II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining maqsad va
vazifalari, asosiy yo’nalishlari, O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi
bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida olib borilayotgan islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida chuqur bilim berish orqali ularda faol fuqarolik pozitsiyasi, tanqidiy tahlil va shaxsiy mas’uliyatini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida
amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun mohiyatini, O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yo’nalishlarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini tushuntirish; fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy asoslari to’g’risidagi tasavvurlarini boyitishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quydagi talablar qo’yiladi. Talaba:
- O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yo’nalishlari, fuqarolik jamiyatining shakllanish asoslari, fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik asoslari, fuqaroviylik, fuqarolik jamiyati institutlari, saylov huquqi erkinligi, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy sheriklik, davlat xususiy sheriklik, jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida tasavvurga ega bo’lish;
- “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun”, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo’lsa, davlat boy va qudratli bo’ladi”, “Xalq boy bo’lsa, davlat boy va qudratli bo’ladi”, “Xalqimiz bizdan ertaga emas, bugun rozi bo’lib yashashlari kerak”, “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalishga” singari kontseptual g’oyalarning mazmun mohiyatini, O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan asosiy yo’nalishlar va vazifalarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida olib borilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish bo’yicha o’zining takliflarini bera olish, mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar va ularning xalqaro miqyosda e’tirof etilishini tahlil qila olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |