Metallarning siniq joyi yuzasini ko‘zdan kechirish usuli. Bu usul metallar ichki tuzilishini tskshiriishiig eng oddiy usuli bo’lib,u metall donalarining mayda-yirikligini aiiqlashga imkon beradi. Ammo metallning siniq joyi yuzasi yashirin-kristalik va tola-tolabo’lishi mumkin, bunda siniq joyi yuzasini ko’zdan kechirish usulidan foydalanib, metall donalarining mayda-yirikligini aniqlab bo‘lmaydi, chunki sinishdan oldin metall plastik deformatsnyalangai bo‘lib, natijada bu metall donalarining haqiqiy shakli o‘zgarib ketadi.Bundan tashqari, ishlov berish va sinash natijasiga qarab, bir metallning o’zida siniq joyi yuzasining shakli turlicha bo‘lishi mumkin. Metallning siniq joyi yuzasining mayda donali bo‘lishi metallning mexanik xossalari yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |