Beshinchi rejada quyidagilarni yoritishga talabalar e‘tiborini jalb etish lozim. O‘zbekiston KP MQning 1984 yil 23 iyun XVI plenumidan keyingi yillarda sodir bo‘lgan voqealar ishlab chiqarish samaradorligini pasayishi, qishloq xo‘jaligida vujudga kelgan og‘ir vaziyat, mamlakat hayotidagi inqirozli ko‘rinishlariga alohida e‘tibor qaratilib, asosan buning sababchilari mahalliy kadrlar deb topilib, O‘zbekistonda boshlangan ―tozalash‖ ishi mutlaqo xalqqa qarshi qaratilgan tusda avj oldirildi. Plenumda yuqori pog‘onadagi sobiq rahbarlarining xato va kamchiliklariga urg‘u berib, ularni shunchaki tanqid qilish bilan cheklandi. Haqiqiy tanqid va ta‘qiblar mahalliy rahbar kadrlar boshiga tushdi. Oqibatda bu davrda O‘zbekistonda rahbar xodimlarga qarshi boshlangan dastlabki ta‘qib O‘zbekiston KPMQning sobiq birinchi kotibi SH.R.Rashidovga qaratilib, uning faoliyati davomida qilingan yuksak ishlar, islohotlar ham qo‘shib qoralandi. ―SHarof Rashidovchilik‖ degan va O‘zbekistondagi korruptsiyaning ramziga aylantirilgan siyosiy yorliq to‘qib chiqarildi1. SH.Rashidovdan keyin rahbarlik qilgan I.Usmonxo‘jaev davrida asosan markaz ko‘rsatmalari bajarildi. SH.Rashidovning davrini, uning atrofida turgan mahalliy rahbar kadrlarni, respublika sha‘ni va mavqeini qoralash KPSS MQda puxta ishlab chiqildi. Respublika uchun markazdan uyushtirilgan ―paxta ishi‖ ―o‘zbeklar ishi‖ uydirmalari go‘yoki
―poraxo‘rlar‖ga qarshi qaratilgan bo‘lib, qonunsizlik va ommaviy qatag‘onlarning avjga chiqishiga sabab bo‘ldi va minglab aybsiz mahalliy aholini og‘ir tazyiqlarga duchor etdi, jumladan, ko‘plab rahbar va qishloq xo‘jalik xodimlarining hayotini girdobga aylantirdi.
1984 yildan boshlab, sobiq Kompartiya rahbarlarining taklifiga binoan O‘zbekistonda mamlakatning turli mintaqalaridan ―desantchilar‖ ya‘ni KPSS amaldorlari kela boshladilar. Yangi desantchilar O‘zbekistonda tartib o‘rnatish uchun emas, balki ular ittifoqning respublikadagi tayanchi bo‘lish va mamlakatda ―sovetlarcha‖ usulda tartib o‘rnatishlari lozim edi. Markazdan yuborilgan xodimlar O‘zbekistondagi partiya va hokimiyat tizimlaridagi asosiy o‘rinlarni egallab olib, qirg‘in boshladilar. Respublikadagi vaziyatni o‘rganib, yo‘q xato va kamchiliklarni bor qildilar. Ularning siyosiy o‘yinlari natijasida O‘zbekiston tarixda ko‘rilmagan ayovsiz tajribalar maydoniga aylantirildi. Mahalliy rahbarlarni badnom etish, ta‘qib ostiga olish, ularni Rossiya, Ukraina, Belorussiyalardan kelgan sodiq kishilar bilan almashtirish bilan shug‘ullandilar. O‘zbekiston KPMQ, Ministrlar Soveti, Oliy Sovet, Respublika prokuraturasi, Ichki Ishlar Vazirligi shunday ―desantchi‖ kadrlar qo‘l ostiga o‘tdi. 1984 yilda 5 ta, 1985 yilda 33 ta, 1986 yilda 86 ta, 1987 yilda 27 ta, 1988 yilda 2 ta, 1989 yilda 3 ta xodim O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirligiga yuborildi2.
Bundan tashqari, 1984-1989 yillar ichida turli bahona va sabablar bilan 10 mingdan ortiq kishi ishdan olib tashlandi. Kadrlarni almashtirish siyosati tez amalga oshdiki, hatto, bir idoraga bir yilda 3 ta yangi rahbar kelardi. Sun‘iy ravishda o‘ylab topilgan ―paxta ishi‖ mahalliy kadrlar salohiyatiga juda og‘ir zarba berdi. Natijada jamoa xo‘jaligi raislari va sovet xo‘jaligi rahbarlarining 60%i lavozimlaridan olib tashlandi, qishloq xo‘jalik mutaxassislarining taxminan 45%i, paxtachilik brigada boshliqlarining har
1O‘zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. – Toshkent: SHarq, 2000. – B. 546.
2Azizxo‘jaev A. CHin o‘zbek ishi. – Toshkent: Akademiya, 2003. – B. 47.
uchinchisi vazifalaridan bo‘shatildi1. Bu ishlar kadr tanlashdagi yangi yo‘l emas, balki, ularni tahqirlash, obro‘sizlantirish, yerli milliy kadrlar g‘ururini paymol qilish siyosati edi2. Jarayon go‘yoki
―poraxo‘rlarga‖ qarshi qaratilgan bo‘ldi. Faqatgina 1983 yildan 1989 yilgacha bo‘lgan vaqtda O‘zbekistondagi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘shib yozish, poraxo‘rlik, o‘g‘riliklar haqidagi 800 dan ortiq jinoiy ishlar tekshirilib, 5000 dan oshiq kishi jazoga hukm qilinganligi, ulardan 600 nafari rahbar xodimlar, o‘n nafari mehnat qahramonlari edi3. O‘zbekistonda bu yillarda butun jazoga tortilgan begunoh mas‘ul va xo‘jalik xodimlari 25 ming kishiga yetdi4. Gdlyan-Ivanov rahbarligidagi jazo otryadining ortida turgan kuchlar uzoq vaqt pinxoniy siyosat olib bordi. Ligachev, Razumovskiy, Mogilьnichenko, Bessarobov, Smirnov, Ponomerov kabi sovet ma‘murlari bu ishlarning boshida bo‘lishdi5. Bu guruhning ―ishi‖ boshidanoq qonunchilikka umuman zid holda, tergov qilinuvchilar va ularning yaqinlariga nisbatan ochiqdan-ochiq zo‘ravonlik qilish bilan ajralib turdi. Bemorlar, ko‘p bolali onalar, qariyalar ham ayab o‘tirilmadi. Mahalliy rahbar kadrlarning ―vaqtincha‖ qamoqda saqlanishlari yillab davom etdi. Nohaq qamoqga olinganlarning ba‘zilari og‘ir tahqirlashlarga bardosh berolmay, o‘z jonlariga qasd qildilar. Kadrlarni obro‘sizlantirish, ularning oila-a‘zolari, qarindosh-urug‘lari, tanish- bilishlarini ham ayovsiz jazolash siyosati O‘zbekistonda keng tus oldi. Necha minglab kishilar tazyiq, quvg‘in va qatag‘onga duchor qilindi, qanchadan-qancha odamlar tergov izolyatorlarida saqlab turildi. Ataylab o‘ylab topilgan ko‘pdan-ko‘p, jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Ba‘zi tergovlar dalillarni soxtalashtirib, begunohlarga nisbatan faqat ayblash yo‘lini tutdilar. Jismoniy zo‘ravonliklar, ruhiy ta‘sir etish, majburlab bo‘yinga qo‘yish va e‘tirof etishlar ommaviy tus ola boshladi. SHu tariqa O‘zbekistonga kelganlar adolatni qaror toptirishga emas, aksincha ko‘proq begunoh mahalliy kadrlarni qamatish natijasida yillik hisobotlarini boyitishga zo‘r berdilar6.
Hamma respublikalardan farqli o‘laroq O‘zbekistonda boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun respublika kadrlarining ―ta‘zirini berib qo‘yish‖ga qaratilgan harakat yuqori bo‘lgan. Ya‘ni tizimga sig‘magan va hukmron tuzumni yoqtirmagan aholi guruhlari antigumanistik choralar bilan yo‘q qilish kabi siyosat qurboniga aylandilar7. Sovet tuzumining O‘zbekistonda XX asrning 1916, 1930, 1950, 1980 yillarida qatag‘on siyosatini avj oldirganining asosiy sababi har avloddan chiqayotgan milliy g‘ururli, malakali mahalliy kadrlar yo‘q qilinishi, sovet siyosatiga zid bo‘lgan ta‘sirlardan ―tozalanishi‖ kerak edi. SHuning uchun ham aynan yuqoridagi yillarda ming-minglab mustaqil, erkin fikrga ega bo‘lgan, xalqni istiqlolga chorlovchi vatanparvar milliy kadrlar sovet siyosatining qurboniga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng ―paxta ishi‖ qayta ko‘rib chiqildi va minglab begunoh kishilar oqlandilar. O‘z navbatida O‘zbekistonning mohir, taniqli davlat va jamoat arbobi SH.Rashidovning pok nomi tiklandi. SHuningdek, mehnatkash o‘zbek xalqining yuzi yoruq ekanligi asoslandi.O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan 2000 yil 12 mayda Toshkent shahrida Yunusobod mavzesida mustabid sovet rejimi davrida qatag‘on qilingan shahidlar xotirasiga baqishlab o‘rnatilgan yodgorlik majmuining ochilishi bugungi minnatdor avlodning ajdodlarimiz oldidagi chuqur ehtiromi ramzidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |