Andijon mashinasozlik instituti "mashinasozlik texnologiyasi"



Download 0,86 Mb.
bet10/54
Sana25.03.2022
Hajmi0,86 Mb.
#510551
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
ekologiya

Biotik omillar, muhitning biotik omillari — bir yoki har xil turga mansub o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar hayot faoliyatining organizmlarga ta’siri majmui. Ayniqsa biotsenoz organizmlari orasidagi munosabatlar juda yaqindan bo’ladi. B. o. har xil turdagi tirik organizmlarning o’zaro ta’siridan iboratligi bilan muxitning abiotik omimarchdan farq kiladi.
Organizmlarning o’zaro munosabatlari juda ham xilmaxil. Tirik mavjudotlar boshqa organizmlar uchun oziq manbai bo’lishi (o’t o’simliklar o’txo’r hayvonlar uchun oziq hisoblanadi, o’txo’r hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar yeydi), ularning ko’payishiga imkon yaratishi (o’simliklarni changlovchi hasharotlar faoliyati), yashash muhiti bo’lib xizmat qilishi mumkin (mas, g’o’zaning xavfli kasalligi— viltni hosil qiluvchi patogen zamburug’ uchun g’o’za xo’jayin o’simlikdir). Raqobat, simbioz (birgalikda yashash) va b. ham organizmlar orasidagi munosabatlarga kiradi. Ehtiyojlari bir-biriga o’xshash organizmlar orasida, mas, agar o’simliklarning yoruglik, namlik va muhitning b. sharoitlariga nisbatan talabi bir xil bo’lsa, raqobat paydo bo’ladi. Simbioz hayvonlar, o’simlik, mikroorganizmlar orasida keng tarqalgan. Mac, dukkakli o’simliklar (beda va b.) azot hosil qiluvchi bakteriyalar bilan birgalikda yashaydi, bu bakteriyalar o’simliklar hayoti uchun zarur bo’lgan uglevodlar va b. organik moddalarni o’simliklar ildizidan oladi. B. o. har doim muhitning abiotik omillari ta’siriga uchraydi va o’z navbatida unga faol ta’sir etib, uni o’zgartirib boradi.
Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga ta’siri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga bo’linadi.
Fitogen omillar deganda yuksak va tuban o’simliklarning organizmga ta’siri e’tiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning ta’siri nazarda tutiladi. Antropogen omillar - bu inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan omillar, ya’ni odamlarning o’simlik va hayvon turlari yoki ular gu- ruhlarining tuzilishiga ko’rsatgan ta’siridir. Tirik organizmlarga juda ko’p omillar ta’sir ko’rsatadi. Ana shu omillarning ayrim organizmlarga ko’rsatgan ta’siri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi - optimal daraja deyiladi. Ћar qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng qo’yi darajasi minimum bo’ladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm
uchun u yoki bu ekologik omilning o’z maksimumi, minimumi va optimumi bo’ladi. Chunonchi, uy pashshasi 7°S dan 50°S gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36-40°S ni tashkil etadi.
Shuni ham ta’kidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks ta’sir etgandagina ular yuqori natija beradi. Bu omillarning birortasi o’z vaqtida bo’lmasa yoki yetishmasa organizmlarning normal o’sishi va rivojlanishi tugal o’tmaydi. Demak, ekologik omillarning har biri organizm uchun zarur bo’lib, ularning birini ikkinchisi almashtira olmaydi. Shu sababli ekologik omillar orga- nizm hayotida bir xil ahamiyatga egadir. Chunonchi, o’simliklar hayotidan misol keltirsak, g’o’zani o’stirish va parvarish qilishda o’g’it bermasdan faqat suv berish bilan g’o’zani to’la rivojlantirib bo’lmaydi. Yoki buning aksi ham xuddi shunday natijalarga olib keladi.
Organizmning hayot faoliyatini susaytiruvchi omilga cheklovchi omil (limitiruyuщiy faktor) deyiladi. Organizmlarga ta’sir qiluvchi omillarning bittasi cheklovchi omil bo’lishi mumkin. Chunonchi, hayvonlar va o’simliklarning shimol tomonga qarab tarqalishi issiqlikning yetishmasligi natijasida janubga tarqalishi esa, namlikning yetishmasligi tufayli kechadi. Demak, organizmlarning shimolga tarqalishida cheklovchi omil bo’lib harorat hisoblansa, aksincha, janub tomonga tarqalishida esa cheklovchi omil bu namlikdir.
Omilning faqatgina yetishmasligigina emas, balki ortiqchaligi ham cheklovchi ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ekologik omillarni o’rganish sohasida Yu.Libix ko’p tajribalar o’tkazdi. Uning yozishicha (1840) ekinlarning hosildorligi ko’pincha ular uchun ko’p kerak bo’lgan elementlar (SO2 yoki N2O) bilan cheklanmaydi, aksincha tuproqda kam uchraydigan va o’simliklar uchun juda kam miqdorda kerak bo’lgan elementlar bilan cheklanadi. Demak, o’simliklarning o’sishi tuproq tarkibida minimum miqdorda uchraydigan elementga (masalan, rux) bog’liq degan xulosa Libixning "Minimum qonuni" deb yuritiladi. Libixning ko’rsatishicha u yoki bu omillarning yetishmasligigina emas, balki issiqlik, yorug’lik va suv kabi omillarning ortiqchaligi ham cheklovchi omil bo’lib xizmat qilishi mumkin.
U yoki bu turning yashash imkoniyati bo’lgan ma’lum bir omilning o’zgaruvchan chegarasi tolerantlik deyiladi.
Ba’zi bir organizmlarning tolerantlik xususiyati ma’lum bir omilga nisbatan chegaralangan bo’lsa, boshqa xil omilga nisbatan esa keng doirada bo’lishi mumkin. Masalan uy pashshasi (chivini) 7 °S dan to 50 °S issiqlikkacha bardosh berib yashashi mumkin. Uning tolerantlik chegarasi keng. Bunday organizmlarni evriterm organizmlar deyiladi. Boshqa xil organizmlarning tolerantlik chegarasi tor bo’lishi mumkin, ularni stenoterm organizmlar deyiladi. Tolerantlik qonunini 1913 yilda V.Shelford (Shelford, 1913) asoslab bergan. Bu qonunga muvofiq maksimum chegaralovchi omillarning ta’siri minimum chegaralovchi omillar ta’siri bilan bir xildir.
"Tolerantlik" qonunini to’ldiruvchi omillar nimalardan iborat?

  1. Organizmlar bir omilga nisbatan keng diapazonli tolerantlikka ega bo’lsalar ikkinchi omilga nisbatan ularda tolerantlik diapazoni tor bo’ladi.

  2. Keng tolerantlikka ega bo’lgan organizmlar yer yuzida keng tarqalgan.

  3. Tur uchun sharoit birorta ekologik omilga nisbatan optimal darajada bo’lmasa, shu turning boshqa xil ekologik omillarga nisbatan tolerantlik diapazoni tor bo’ladi. Masalan, g’allasimon ekinlar uchun azot yetishmasa ularning qurg’oqchilikka chidamlilik xususiyati pasayadi.

  4. Organizmlarning ko’payish davri noziq bo’lib, bu davrda ko’pchilik ekologik omillar organizm uchun cheklovchi omil ham bo’lishi mumkin.

Masalan, voyaga yetgan sarv daraxti suvda ham, quruqlikda ham yashashi mumkin, biroq u namlik yetarli bo’lgan, suv ko’llamagan joylardagina ko’payish imkoniyatiga ega.
Turning tabiatda yashashi uchun kerak bo’lgan barcha tashqi muhit omillari yig’indisi ekologik taxmon (burchak) deyiladi. Ko’pincha bu atama ikkita yaqin turlarning o’zaro munosabatini kuzatishda qo’llaniladi. Ekologik taxmon atamasini 1917 yilda Dj.Grinnel turlarning kenglikda tarqalish tavsifi uchun qo’llagan edi. Ekologik taxmon yashash joyi atamasiga yaqin tushunchadir. Keyinchalik 1927 yilda Ch.Elton ekologik taxmon turning jamoadagi holati deb aniqladi va bu holatda eng muhimi ularning, ya’ni turlarning bir-birlari bilan trofik bog’lanishi ekanligini qayd qildi.
Turning ekologik o’rni (Dj.Grinnell) deganda, ma’lum bir turning barcha abiotik va biotik omillar majmuiga bo’lgan munosabatini, ya’ni hamjamoada tutgan o’rni tushuniladi.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish