi. Bunda har bir varaqqa alohida nomer qo’yiladi hamda ketma-ket tikiladi. Tekshiruv paytida kartochkaning har bir keyingi varag’i buxgalter tomonidan vizalanadi.
Kartochkaga yozish uchun asos– bu dastlabki hujjatlardir. Hujjat o’zi nima?
Hujjat – u yoki bu xo’jalik muomalasining amalga oshirilganligi haqidagi yozma guvohnomadir. Materiallar harakati bo’yicha asosiy xujjat bo’lib kirim orderlari, talabnoma-yuk xati, tovar-transport yuk xatlari, yuk xatlari (prixodnыe ordera; trebovaniya-nakladnыe; tovarno - transportnыe nakladnыe, nakladnыe na otpusk materialov na storonu) xisoblanadi. Ularga asosan ombor mudiri operatsiya amalga oshirilgan sana, hujjatning nomi va sanasi, operatsiyaning qisqacha mazmuni (kimdan olindi, kimga berildi, nima maqsadda) haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi yozuvlarni kartochkaga yozadi.
Aslida kartochkalarda har bir operatsiya alohida qayd etilishi lozim. Biroq ba’zan bir kunning o’zida bir nechta bir xil operatsiya amalga oshirilsa, hujjatlarning soni va umumiy miqdori bitta yozuv qilinishi mumkin. Bunday hollarda bu yozuvda barcha hujjatlarning nomerlari ko’rsatilishi yoki ularning reestralari tuzilishi talab etiladi.
Kartochkalarda yozuvlar ombor mudirlari tomonidan operatsiya bo’lib o’tgan sanada amalga oshiriladi va har kuni qoldiq chiqariladi.
Ba’zan materiallar olayotgan shaxsga bevosita kartochkalarga imzo qo’ydirish orqali, ya’ni hujjat rasmiylashtirmasdan ham beriladi. Bunda ombor hisobi kartochkalari har oyning oxirida buxgalteriyaga, M-13 shakldagi reestr bilan birgalikda beriladi. Tegishli hisob registrlari to’ldirilgandan so’ng kartokalar omborga qaytariladi.
Agar limit-zabor kartalari ishlatilsa, kartochkalarga yozuvlar ushbu kartalar yopilgandan so’ng, lekin oyning oxirgi kunigacha amalga oshirilishi kerak.
Har oyning oxirida kartochkalarda kirim va chiqim hamda qoldiqlar haqida yakunlar chiqariladi.
Yil oxirida kartochkalar yopiladi, ulardagi qoldiqlar keyingi yil kartochkalariga o’tkaziladi va ularda “qoldiqlar 20—yildagi – sonli kartochkaga o’tkazildi” degan yozuv amalga oshiriladi. Kartiochkalar tikilib, korxona arxiviga tposhiriladi.
Ta’minot xizmati ko’rsatmasi va bosh hisobchining ruxsatiga binoan kartokalarni keyingi yilda davom ettirish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |