Ekologiya soxasida davlat boshkaruvi organlarining tizimi va vakolatlari Ekologiya soxasida davlat boshkaruv organlarining vakolatlari deganda ularning shu soxadagi faoliyatlarining aloxida tur- lari tushunilishi lozim.
Ekologiya soxasida davlat boshkaruv organlari kuyidagi vakolatlarni amalga oshiradilar:
Tabiiy resurslarni muxofaza kilish va ulardan okilona foy- dalanish buyicha me’yoriy xujjatlarni kabul kilish yuli bilan davlat organlari konun va xukumat karorlaridagi koidalarni yanada rivojlantiruvchi va detallashtirilgan idoraviy normativ xujjatlar kabul kiladilar. Masalan, Uzbekiston Respublikasi- ning Solik kodeksida yer soligiga oid me’yorlar kiritilgan va unga muvofik yer soligi stavkalari Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi. Bundan tashkari, yer soligini xisoblash va undirish buyicha munosabatlar Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat solik kumitasi tomonidan 2002 yil 21 yanvarda tasdiklangan va Adliya vazirligida 27 mart 2002 yil 1118- rakam bilan davlat ruyxatiga olingan «Er soligini xisoblash va tiklash tartibi tugrisida»gi Yuriknoma bilan tartibga solinadi. Idoraviy me’yoriy xujjatlar asosan me’yoriy xujjatlarda texnik va tabiiy fanlar talablarini kiritish lozim bulganda kabul kilinadi. Bunday yuriknomalar geologiya va konlardan foydalanish soxasida kup kabul kilingan.
Ekologiya soxasida davlat boshkaruvining asosiy elementi tabiiy resurslardan okilona foydalanish va ularni muxofaza kilishning davlat tomonidan nazorat kilinishidir. Bu katta axamiyatga ega.
«Tabiatni muxofaza kilish tugrisida»‘gi konunda mazkur masalaga aloxida e’tibor berilgan va unga konunning VII bob, 28- 32-moddalari bagishlangan.
Shu bilan birga, ekologiya soxasida davlat nazorati va uning xukukiy tomonlari bir kator xukukiy adabiyotlarda2 xam kursatilgan. Umuman olganda, kuyidagi xususiyatlar «ekologik nazorat» tushunchasini belgilab beradi:
ekologik nazorat respublikamizda tabiatni muxofaza kilishning asosiy bulagi;
u mustakil davlatimizning ekologik siyosatini uzida aks ettiradi;
ekologiya soxasida davlat boshkaruvining asosiy elementi.
Amaldagi «Tabiatni muxofaza kilish tugrisida»gi konunning 29-moddasiga asosan, ekologik nazoratning kuyidagi vazifalari mavjud:
atrof tabiiy muxit xolatini xamda xujalik yuritish va boshka faoliyat ta’siri ostida unda buladigan uzgarishlarni kuzatib borish;
atrof tabiiy muxitni muxofaza kilish, soglomlashtirish tabiiy resurslardan okilona foydalanish, tabiatni ximoya kilishga doyr konunlar talablari va atrof muxit sifatining normativlariga rioya etish borasidagi dasturlar xamda ayrim tadbirlarning bajarilishini tekshirish.
Ekologik nazorat tizimi Davlat atrof tabiiy muxit xolatini kuzatib borish xizmati, tabiatni muxofaza kilish soxasidagi davlat, idoraviy, ishlab chikarish va jamoat nazoratidan iborat.
Aytish joizki, tabiatni muxofaza kilish soxasida ekologik nazorat jarayonida kuyidagilar ustidan nazorat utkaziladi:
mavjud tabiat ob’ektlari: yer, suv, yer osti boyliklari, atmosfera xavosi, urmon, usimlik va xayvonot dunyosining xolatini nazorat etish;
ishlab chikilgan ekologik loyixalar, xujjatlar va ularning barcha soxalarda kullanilishi nazorat kilish;
tabiat boyliklaridan okilona foydalanish va ularni muxofaza kilish bilan boglik bulgan tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat etish;
amaldagi ekologik konunlarga rioya kilinishini nazorat etish. Ekologik nazoratning kuyidagi shakllari mavjud:
axborotlash;
ogoxlantirish;
jazolash.
Amaldagi konunchilikka asosan ekologik nazoratning kuyidagi turlari mavjud:
atrof tabiiy muxit monitoringi;
davlat ekologik nazorati;
idoraviy ekologik nazorati;
ishlab chikarish nazorati;
jamoat ekologik nazorati.
«Tabiatni muxofaza kilish tugrisida»gi konunning 28- moddasida atrof tabiiy mu unt monitoringi berilgan va unga asosan, Uzbekiston Respublikasi xududida atrof tabiiy muxitning xolati va uning resurslarini kuzatish, xisobga olish, ularga baxo berish va ularning istikbolini belgilashni ta’minlash maksadida atrof tabiiy muxitning davlat monitoringi tizimi tashkil etiladi.
Atrof tabiiy muxitning xolati, tabiiy resurslardan foydalanish ustidan kuzatuv maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek faoliyati atrof tabiiy muxitning
xolatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashtirishi mumkin bulgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek aytib utilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uz kuzatuvlariga doyr materiallarni tegishli davlat idoralariga bepul berishlari shart.
Monitoring tuzilishi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibi Uzbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza kilish davlat kumitasi tomonidan ishlab chikiladi va Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiklanadi.
Uzbekiston Respublikasi «Tabiatni muxofaza kilish tugrisi- da»gi konunning 31- moddasida kursatilganidek, tabiatni muxofaza kilish soxasidagi davlat nazoratini davlat xokimiyati va boshkaruv idoralari, maxsus vakolatli davlat tabiatni muxofaza kilish idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
Kuyidagilar maxsus vakolatli davlat tabiatni muxofaza kilish idoralari xisoblanadi:
Uzbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza kilish davlat kumitasi;
Uzbekiston Respublikasi Soglikni saklash vazirligi;
Uzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal- maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat kilish davlat inspektsiyasi;
Uzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Uzbekiston Respublikasi Kishlok va suv xujaligi vazirligi;
Uzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat kumitasi.
Maxsus vakolatli davlat tabiatni muxofaza kilish idoralari tabiatni muxofaza kilish soxasidagi davlat nazoratini amalga oshirishda katnashishga idoraviy ekologiya xizmat bulinmalarini belgilangan tartibda jalb etishlari mumkin.
«Tabiatni muxofaza kilish tugrisida»gi konunning 32- moddasida tabiatni muxofaza kilish soxasidagi idoraviy, ishlab chitsarish va jamoat nazorati kayd etilgan bulib, unga binoan vazirliklar, davlat kumitalari va idoralarning ekologiya xizmati shu vazirlik, davlat kumitasi yoki idora tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlar faoliyati ustidan tabiatni muxofaza kilish soxasidagi idoraviy nazoratni amalga oshiradi.
Tabiatni muxofaza kilish soxasidagi ishlab chikarish nazoratini korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning ekologiya xizmati amalga oshiradi va tabiatni muxofaza kilish, tabiiy resurslardan okilona foydalanish va ularni tiklash, atrof tabiiy muxitni soglomlashtirish, tabiatni muxofaza kilishga doyr konunlarning talablari bajarilishi yuzasidan dasturlar xamda ayrim tadbirlar ijrosini tekshirish maksadini kuzlaydi.
Tabiatni muxofaza kilish soxasidagi jamoat nazoratini jamoat birlashmalari, mexnat jamoalari, fukarolar amalga oshiradilar.
Idoraviy, ishlab chikarish nazoratini amalga oshiruvchi ekologiya xizmatlarini va ekologiya soxasidagi jamoat nazoratini tashkil etish xamda ularning faoliyat kursatishi tartibi ushbu konun va mazkur xizmatlar xamda jamoat nazorati tugrisidagi nizomlar bilan tartibga solib boriladi.
Amaldagi ekologik konunlar talablaridan ma’lumki, ekologik nazoratni olib borishda bir kancha usullardan foydalaniladi:
kuzatib borish, ma’lumotlar olish va berish;
tekshirish;
ekologik xalokat va xavfning oldini olish;
ekologik konunlar buzilishining oldini olish;
tegishli ruxsatnomalar berish, faoliyatni cheklash, tuxtatish va bekor kilish;
tegishli jarimalar solish;
sodir etilgan xukukbuzarlik kurollarini musodara kilish.
Xullas, ekologiya soxasida davlat nazoratini olib borish
barcha tabiat ob’ektlaridan okilona foydalanishni va ularni muxofaza kilishni ta’minlaydi xamda ekologik konun va talablarning tugri amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |