Uchinchi rejada quyidagilar yoritiladi. Paxtachilikni rivojlantirish uchun mineral o‘g‘itlardan foydalanishga katta e‘tibor qaratildi. Respublikada 1951 yilda 0,9 mln t. mineral o‘g‘it ishlatilgan bo‘lsa, 1980 yilda uning miqdori 5 mln. tonnadan oshib ketdi. G‘o‘za barglarini to‘kish va zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatilgan o‘ta zaharli ximikatlar (butifos, merkaptafos va b.)dan haddan tashqari keng miqyosda foydalanish, aholi sog‘ligiga keskin yomon ta‘sir qildi. Dunyo bo‘yicha pestitsidlar har bir kishiga 300 gr.dan, AQSH da 800 gr.dan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, respublikaning paxta ekiladigan hududlarida har bir kishiga 1989 yil 25-45 kg.dan to‘g‘ri keladi. Respublika bo‘yicha bo‘lsa, bu har bir kishiga 7-8 kg.ni tashkil etdi.
Paxta xom-ashyosi yetishtirish 1946-1985 yillarda 5,5 barovar ko‘paydi, paxta ekiladigan maydonlar 1 mln. ga. dan ortdi. 1966-1986 yillar maboynida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 45 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shundan 17,1 mld so‘mi sug‘orish tarmoqlariga sarflandi. Shu davrda 1,5 mln. ga yer o‘zlashtirildi. O‘zlashtirilgan yerlarda yangi 160 ta sovxozlar tashkil etilgan bo‘lib, 20 yil davomida bu yerlarda 10,4 mln tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi.
Qishloq xo‘jaligining ekstensiv yo‘ldan rivojlantirilishi, totalitar rejimning sug‘orish texnologiyasiga qo‘pol aralashuvi og‘ir ekologik va boshqa turli noxush ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
1985 yilga keliboq respublikada 900 ta sug‘orish tarmog‘i 92 ming gidrotexnik qurilmalar, 10 mlrd m3 hajmda suv to‘playdigan 23 ta suv omborlari mavjud edi. 70-80 yillarda suvning tabiiy muvozanatini buzilishi yer, suv, hattoki xavoning zaharlanishiga olib keldi.
Mavjud suv zahirasi imkoniyatlaridan ortiq yerlarning o‘zlashtirilishi, tog‘ yon bag‘irlariga ekin ekilishi, o‘rmonlarni shafqatsizlik bilan kesilishi, daryo va ko‘l suvlarining ifloslanishi hayvonot olamida halokatli o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Orol dengizi yaqin o‘tmishda dunyodagi eng katta ko‘llardan hisoblanib, baliqchilik, ovchilik, transport sohasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi. Biroq bir avlod umri davomida bir dengiz quridi. Bir mustabid tuzum rahbariyatining respublikadagi paxta yakka hokimligi siyosati, ma‘muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot Orol atrofida favqulodda halokatli ekologik xatarni keltirib chiqardi.
Orol dengizining qurishi 1960-70 yillarda yiliga-18 sm, 1971-1980 yillarda-53 sm, 1981-1985 yillarda-78 sm, 1985 yilga kelib esa-87 sm.ga yetdi. 1961 yildan 1991 yilgacha dengiz haji 3 baravar qisqardi, dengiz o‘z qirg‘og‘ida 75-80, ba‘zi joylarda 100 kmga chekindi. 1980 yillarning boshida Orol dengiziga suv kelishi deyarli butunlay to‘xtab, nodir suv makoni quriy boshladi. Bu yerlarda 2 mln. ga tuz va qumdan iborat maydon ochilib qoldi.
Sanoat va qishloq xo‘jaligida yuzaki islohotlar xalqning turmush ahvolida deyarlik o‘zgarish yasamadi. Ayniqsa, sobiq ittifoqdagina emas, balki mehnat sharoiti eng og‘ir bo‘lgan o‘zbek paxtakorlarining turmush darajasi ayniqsa achinarli ahvolda bo‘ldi.
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari ―sotsializm uzil-kesil g‘alaba qilgan‖ davrda aholining jon boshiga hisoblaganda quyidagicha edi: go‘sht 29 kg, sut 150 litr, tuxum 78 dona, qand-shakar 21,2 kg, kartoshka 28, sabzavot va poliz mahsulotlari 66 kilogramdan to‘g‘ri keldi. Bu miqdor umumittifoq darajasidan ancha past edi. Qishloq aholisining iste‘mol darajasi bu o‘rta hisobdan ko‘ra yana ham achinarli edi.
Paxta yakkahokimligining kuchayishi qishloq xo‘jaligini boshqa sohalarini qoloqlikka olib keldi, g‘alla, chorvachilik mahsulotlari, sabzavot-mevaga aholining talabi qondirilmadi. Buning ustiga tomorqaga nisbatan noto‘g‘ri siyosat olib borildi. 50-yillarning boshlarida respublika rahbarlarining tashabbusi bilan sug‘oriladigan yerlarda tomorqa hajmi 25 sotixdan 13 sotixga tushirildi. Bu ko‘rsatkich joylardagi rahbarlarning o‘zboshimchaligi bilan 10 sotixgacha, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida esa, hatto 6-8 sotixgacha kamayib ketdi. Bu holat respublika qishloq aholisining turmush darajasini juda og‘ir qilib qo‘ydi.
1Toshmurodov T. Kadrlarni tayyorlash va ulardan samarali foydalanish. – Toshkent: O‘zbekiston, 1985. – B. 24.
O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi o‘rinni egallaydi. 1950-1980 yillarda yerning meliorativ holatini yaxshilash, yangi yerlarni o‘zlashtirish, sug‘orish inshootlarini qurish ishlari avj oldirildi. Bu ishlar Respublika qishloq xo‘jaligida paxta monokulьtura sifatida rivojlantirildi. Respublikada 30 tsentnerchilik harakatida minglab paxtakorlar qatnashdilar. Bu harakatda Zamira Mutalova, Mehriniso Ubaydullaeva kabilar mehnatda katta jasorat ko‘rsatdilar. Paxtachilik 1947 yilda 1940 y darajasiga yetib, 1950 yilda davlatga 2.116 ming tonna paxta sotildi. Hosildorlik gektaridan 14.7 tsentnerdan (1940 y) 21.1 tsentnerga (1950 y) yetdi. SHu bilan birga paxta yakka hokimligi, paxtachilik mexenizatsiyalashtirish va ximiyalashtirish harakati ko‘chaydi. 1948 yilda paxta terish mashinalari ishlab chiqarilgach, g‘o‘za bargini to‘kishda butifos va merkaptopos qo‘llanila boshladi.
CHorvachilik sohasida bajarib bo‘lmaydigan noaniq rejalar qabul qilingan ediki, natijada bu vazifalar bajarilmadi. Ipakchilik sohasida esa 1940 yildagi 685.4 tonna o‘rniga 1950 yilda tonna pilla davlatga sotilib, katta yutuqqa erishildi.
1954 yilning fevralida sobiq hukmron firqa markazkomining va Sobiq ittifoq hukumati
―O‘zbekiston SSRda 1954-1958 yillarda paxtachilikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida‖ qaror qabul qilinib, unda suv xo‘jaligini yaxshilash, paxta yetishtirishni mexanizatsiyalashtirish, kadrlar tayyorlashga katta e‘tibor berildi. 1958 yilda MTSlar qayta qurilib, ko‘plab mashina va traktorlar kolxozlarga sotildi. 1953-1955 yillarda 130 ming gektar yangi yerlar o‘zlashtirildi. Traktorlarning soni qishloq xo‘jaligida 33.5 mingdan (1951 yil) 46.8 mingtaga (1955 y) yetib, 40 foizga ko‘paydi. MTSlardagi paxta terish mashinalarining soni 3.3 mingdan 15.1 mingga yetdi. 1950 yilda 1,1 mln gektar yerga g‘o‘za ekilgan bo‘lsa, 1985 yilda qariyib 2 mln. gektar yerga g‘o‘za ekildi. Paxta xom ashyosi shu yillarda 2,3 mln tonnadan, 5,4 mln tonnaga yetdi. 1985 yilda respublika paxta maydonlari barcha ekin maydonlarining uchdan ikki qismini egallardi. 1963 yilga kelib, O‘zbekistonda 1400 kolxoz va 182 savxoz faoliyat ko‘rsatayotgan edi. Qarshi, SHerobod, Amu Buxoro magistral kanallari qurilib ishga tushirildi. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida ham ma‘lum ishlar qilindi. 1964 yilda kolxoz va sovxozlarga 64 ming traktor 16.4 ming paxta terish mashinalari, 59.6 ming kultivatorlar sotildi. Yetti yillikda mexanizator kadrlarga e‘tibor ko‘rsatilib 96 ming traktorchi tayyorlandi. SHu yillarda Tursunoy Oxunova, Javod Qo‘chiev, M.Umrzoqov kabi mexanizatorlarning nomi mashhur edi.
Rahbariyat tomonidan 1956 yilda qabul qilingan O‘zbekistonda 300 ming gektar qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish to‘g‘risidagi qarori paxta yetishtirishni keskin ko‘paytirishni nazarda tutdi. Natijada Mirzacho‘l, Qarshi, Jizzax, Surxon-SHerobod vohasi, Markaziy Farg‘ona hamda Amudaryoning quyi havzasidagi cho‘llarni o‘zlashtirish ishlari avj oldirildi va to‘qqizinchi besh yillikning o‘zida 510 ming gektar yangi yerlar foydalanishga topshirildi1. Mirzacho‘lda qariyb 300 ming gektarga yaqin yer o‘zlashtirilib, 60 mingga yaqin yangi aholi xo‘jaliklari, sovxozlari bunyod etilgan. Jizzax cho‘lida 50 ming gektarga yaqin yer o‘zlashtirilib, yangi paxtachilik kolxoz va sovxozlari tashkil etildi2. Yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ularning xo‘jalik binoalari, aholi yashaydigan posyolkalar bunyod etish bilan birga olib borildi. 1956-1965 yillarda Mirzacho‘lda 84 ming gektarer o‘zlashtirildi. 16 ta paxtachilikga ixtisoslashgan, 1ta bog‘dorchilik sovxozlari tashkil etildi.1957 yil Yangier, 1961 yilda Guliston shaharlari vujudga keldi. 1953-1963 yillarda Markaziy Farg‘ona cho‘llarida 72,4 ming gektar yer o‘zlashtirildi, 16 ta yangi kolxoz,2 ta sovxoz vujudga keldi. Jizzax cho‘lida 670 ming gektardan ko‘proq yangi yerlar o‘zlashtirildi. O‘zlashtirilgan yerlarda Mirzacho‘l (1967), Do‘stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. SHunday qilib O‘zbekiston hududida 1946- 1965 yillar qariyb 600 ming gektar yangi sug‘oriladigan yerlar ishga tushirilgan bo‘lsa, 1966-1985 yillarda 1,6 mln. Gektar yangi yerlar o‘zlashtirilib foydalanishga topshirildi. Ammo o‘zlashtirilgan yerlarga yangi ko‘chirilgan asosiy aholi mahalliy millat vakillari bo‘lib, aholi xo‘jaliklarini joylashtirish, ularni uy-joy bilan ta‘minlash ishlari qoniqarsiz ahvolda bo‘ldi. Respublikaning yangi o‘zlash-tirilgan bir qancha tumanlariga ko‘chirib keltirilgan xo‘jaliklarga nisbatan ijtimoiy yordam qog‘ozlarda bitilgan chora-tadbirlarni qamrab ololmasdi. Oqibatda bir qator viloyatlar aholisining yashash sharoiti umuman zamon talabiga javob bermagan va iqtisodiy jihatdan orqada qolishiga sabab bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |