Mavzu: Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi.
Urushning boshlanishi va xarakteri.
O‘zbekiston xalq xo‘jaligini harbiy izga o‘tkazilishi.
O‘zbek xalqining urush yillarida ko‘rsatgan fidokorona mehnati.
O‘zbekistonliklarning frontda ko‘rsatgan jasoratlari.
Urush yillarida fan va madaniyat.
Birinchi rejada quyidagilar yoritiladi. Insoniyat juda ko‘plab urushlarni boshidan kechirgan bo‘lib, bular ichida eng dahshatlisi, 50 milliondan ortiq kishining yostig‘ini quritgan, XX asr fojiasi bo‘lmish ikkinchi jahon urushidir. Olti yil (1939 yil sentyabr - 1945 yil sentyabr) davom etgan bu urush yer sharining 80% aholisi joylashgan hududni, 61 ta mamlakatni o‘z ichiga qamrab oldi.
Ikkinchi jahon urushi butun insoniyat, shu, jumladan, o‘zbek xalqi boshiga og‘ir sinovlar olib
kelgani, fashizmga qarshi urushda qozonilgan buyuk g‘alabaga el-yurtimiz munosib hissa qo‘shgani va boshqa ko‘plab dolzarb masalalar bo‘yicha o‘ta muhim xulosalarni ilgari suradi. Bugun urush tugaganiga
70 yil bo‘lishiga qaramasdan, dunyodagi ayrim kuchlar hali beri tarixda zarur xulosalar va saboqlar chiqara olmaganligi ma‘lum bo‘lmoqda. Risolada tinchlik va osoyishta hayot, barqarorlik o‘zidan o‘zi bo‘lmasligi, buning uchun barchamiz tinchlikni saqlash, asrash uchun fidoyilik ko‘rsatishimiz kerakligi ta‘kidlangan. Islom Karimov ―urushdan oldin O‘zbekistonda aholi 6,5 mln bo‘lsa, shundan 1,5 mlni janglarda ishtirok etgan. 500 mingga yaqin yurtdoshlarimiz urushda xalok bo‘lgan, qanchasi bedarak
yo‘qolganini xisobini oladigan bo‘lsak xalqimiz fashizi balosiga qarshi kurashda qanday katta hissa qo‘shganini tasavvur qilish qiyin emas‖. 1941 yil 26 iyundan boshlab ishchi va xizmatchilar uchun ish vaqtidan tashqari majburiy 11 soatlik qo‘shimcha ishlar joriy qilindi.Amalda esa 12, 14 soatga cho‘zildi. O‘zboshimchalik bilan ishdan ketib qolganlarga 5, 8 yilgacha qamoq jazosi belgilandi. Urush yillarida sanoatning barcha sohalariga tegishli bo‘lgan 280 ta yangi sanoat korxonasi qurildi. Deyarli 1 mlnga yaqin kishi 200 ming yetim bola O‘zbekistonda boshpana topdi. 1941 yilning oxirida O‘zbekistondagi zavod va fabrika front uchun ishlay boshladi. Mamlakat g‘arbidan 100 ga yaqin sanoat korxonalari ko‘chirib keltirilib tezlik bilan ishlatildi.
Ikkinchi jahon urushini butunjahon kommunistik imperiyasini tuzishga qaratilgan sovet davlati hamda Germaniya va Yaponiya kabi agressiv kuchlarning dunyoga hukmron bo‘lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushning asosiy aybdorlari ja honga hukmronlik qilish da‘vosi bilan maydonga chiqqan Adolьf Gitler va Iosif Stalin yurgizgan agressiv siyosat bo‘ldi. Bu esa, ikkinchi jahon urushining boshlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. 1939 yil 23 avgustda Germaniya bilan 10 yil muddatga o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnomasi ularning javobgarliklarini tashkil qiladi. Sovet-german bitimining maxfiy qo‘shimcha bayonnomasiga ko‘ra, Germaniya bilan SSSR ta‘sir ko‘rsatish doiralarini bo‘lib olishgan edi. Eng so‘nggi tarixiy tadqiqotlar ―avgust bitimi‖ mamlakat havfsizligini mustahkamlab, sovet-german urushining emas, balki ikkinchi jahon urushini va unga SSSRning tortilishini tezlashtirgan hujjat bo‘lganligini ko‘rsatadi. CHunki, Germaniya va sovet davlatining strategik maqsadlarini aks ettirgan bu shartnomaga muvofiq Germaniya bilan SSSR Polьshaga bir vaqtda qo‘shin kiritishlari lozim bo‘lgan. SHunga ko‘ra 1939 yil 1 sentyabrda fashistlar Germaniyasi Polьshaga bostirib kirdi. 3 sentyabrda esa Angliya va Frantsiya Germaniyaga urush e‘lon qildilar va ikkinchi jahon urushi boshlandi. Gitler jahon jamoatchiligi ko‘z o‘ngida halokatli urush yong‘inining asosiy aybdori bo‘lib namoyon bo‘ldi. Stalin esa aynan shuni kutgan edi. U sovet qo‘shinlarini 17 sentyabrdagina Polьsha hududlariga kirita boshladi va SHarqiy Yevropaning xaloskori sifatida g‘arbiy Belorusiya yerlarini bosib olib, keyinroq rasmiy ravishda SSSRga qo‘shib oldi. 1941 yil 22 iyunь yakshanba kuni tongotarida avgust shartnomasini buzib, fashistlar Germaniyasi SSSRga hujumboshladi. Germaniya bilan uning ittifoqchilari Italiya, Finlandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya ham Sovet Ittifoqiga qarshi urushga kirdilar.
Urushning dastlabki kunlaridanoq butun mamlakatda bo‘lganidek O‘zbekistonda ham partiya tashkilotlari tomonidan mitinglar va yig‘ilishlar tashkil qilindi. 1941 yil 22 iyundayoq Toshkent to‘qimachilik kombinatining ishchilari ana shu daqiqadan boshlab o‘zlarini Vatan himoyasiga safarbar qilingan, deb hisoblashlarini bildirdilar. 23-24 iyunda Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Fa‘g‘ona, Nukus va boshqa shaharlardagi yig‘ilishlarda Vatan himoyasi uchun har qanday vazifani bajarishga shay ekanliklarini bildirgan o‘zbekistonliklar harbiy komissarliklarga frontga ko‘ngilli sifatida jo‘natishlarini so‘rab arizalar bera boshladilar. Arxiv hujjatlarining dalolat berishicha, urushning dastlabki kunlarida respublikaning shahar va tuman harbiy komissarliklariga 14 mingdan ortiq ariza tushgan. Bu o‘zbekistonliklarning o‘z vatanparvarlik burchlarini, har bir urush insoniyat boshiga kelgan ofat ekanligini yuksak darajada anglab, urush olovini yoquvchilarga qattiq nafrat bilan qarshiliklarini ko‘rsatadi. Xalq Komissarlari Kengashi nomidan joylarga ko‘rsatmalar jo‘natib, unda urush ahvolni keskin o‘zgartirib yuborganligi, Vatan jiddiy xavf ostida qolganligi, barcha ishlarni harbiy izga solish uchun tez va qat‘iy ravishda qayta qurishni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatilib, ―Hamma narsa front uchun, hamma narsa g‘alaba uchun!‖ chaqirig‘i talab darajasiga ko‘tarilgan edi. Urushning dastlabki kunlaridanoq sovet xalqi- o‘zbekistonliklar ham bosqinchilar ustidan g‘alabaga erishishga butun kuchlarini baxshida etdilar. Mustabid tuzum zulmi ostida ezilayotgan xalqlar qandaydir g‘oyalarni emas, balki ona-yurt, Vatanlarini himoya qildilar. O‘zining vatanparvarlik burchini yuksak darajada xis qilgan o‘zbek xalqi fashizmdan faqat SSSRni emas, eng avvalo, O‘zbekistonni himoya qilishni, uni yana bir bosqinchidan saqlab qolishni maqsad qilibqo‘ygan edi. CHunki, xalqimiz sotsializmniqobi ostida qilingan bosqinchilik, siyosiy qatag‘onlar zahmini hali unutmagan bir davrda gitlerchi bosqinchilarning bosib olingan hududlarda qilgan ashaddiy jinoyatlari, ular o‘rnatayotgan tartib to‘g‘risidagi xabarlarni eshitib, fashizmning mustabid tuzumdan ham dahshatliroq, insoniyat boshiga kelgan ofat ekanligini anglab yetgan edi, ya‘ni xalq o‘zini dushmanni to‘xtashishga va uloqtirib tashlashga qodir bo‘lgan birdan bir kuch deb his qildi. Prezident haqli ravishda bunday, deb ta‘kidlagan edi: ―Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g‘oyaostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo‘lmasin, o‘z Vatani, el-yurtining yo‘yg‘ kelajagi, beg‘ubor osmoni uchun jang maydonlarida xalok bo‘lganlarni, o‘z umrlarini bevaqt hazon qilgan insonlarni doimo
yodda saqlaymiz. Bu achchiq lekin, oliy xaqiqatni unutishga xech kimning haqqi yo‘qva bunga yo‘l ham bermaymiz!‖ CHunki, O‘zbekistonliklarning jang maydonlaridagi jasorati, front orqasidagi fidokorona mehnati mustabid davlat mashinasining tazyiqi, erksiz harakat tarzida emas, balki ongli, asl vatanparvarlikning manbai bo‘lgan Vatanga muxabbat tuyg‘usining yuksak darajadagi ko‘rinishi bo‘ldi.
Urushning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekistonning barcha moddiy va ma‘naviy kuchlari, resurslari front uchun safarbar qilina boshlandi. Umumiy harbiy safarbarlik e‘lon kilindi.O‘zbekiston hukumati milliy harbiy qo‘shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdi. 1941 yil 13 noyabrdan 1942 yil martigacha 14 ta milliy harbiy qo‘shilma, jumladan, 9 ta o‘qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi to‘zilib frontga jo‘natildi. Umuman, urushboshlarida 6,5 million kishidan iborat bo‘lgan O‘zbekiston aholisining 1.433.230 tasi urushga safarbar etilgan. Ularning ko‘pchiligi mardlik namunalarini ko‘rsatib, jangovar orden va medallar bilan takdirlandi. CHunki ota-onalar, O‘zbekiston xalqi o‘z o‘g‘lonlarini frontga jo‘natar ekanlar, ularga bosqinchilarga qarshi sharaf bilan kurashish, o‘tmishda bosqinchilarga qarshi kurashlarda g‘olib chiqqan qaxramonlarning jangovar jasoratlaridan namuna olishni, mard, botir askar bo‘lib, dushmanlar ustidan g‘alabaqozonishlarini tilab qolgandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |