Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan


Ikkinchi rejada talabalarni quyidagilarga jalb etish lozim



Download 5,34 Mb.
bet75/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Ikkinchi rejada talabalarni quyidagilarga jalb etish lozim. 1219 yil sentyabrida mo‘g‘ullar

o‘zlarining birinchi zarbasini Xorazm davlatining chegara shahri bo‘lgan O‘trorga qaratdi. Shahar hokimi Inolchiqxon bo‘lib, CHingizxonning u bilan alohida hisob-kitobi bor edi. Shaharni Inolchiq boshliq 50 ming kishilik garnizon va Hoji Qoraja boshliq 10 ming kishilik qo‘shin himoya qilishi lozim edi. Shaharning yaxshi mustahkamlanganligi va uzoq mudofaaga tayyorlanganligini sezgan Chingizxon qo‘shinning bir qismini o‘z o‘g‘illari CHig‘atoy va O‘qtoy boshchiligida O‘tror qamaliga qoldirdi. Qolgan qo‘shinni uch qismga bo‘lib, bir qismini katta o‘g‘li Jo‘ji boshchiligida O‘trordan Shimolda joylashgan Jand va Barchinlikend qal‘alarini egallashga, ikkinchi qismini Uloq No‘yon boshchiligida Binokat va Xo‘jand shaharlarini egallashga jo‘natdi. O‘g‘li To‘lixon va mashhur sarkardalari Jebe No‘yon, Subutoy Bahodir boshchiligidagi qo‘shinlar bilan o‘zi Movarounnahr hamda Buxoro tomon yo‘l oldi.

Chingizxonning Turonzaminga, xususan Xorazmshohlar davlatiga qarshi harbiy harakatlar qat‘iy tus olgan edi. Bu hujum arafasida Oloviddin ko‘zga ko‘ringan davlat arboblari, boobro‘ amirlar, yirik sarkardalar ishtirokida harbiy kengash o‘tkazdi. Kun tartibiga bitta masala, ya‘ni, yaqinlashib kelayotgan xavfli, nihoyatda makkor dushmanga qarshi qanday chora ko‘rish masalasi qo‘yildi. Turli fikr- mulohazalar tinglandi. Shuni aytish kerakki, ushbu kengashda qabul qilingan qaror va choralar Xorazmshohlar imperiyasi taqdirini hal etdi. Harbiy kengashda yagona to‘g‘ri taklifni (ko‘pchilik nomidan) Shahobiddin al-Xivaqiy kiritdi. U 400 ming kishilik Xorazm qo‘shinini Sirdaryoning narigi tomoniga to‘plash, uzoq yo‘ldan charchab kelgan mo‘g‘ul qo‘shiniga dam olgani qo‘ymay, hujum qilib tor-mor etishni taklif qildi. Kengash ishtirokchisi shahzoda Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul qo‘shinini Movarounnahrga kirib kelishiga yo‘l qo‘yish, keyinchalik mahalliy sharoitni yaxshi bilganlikdan foydalanib, unga to‘rt tomondan hujum qilib tor-mor etish taklifini o‘rtaga tashladi.

Ba‘zilar esa ko‘p sonli Xorazm qo‘shinini qal‘alarga bo‘lib tashlash va har bir qal‘aning mudofaasini tashkil etishni o‘sha qal‘a himoyachilariga topshirish taklifini kiritdilar. Bu taklif Xorazm davlati uchun kuchli makkor dushman bilan yakkama yakka kurashishda halokatli taklif edi. Ming afsuski, Xorazmshoh Oloviddin Muhammadga ushbu taklif ma‘qul keladi. Tarixchi Nasaviyning yozishicha, Xorazmshoh o‘zining ko‘p sonli qudratli qo‘shinini qal‘alarga bo‘lib yuborib, tuzatib bo‘lmaydigan katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Hatto Ovrupolik olimlar tarixchilar ham o‘z asarlarida Xorazmshoh Muhammadni Chingizxonga qarshi kurashda noto‘g‘ri taktika qo‘llab o‘z mamlakatini halokatga olib borganlikda ayblaydilar. Muhammadning qabul qilgan qat‘iy qarori bilan amalga oshirilgan himoya natijasida mo‘g‘ullar bo‘linib-bo‘linib ketgan harbiy qismlarni osongina birin ketin tor- mor qilib qisqa fursatlarda Movarounnahrni egallashlariga qulay imkoniyat tug‘ilgan edi.

Mo‘g‘ul istilochilari juda katta kuch va shijoat bilan O‘trorni egallashga oshiqdilar. Lekin shahar mudofaachilari mo‘g‘ullarning qilgan hujumlariga qaramay, dushman hujumini qattiq turib qaytarmoqda edilar. Manbalarga ko‘ra, O‘tror qamali 5 oydan ortiqroq davom etgan va uning himoyasiga 80 mingdan ortiqroq askarlar ishtirok etgan. Qamal paytida mo‘g‘ullarga ham katta talafot yetkazilgan. Mudofaa borgan sari og‘irlashib borgan. Ustiga, ustak qamaldagilarga tashqaridan hech qanday yordam ham yo‘q edi.

Inolchiq sarkardalaridan Hoja Qoraja qarshilik ko‘rsatish befoyda deb mo‘g‘ullarga taslim bo‘lishni taklif qildi. Inolchiqdan rad javobini olgach u o‘z qo‘shini bilan shahardan chiqib mo‘g‘ullarga taslim bo‘ladi. Nihoyat boshqa himoyachilar ham dushmanga taslim bo‘ladilar va mo‘g‘ullar shaharga bostirib kirib juda qattiq vahshiyliklar qiladilar. Himoyachilar qirib tashlanadi. Hokim Inolchiq esa tezda qo‘lga olinib uning og‘zi, ko‘zi, burni va qulog‘iga qo‘rg‘oshin qo‘yadilar. Mo‘g‘ullar sotqin Hoja Qorajani ham o‘z hukmdoriga sodiq bo‘lmagan bizga ham sodiq bo‘lmaydi deb qatl etdilar. SHunday qilib, O‘tror shahrining mudofaasi Xorazmshohning subutsizligi va loqaydligi tufayli fojeali tugaydi. Bu vaqtda Jo‘ji boshliq mo‘g‘ul otryadi Sirdaryoning quyi qismida joylashgan Sig‘noq shahrini 7 kunlik qamaldan so‘ng ishg‘ol qildilar. Shahar himoyachilaridan qattiq o‘ch oldilar. 1219 yil 21 aprel kuni Jam

shahri mo‘g‘ullar tomonidan jangsiz egallandi ular shahar aholisini shahardan tashqariga haydab chiqarib,



9 kun ushlab turdilar va shaharni ship-shiydon qilib taladilar. Bu yo‘qotish va bosqinlarning asosiy sababchisi Oloviddin Muhammadning yo‘l qo‘ygan taktik xatosi ekanligini yana bir bor eslatib qo‘yish joiz deb bildik. Bu jiddiy xatolar natijasida tez orada Sirdaryoning yuqori oqimida joylashgan Binokat shahri ham 3 kunlik mudofaadan so‘ng mo‘g‘ullarga taslim bo‘ldi.

Xo‘jand shahriga yaqindagina hokim etib tayinlangan jasur sarkarda Temur Malik taqdiriga esa 70 ming kishilik dushman askariga qarshi kurashish yozilgan edi. Jon-jahdi bilan Xo‘jandni himoya qilgan Temur Malik kuchlar nisbatidagi katta farqni yaxshi tushunib 70 ta qayiq tayyorlatdi. Qayiqlari hamda odamlari bilan ko‘p qurbonlar berib daryo oqimi buylab suzib, ming mashaqqat bilan Urganchga yetib keldi. Xo‘jand ham dushman tomonidan egallandi.

Xorazmda Temur Malik urushga qurbi yetadigan kattagina qo‘shin to‘plab, mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib boradi. Hatto Sirdaryoning quyi oqimlaridagi Yangikent shahrini mo‘g‘ullardan tortib olishga erishadi. Lekin Temur Malik bilan Xorazmshohning boshqa lashkarboshlari o‘rtasida birlik yo‘q edi. SHu sababli Temur Malik mo‘g‘ullardan yengilib, dastlab Xurosonga, keyin esa Suriyaga o‘tib ketadi. Manbalarga ko‘ra, umrining oxirida Xo‘jandga darvish sifatida kelib shu yerda vafot etadi. 1220 yil fevralda CHingizxon katta kuch bilan kelib qadim shahar Buxoroni qamal qildi. Yirik ilm-fan markazi bo‘lgan Buxoro himoyachilarining qattiq qarshiliklari ham foyda bermadi va qisqa muddatlarda bu tarixiy shahar ham mo‘g‘ullar qo‘liga o‘tdi.

Chingizxon mart oyida Sharqning sayqal shahri, Markaziy Osiyoning qadimiy va yirik marakazlaridan biri Samarqandga yurish boshladi. Qattiq va shiddatli hujumlar natijasida shahar qozisi va shayxulislomi mudofaani to‘xtatib, taslim bo‘lishga qaror qildilar va Chingizxonga o‘z vakillarini yubordilar. SHunga qaramay, shahar egallangandan so‘ng mo‘g‘ullar ommaviy qirg‘in o‘tkazdilar. Samarqand ham taslim bo‘layotganini eshitgan Oloviddin Muhammad Amudaryodan o‘tib, Eron hududlariga– Tabaristonga qochadi va Kaspiy dengizining Janubidagi yuqumli va bedavo kasallikka uchragan odamlar jon saqlaydigan kimsasiz bir orolda (Ashur ada oroli) jon saqlashga majbur bo‘ldi.

Mirzo Ulug‘bekning ―To‘rt ulus tarixi‖da, ―Xoru-zorlikda o‘lgan Xorazmshohni dafn etishda atrofdagilar qancha urinmasin, kafan topa olmaydilar. Uni o‘zining kiyib yurgan kiyimida dafn qildilar‖, - deb yoziladi. Bu ayanchli voqea o‘sha orolda 1221 yil fevralda sodir bo‘lgan edi. Manbalarga ko‘ra, Xorazmshoh o‘limi oldidan saltanatni faqat Jaloliddingina saqlab qolishi mumkinligiga nihoyat ko‘zi yetgach, uning beliga qilich taqadi, Jaloliddinni taxt vorisi va valiahd deb e‘lon qilingani hamda qolgan farzandlarining uning izmidan chiqmasligi haqidagi barcha vasiyatlarini yozma ravishda Jaloliddinga beradi. Afsuski, bu holat ancha ilgariroq bo‘lishi kerak edi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish