Andijon mashinasozlik instituti «gumanitar fanlar» kafedrasi



Download 10,7 Mb.
bet72/260
Sana03.06.2022
Hajmi10,7 Mb.
#633832
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   260
Bog'liq
2 5425048143051886682

Ettinchidan, milliy saylov qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonunning 41-moddasi hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonunning 38-moddasiga muddatidan oldin ovoz berish tartibi, muddati va asoslarini aniqlashtiruvchi qo‘shimchalar kiritildi.
Avval saylov qonunchiligida muddatidan oldin ovoz berish tartibi belgilangan bo‘lsada, unda muddatidan oldin ovoz berish haqida saylovchilarni xabardor qilish, saylovchining nima sababdan ovoz berish kuni saylovda qatnashmasligi asoslarini taqdim etishi, qaysi joyda ovoz berishi, qancha vaqt davomida ovoz berishi, muddatidan oldin ovoz berishni kimlar tashkil etishi bilan bog‘liq masalalar to‘liq ko‘rsatilmagan. SHuningdek, bu vaqtda uchastka saylov komissiyalarning qancha a’zosi hozir bo‘lishi lozimligi etarli darajada aniqlashtirilmagan. Saylov amaliyotidan ma’lumki, ovoz berish kunidan oldin uchastka saylov komissiyasi a’zolarining muayyan tarkibi yig‘ilishi ham murakkab jarayon.
Qonunchilikka muddatidan oldin ovoz berishning aniq tartibini belgilash bilan bog‘liq kiritilgan qo‘shimchalar, saylov jarayonlarida uchastka saylov komissiyalari duch keladigan ko‘plab muammolarning ijobiy hal etilishini, turli shakldagi asossiz e’tirozlarning oldi olinishini ta’minlaydi.
Sakkizinchi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 65-moddasi hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 45-moddasi quyidagi qoida bilan to‘ldirildi: «Ovoz berish kuniga qadar uch kun ichida, shuningdek ovoz berish kuni jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari taxminlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etishga (e’lon qilishga), shu jumladan ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘iga) joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi».
Mazkur qoida saylovchilar huquqlarining yanada ta’sirchan himoya qilinishi, muayyan nomzodga g‘arazli munosabatda bo‘lish, bu borada saylov qonunchiligi buzilishining oldini olish imkonini beradi. Saylov jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishning turli usullari mavjud. Ulardan biri aynan jamoatchilik fikrini o‘rganib, so‘rovlar natijalarini e’lon qilish, saylov natijalari prognozlarini va o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni nashr etish hisoblanadi.
Bu jarayon ba’zan saylov va uning natijalaridan keng jamoatchilikni xabardor qilishga xizmat qilsa-da, ayrim holatlarda undan saylovchilarning fikrini chalg‘itish, ularni mustaqil pozitsiya tanlashlariga imkon bermaslik maqsadida foydalanish hollari ham uchraydi. Natijada o‘ziga xos salbiy oqibatlar: abcenteizm yoki boshqacha ishonchsizlik yuzaga kelishi mumkin. Bunday salbiy holatlarni oldini olish uchun qonunga yuqoridagicha qo‘shimchalar kiritildi.

Download 10,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish