Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet56/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Beshinchi masalada, Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davlati muhim o‘rin egallaydi. Turk xoqonligi xususidagi manbalar yetarli bo‘lsada, lekin ularning ko‘pchiligi bir-biriga

qarama-qarshi bo‘lgan ma‘lumotlar olindi. Birinchi navbatda VII-VIII asrlarda to‘plangan manbalar ancha qimmatlidir. Bu yodgorliklar O‘rxun-Enesey runiy yozuvlari, Xitoyning ―Tan xonadoni tarixi‖ VII- IX asr tarixiy manbasi, VI asr oxirida yashagan Vizantiyalik tarixchilar Menandir, Protektor, suriyalik tarixchi Ionna Efessiylarning tarixiy asarlaridir.



Shuningdek, bu to‘g‘ridagi ma‘lumotlar arab tarixchilari at-Tabariy, Denovariy (IX-X asr) o‘lkamiz fuzalolaridan Abu Rayhon Beruniy, Narshahiy (X asr) va boshqalar asrlarida ham uchraydi. Keyingi vaqtda bu masalaga yanada e‘tibor ko‘chaydi. Arxeolog olimlar, tarixchilar, adabiyotshunoslar, antropologlar bu xususida yangi tadqiqotlar olib bormoqdalar. Turklar, turkiy qabilalar tarixi masalasi Toshkentda o‘tkazilgan III jahon Turkologiya anjumanida ham keng muhokama etildi.

―Alpomish‖, ―Go‘ro‘g‘li‖, ―Manas‖, ―Dada qo‘rqut‖ kabi umumturkiy xalq dostonlari, O‘rta

asrlardagi Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to‘g‘risida turli ma‘lumotlar keltiriladi.



XI asrda yashagan alloma Mahmud Qoshg‘ariyning zamondoshi Yusuf Xos Hojib o‘zining

―Qutadg‘u bilig‖ (Saodatga yo‘llovchi bilim) asarida afsonaviy turk sarkardasi Alp Er To‘nga to‘g‘risida shunday deb yozadi, ―u bilimdon, zakovatli, katta hunar egasi edi, bu fazilatlari uning shon-shuhratini dunyoga taratgan. U turk beklarining sarasi, ovozasi olamni tutgan, hunari talay edi. Uning tengi topilmasdi. Forslar uni Afrosiyob deb atashgan‖.

Tarixda turklarning kelib chiqishi xususida ko‘plab afsona, rivoyatlar ham mavjuddir. Abu Ishoq Nishopuriy jam qilgan (VIII asr) ―Qissai-al anbiyo‖ asarida turklarning kelib chiqishi Nuh payg‘ambarga borib taqaladi.

Xitoy yozma manbalarida Turklar ―xun‖ nomi ostida eramining 92 yilida Oltoyning etaklariga kelib o‘rganishganligi va jujanlardan ruxsat olib ular uchun temir qazib chiqarishni boshlaganlari haqida ma‘lumot berildi. Bu ulug‘ Ashin urug‘i nomi bilan avval boshda atalib kelgan. Xitoylar Ashin qabilasini

―Tu-kyu‖, deb ham yuritgan. P.Pel‘o bu so‘zni ―Turk-yut‖ (ya‘ni turkiylar) deb izohlagan. ―Turk‖ atamasi kuchli, baquvvat degan ma‘noni anglatadi.

Avval bu urug‘ga berilgan turk atamasi keyinchalik ularga yaqin turgan barcha qabila-urug‘larga ham umumiy nom sifatida aytilib ketilgan.



Ashin urug‘idan bo‘lgan Asan (Asyan), va Tuu, (460-545) turkiy qabilalari ittifoqiga asos soladilar. Tuuning o‘g‘li Bumin (bu turkcha nom, xitoycha Tumin) o‘ziga Tele qabilasini buysundiradi. Endilikda ancha mustahkamlangan bu qabilalar ittifoqi o‘zlari qaram bo‘lib turgan jujanlardan xalos bo‘lish yo‘lini qidirishadi. Bumin 551 yili Markaziy Osiyodagi eng kuchli bo‘lgan jujanlar xonini mag‘lub etadi.

O‘sha yili Bumin yangi davlat –Turk xoqonligiga (551-744) asos soladi. Ili daryosi bo‘yida



hukmdor deb e‘lon qilingach ―Ilixon‖ degan unvonni oladi. Turklar hukumdori o‘zini xoqon (turkcha- qag‘an) deb yurita boshlaydi. Oltoydagi O‘tukan shahri yangi Turk xoqonligining poytaxti qilib belgilanadi. Bumin o‘z ukasi Istemiga (Istemi-turkcha, Sedimi-xitoycha, Sinjibu-arabcha, Stembi-xagan yunoncha) birinchi sarkarda, davlatning birinchi amaldori darajasiga to‘g‘ri keluvchi ―Yabg‘u‖ (bahodir) unvonini berib u bilan birgalikda o‘z davlatini kegaytirish payiga boshchilik qilib tez orada SHarqiy Turkistondagi nushibi, turkash, uzli qabilalarini o‘ziga buysundiradi.

Muqanxon hukmronligi davri turk xoqonligini eng qudratli pallaga olib kirdi. 554 yil Muqan xoqon



Sharqqa yurish qilib Uzoq SHarq o‘lkalarini o‘ziga buysundiradi va Tinch okeani qirg‘oqlariga chiqadi. U O‘rxun, Tug‘la, Selenga daryolari bo‘ylaridagi qabilalarni, Yenisey daryosi bo‘ylaridagi qirg‘izlarni, Baykal atroflaridagi uyg‘urlarni o‘ziga bo‘ysundiradi. Muqan xoqon eftalitlar davlatini tugatish uchun 544 yil Eron shohi Xusrav I Anushervonga elchi jo‘natadi.

588 yil turklar Ural va Volga bo‘ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi ko‘chmanchi ovarlar bilan to‘qnashadi. Turklar eftalitlar va ovarlarga qarshi kurashishda Vizantiya va Eron bilan do‘stona aloqani mustahkamlashga harakat qila boshlaydilar. Vizantiyadan foydalangan Eron eftalitlardan Toxariston, CHag‘aniyon, Qobul atrofidagi yerlarni tortib oladi.



563 yildan eftalitlarga qarshi shimoldan turklar Choch vodiysiga bostirib kiradilar. Tez orada ular tomonidan Samarqand, Kesh, Naxshab egallanadi. Eftalitlar Xuttalon, Termiz, Balx, Amul, Zamm shaharlaridan yordam olib Buxoro yaqinida katta jangga tayyorgarlik ko‘rdilar. Sakkiz kunlik shiddatli jangda eftalitlar turklardan yengiladilar.

Turklar tezlik bilan harakat qilib iloji boricha eftalitlarning yerlarini ko‘proq o‘z ko‘llariga olishga harakat qiladilar. Amudaryoning janubiy sohiligacha bo‘lgan yerlar, Eron, uning shimoliy sohillaridan Kaspiygacha bo‘lgan yerlar turklar qo‘liga o‘tadi. Birmuncha vaqt eftalitlarning qolganlari Zarafshon vohasida yashab turklarga soliq to‘lab turadi. Janubdagi yarim mustaqil eftalitlar yerlari sosoniylar

tomonidan bir oz vaqtdan keyin butkul bo‘ysundirilib olinadi. Eftalitlar davlatining mag‘lubiyatidan so‘ng bevosita ittifoqchilar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘la boshlaydi.

Xoqonlikning bevosita g‘arbiy qismini boshqarib turgan Istami va bosh xoqon Muqanxon ham savdo yo‘li va uning ahamiyatini yaxshi tushunib bu masalani tinchlik bilan hal qilishga harakat qila boshlaydilar. Istami Yabg‘u So‘g‘d ixshidiga bu masalani hal etish vazifasini topshiradi. Eronga mashhur So‘g‘d savdogari va diplomati Moniax boshchiligida elchilar guruhi jo‘natilgan. Xusravshoh o‘z atrofidagi amaldorlarning maslahatiga kirib, So‘g‘diylar olib kelgan ipakliklarni sotib olib, so‘ng uni elchilar ko‘z o‘ngida yig‘ib yoqib tashlaydi.

Istemi bu voqeadan so‘ng qatiq ranjisa-da, Xusravshoh huzuriga ikki marotaba o‘z elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi endilikda faqat turklardan iborat bo‘lib, uning natijasida yaqin oradagi siyosat namoyon bo‘lishi kerak edi. Bu safar turk elchilari zaharlab o‘ldiriladi. Ularning faqatgina bir nechasigina xoqon huzuriga yetib keladi. O‘z ishlarini sosoniylar ―Turklar issiq ob-havoni ko‘tarisha olmadilar‖ deb berkitishadi. Istami Xusrav I Anushervon qo‘shinlarini tor-mor qilib Eronning shimoliga bostirib kiradi. Eftalitlar o‘z yerlarining Eronga tushib qolgan qismini yana o‘z qo‘llariga qaytarib oladi. Eron tinchlik sulhiga kelishib 40000 Vizantiya tillasi to‘lash majburiyatini oladi. Undan so‘ng Eron bilan Vizantiya o‘rtasida ham urush boshlanib, ketib, sosoniylar davlati juda nochor ahvolga tushib qoldi.



576 yili Muqan xoqon va Istami yabg‘ularning vafotidan so‘ng Turk xoqonligining ta‘siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Bahrom CHubin CHur-Bag‘a xoqon qo‘mondonligidagi 30000 kishilik turk qo‘shinini tor-mor qiladi. CHur Bag‘a jangda halok bo‘ladi. Bahrom CHubin Buxoro yaqinidagi Poykend shahriga bostirib Xoqon xazinasini esa Eron shohi Xurmuzdga yuboradi.

Muqon xoqon vafotidan (576 yil) so‘ng taxtga uning ukasi Arslon To‘ba o‘tirdi. Arslon To‘ba buddiylikka berilgan bo‘lsa-da, mamlakatni mustahkamlash uchun TSi saltanati bilan shartnoma tuzadi. Bundan tashqari u mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish choralarini ham ko‘rdi. Ammo, 581 yilda Arslon To‘ba vafot etgach Turk xoqonlari o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj olib ketdi. Bu kurashlar natijasida xoqonlik ikki qismga: sharqiy va g‘arbiy qismga bo‘lnib ketdi. SHarqiy xoqonlik Xitoy va Mo‘g‘ulistoni bir qismini o‘z ichiga olib uni Arslon To‘baning kichik o‘g‘li Ishbara boshqara boshlaydi.

Ikkinchi xoqon g‘arbiy yerlarini-Ettisuv, markaziy Osiyoning asosiy qismi, Sharqiy Turkiston, hozirgi Qozog‘iston tasarrufini olgan Istami yabg‘uning o‘g‘li Qora Cho‘rin boshqarar edi. Qora CHo‘rin Istamining vafotidan (576 yil) so‘ng bu lavozimiga o‘tirgan bo‘lib, boshqa xoqon va xonlar ichida eng qobiliyatlisi va tadbirkori edi. Keyingi xonlar-To‘amon va Amroq edi. Ulardan tashqari yana kichik to‘rtta xon bo‘lgan. Bu hokimlar o‘rtasida zimdan adovat kezar, ularning ko‘pi bir-biriga dushmand bo‘lib, qulay vaziyat kelishini kutib turar edilar. O‘zaro kurashlar natijasida mamlakat ichida ham ahvol keskinlashib, iqtisodiy tanazzul boshlanib ketdi.

Shu vaqtda keskin vaziyat paytida turkiy shahzoda Obro‘y boshchiligidagi xalq harakati (585-586 yillar) bo‘lib o‘tdi. Obro‘y harakati to‘g‘risida uzuq-yuluq ma‘lumotlar saqlanib qolgan. Xususan, Abdurahmon Muhammad Nishopuriyning (XI asr) ―Hazinat-al-ulum‖ asaridagi bu masalaga bag‘ishlangan parcha Narshahiyning ―Tarixi Buxoro‖ asariga kiritilgan. Uning yozishicha Obro‘yning qarorgohi Poykandda bo‘lib, u boy zodagonlar va savdogarlar ustidan qattiq nazorat o‘rnatgan. Bunga chiday olmagan zodagonlar Turkiston tomoniga yo‘l olishgan. Obro‘y atrofida esa qashshoq dehqonlar guruhlari yig‘ila borgan.

O‘zaro muttasil urushlar hamda taxt talashishlar mamlakatni parchalanib ketishi va ma‘naviy iqtisodiy inqiroz holatiga olib keldi. Qora Cho‘rin qarib qolgan vaqtida taxminan 600 yillarga kelib o‘zini xoqon deb e‘lon qiladi. Qora Cho‘rin Bug‘u xoqon (qahramon xoqon) degan nomni olgan edi. Xoqonlikdagi og‘ir vaziyatdan foydalangan Xitoy imperatori ichki nazolar keltirib chiqarishga harakat qiladi. 582-603 yillardagi o‘zaro urushlardan so‘ng 603 yil xoqonlik to‘la mustaqil 2 qismga: SHarqiy va G‘arbiy qismlarga aylandi. G‘arbiy xoqonlik ta‘siri ostida Yettisuv, Chu vodiysi, Volga, Kubanning Quyi qismi, Irtish, Ishim daryolari bo‘yidagi yerlar, Markaziy Osiyoning kichik yarim mustaqil davlatlari uning tarkibida bo‘ldi.



Feodal munosabatlar rivojlanayotgan G‘arb xoqonligining ijtimoiy tarkibi ham, siyosiy boshqaruvi ham ancha-muncha murakkab edi. Yarim asrlik hukmdorlik jarayonida turklarning bir qismi o‘troqlashadi, qolganlari yerli chorvadorlar bilan aralashib ketadi. O‘troq hayotning an‘anaviy –ma‘muriy udumlari ta‘sirida boshqaruv tarkiblari asta-sekin o‘zgarib, turklarning ijtimoiy va siyosiy mavqei mustahkamlanib boradi. Turklar siyosiy hayotda faol qatnashib, Markaziy Osiyo siyosatining hamma jabhalarida teng qatnasha boshladilar. Xoqon SHeguy vafotidan keyin (618 yil) hokimiyatga kelgan To‘n yabg‘u (To‘n bahodir) davrida G‘arbiy xoqonlik yana kuchayadi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish