Hisobot tarkibi:
Xromatografik gaz analizatorlari ishlashini sxema asosida tushuntirib bering.
Xromatografik gaz analizatorlari qanday usulda ishlaydi?
Gaz absorbsion usulda xromatografik ajralishining prinsipial sxemasini tushuntirib bering.
Xromatografik gaz analizatorlarining turlari va afzalliklari.
AMALIY MASHG’ULOT № 7
Mavzu: QALQOVICHLI ZICHLIK O'LCHASH ASBOBLARI.
Ishdan maqsad: Zichlik tog’risida ma’lumotlarni va uni aniqlash usullarini o’rganish.
ASOSIY MA’LUMOTLAR
Modda massasining hajmiga nisbati zichlik deyiladi, ya'ni
(6.29)
bu yerda: ρ — zichlik, kg/m3; m — moddaning massasi, kg; V— modda hajmi, m3.
Suyuqlikning zichligi haroratga bog'liq va normal (20 °C) haroratda quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
(6.30)
bu yerda: ρt — suyuqlikning ishchi haroratidagi zichligi, kg/m3; β — suyuqlik hajmiy issiqlik kengayishining o'rtacha koeffitsiyenti, 1/°C; t — suyuqlik harorati, °C.
Sanoatda suyuqlikning zichligini o'lchash uchun qalqovichli, vaznli, gidrostatik va radioizotopli zichlik o'lchagichlar ko'p qo'llaniladi.
Qalqovichli zichlik o'lchash asboblari.
Qalqovichli zichlik o'lchagichlarda Arximedning qalqovichga ta'sir etuvchi itarib chiqaruvchi kuchining suyuqlik zichligiga bog'liqligidan foydalaniladi. Bu asboblar suzib yuruvchi va batamom cho'kadigan qalqovichli bo'ladi. Birinchi tur asboblarda zichlikni o'lchash qiymati qalqovichning cho'kish chuqurligiga bog'liq bo'ladi. Ikkinchi tur asboblarda qalqovichni cho'kish chuqurligi o'zgarmaydi. Faqat uning itaruvchi kuchi o'lchanadi, bu kuch esa suyuqlikning zichligiga mutanosib bo'ladi.
Birinchi tur zichlik o'lchagichlarda qalqovichning og'irlik kuchi qalqovichga zichligi p bo'lgan, tekshiriladigan muhit tomonidan, ham suyuqlik yuzasida bo'lgan zichligi ρ0 bo'lgan muhit tomonidan (6.32- rasmga qarang) ta'sir etadigan itaruvchi kuch bilan muvozanatlashadi. Qalqovich muvozanatda turganida itaruvchi kuch qalqovichning og'irlik kuchiga teng bo'ladi. Bu yerda, tekshirilayotgan muhit zichligining har bir qiymatiga qalqovichning ma'lum botish chuqurligi mos keladi. Ixtiyoriy shakldagi qalqovichga ta'sir etuvchi itaruvchi kuch Arximed qonuniga ko'ra aniqlanadi:
bu yerda: ρ0 — suyuqlik ustidagi muhitning zichligi; g — erkin tushish tezlanishi; ρ — qalqovichning pastki qismi botirilgan suyuqlik zichligi; S —qalqovich kesimining yuzi, h — qalqovichning balandligi; x — qalqovichning suyuqlikka botish sathi.
O'zgarmas kesimli qalqovich uchun:
Agar suyuqlik ustida havo bo'lsa, u holda ρ0— 0. Unda umumiy holda
O'zgarmas kesimli qalqovich uchun itaruvchi kuch ifodasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
6.32-rasmda suzib yuruvchi qalqovichli zichlik o'lchash asbobining prinsipial sxemasi ko'rsatilgan. Asbob qalqovich 2, o'lchash idishi 1 dan iborat. Suyuqlik asbobga tarnov 3 orqali kelib, tarnov 4 orqali chiqib ketadi. Oqimning tezligi doimiy kesimli drossel 5 yordamida aniqlanadi. Plastinalar 6 qalqovichni uyurmalardan saqlaydi.
Suyuqlik zichligining o'zgarishi qalqovich va u bilan bog'liq bo'lgan o'zak 7 ning siljishiga olib keladi.
O'zak differensial-transformator o'zgartkich g'altagida siljiydi. Ikkilamchi (ko'rsatuvchi yoki qayd qiluvchi) asbob zichlik birligida darajalanadi. Haroratning kompensatsiyasi ildkilamchi asbobning o'lchash sxemasiga ulangan qarshilik termometri yordamida amalga oshiriladi. Zichlik o'lchagichlar korroziyaga chidamli materiallardan tayyorlanib, agressiv suyuqliklar zichligini o'lchashda ham ishlatilishi mumkin.
Oraliqdagi o'zgartkichning turiga qarab, zichlik o'lchagich elektrik yoki pnevmatik unifikatsiyalangan chiqish signaliga ega bo'lishi mumkin.
6.33-rasmda qalqovichi batamom cho'kadigan zichlik o'lchagichning prinsipial sxemasi ko'rsatilgan. Bu asbobda pnevmatik o'zgartkich ishlatilgan. Ventil yoki boshqa toraytirish qurilmasi hosil qilgan bosimning pasayishi ta'sirida suyuqlik quvur 13 dan halqa taqsimlagich orqali o'lchash kamerasi 1 ga keladi va chiqarma quvurchalar yordamida quvur 14 dan asosiy quvurga uzatiladi. Suyuqlikning bunday yo'nalishi oqim tezligining qalqovich 2 ga ko'rsatilgan ta'sirini yo'qotadi. Qalqovich zoldirli podshipnikda turgan va silfon 10 dan o'tadigan koromislo uchiga o'rnatilgan. Koromislo posangi 11 orqali muvozanatlashadi. Posangi shunday rostlanganki, qalqovich eng kichik zichlikka ega bo'lgan (o'lchash asbobining pastki chegarasi) suyuqlikda pastga siljiy boshlaydi. Zichlik ko'payishi bilan qalqovich ko'payuvchi, itaruvchi kuch ta'sirida ko'tariladi va tizimdagi muvozanat buziladi.
Pnevmatik o'zgartkich yordamida muvozanat qaytadan tiklanadi. Buning uchun asbobga filtr, reduktor va drossel 7 orqali havo uzluksiz kelib turadi va soplo 6 bilan koromislo 3 uchiga o'rnatilgan to'siq 5 oralig'idan atmosferaga chiqib ketadi. Qalqovich ko'tarilganda, to'siq soplo tomon siljiydi, natijada soplodan siqilgan havoning atmosferaga chiqishi kamayadi va membranali kuchaytirgich 8 da havo bosimi oshadi. Bu yerda, membranadan itaruvchi richag 9ga uzatiladigan kuch oshadi va rolik 4 orqali koromisloning o'ng uchi yuqoriga ko'tariladi, natijada to'siq soplodan uzoqlashadi.
Membranaga ta'sir etgan havo bosimi qalqovichning itaruvchi kuchiga mutanosib bo'lib, suyuqlik zichligining o'lchovi hisoblanadi va ikkilamchi asbob 12 orqali o'lchanadi. O'lchashning pastki chegarasi (50 kG/m3) rostlagich posangisi 11 ni siljitish yo'li bilan rostlanadi. O'lchashning yuqorigi chegarasi qalqovich hamda membrana gabaritlariga yoki ularning koromislo o'qiga nisbatan burilish masofasiga bog'liq. Asbobdan o'tgan havo sarfi o'zgarmas kesimli drossel 7 yordamida amalga oshiriladi.
Batamom cho'kadigan qalqovichli zichlik o'lchagichlarning turli tuzilishlari mavjud. Ular bir-biridan qalqovichining tuzilishi, muvozanatlovchi qurilma, ko'rsatishlarni masofaga uzatuvchi mexanizmning usullari, avtomatik harorat kompensatsiyasi usuli va boshqalar bilan farq qiladi.
Kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida keng tarqalgan zichlik o'lchagichlar bir-birlaridan qalqovichning shakli, ko'rsatishlarni masofaga uzatish usuli bilan farq qiladi. Qalqovichli asboblar 1000... 1400 kg/m3 chegaradagi suyuqlik zichligini ± 2 % aniqlik bilan o'lchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |