Andijon mashinasozlik instituti «gumanitar fanlar» kafedrasi



Download 10,7 Mb.
bet69/260
Sana03.06.2022
Hajmi10,7 Mb.
#633832
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   260
Bog'liq
2 5425048143051886682

Birinchi. «Saylovoldi tashviqoti» tushunchasini aks ettirgan quyidagi yangi definitiv me’yor saylov qonunchiligida mustahkamlandi: «saylovoldi tashviqoti – saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat».
Ushbu qoidaning qonunchilikka kiritilishi birinchidan, saylovoldi tashviqotining mazmun-mohiyatidan aholini xabardor etsa, ikkinchidan, saylovoldi tashviqotining o‘ziga xosligi, ob’ekti va sub’ekti, amalga oshirish tartibi haqida ham aniq ma’lumot beradi.
Saylovoldi tashviqoti nomzodlar va siyosiy partiyalar uchun o‘z imkoniyatlarini namoyon qilish yo‘lidagi o‘ziga xos muhim siyosiy jarayon hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va saylov qonunchiligining asosiy vazifasi siyosiy kurashning adolatli, xolisona, ochiq va oshkora olib borilishi uchun barcha nomzodlarga teng imkoniyat va kafolatlarni yaratish orqali siyosiy plyuralizm, ya’ni fikrlar erkinligi va xilma-xilligi asosidagi sog‘lom raqobatni ta’minlashdan iboratdir. SHundan kelib chiqqan holda saylovoldi tashviqoti tushunchasining aniq ta’rifini ishlab chiqilishi va uni qonun hujjatlarida mustahkamlanishi mazkur jarayondagi turli bahsli masalalarning oldini olish va tushunmovchiliklarni bartaraf etish hamda saylovlarni demokratik andozalarga mos holda amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribasiga e’tibor qaratsak, Ispaniya, Kanada, Meksika kabi mamlakatlar qonunchiligida saylovoldi tashviqotiga aniq ta’rif berilgan. AQSH38, YAponiya39, Fransiya40, Polsha41, Belorussiya42va Xindiston43 kabi mamlakatlar saylov qonunchiligida ham saylovoldi tashviqotining boshlanishi va yakunlanishi bilan bog‘liq qoidalar mavjud bo‘lsa-da, aynan saylovoldi tashviqotining yagona ta’rifi mavjud emas.
Ikkinchidan, yangi qonunga asosan,saylovoldi tashviqotini amalga oshirish muddatlari o‘zgardi. Avval bu jarayon faqatgina saylov kuni amalga oshirilishi taqiqlangan bo‘lsa, yangi o‘zgartirishlarga muvofiq ovoz berish kuniga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotini amalga oshirish mumkin emasligi qonunda aks ettirildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad saylovchilarga o‘z qarashlarini, siyosiy xayrixohligini aniqlab olish, boshqacha aytganda, ularning kim uchun va qanday siyosiy dastur uchun ovoz berish masalasida ongli ravishda aniq bir qarorga kelishi uchun qo‘shimcha vaqt berilishiga imkon yaratish, hamda ovoz berish arafasida turli suiiste’mollik holatlari va qonun buzilishlarining oldini olish imkonini beradi. Mazkur o‘zgartishning kiritilishi uchastka saylov komissiyalarining saylovlarga tayyor bo‘lishi uchun hamda saylovlarni qonunga mos holda o‘tkazishlari uchun sharoit yaratadi.
Ushbu masalaga oid xorijiy tajribaga e’tibor qaratsak, YAponiya va Belorussiya qonunchiligiga ko‘ra, «saylovoldi tashviqotini amalga oshirish saylov kuni taqiqlanadi»44. Kanadada «saylovoldi tashviqoti ovoz berishga ikki kun qolganda yakunlanadi»45. Hindiston saylov qonunchiligida ham shunga o‘xshash qoidani uchratish mumkin, unga asosan, «saylovoldi tashviqoti ovoz berish kuniga 48 soat vaqt qolganda to‘xtatiladi»46. Rossiya Federatsiyasi va Moldova mamlakatlari qonunchiligiga asosan, «saylovoldi tashviqoti ovoz berish kunidan bir kun oldin va ovoz berish kuni taqiqlanadi»47. Fransiya, Polsha va Ozarbayjon davlatlari qonunchiligida «ovoz berishga bir sutka vaqt qolganda saylovoldi tashviqotini amalga oshirish taqiqlanadi» degan qoidalar mavjud. Umuman rivojlangan mamlakatlar tajribasida keng qo‘llaniladigan ovoz berish kunidan oldingi «sukunat» vaqtini qonunda aniq aks ettirilishi saylovlarning xolis va adolatli o‘tishiga xizmat qiladi.

Download 10,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish