Mezolit(o’rta tosh asri)-tosh asrining keyingi rivojlanish davri xisoblanadi. O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda mil. avv. 12-7 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Mezolit- odamlarning yer yuzi bo‘ylab keng tarqalishi bo‘lib, ularga oid materiallar ko‘plab joylardan topilgan. O‘rta Osiyoning mezolit davri makonlari Surxondaryoning Machay, Farg‘onaning Obishir, Markaziy Farg‘onadan ToshkentningBo‘zsuv, qo‘shilish, Tojikistonning Oshhona, Chilchorchashna kabi joylaridan topilgan. Mezolit davriga kelib yer yuzidagi o‘lkan muzliklarning yana shimolga tomon silzishi natijasida iqlim barqarorlashib hozirgi davrdagiga ancha o‘xshab qolgan edi. Buning natijasida O‘rta Osiyo xayvonot olami va o‘simlik dunyosida ancha o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu davrga kelib kishilar nisbatan nozikroq qurollarni tayyorlashni o‘zlashtira boshlaganlar. Bu davr uchun asosiy ahamiyatli narsa shuki, bu davrda o‘q-yoy kashf etildi. Bu davrning eng katta yutuqlaridan yana biri bu yovvoyi hayvonlarni, it-qo‘y, echkilarni qo‘lga o‘rgatilishi bo‘ldi.
Jamiyat taraqqiyotining ma‘lum bir rivojlanish bosqichida chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi va birinchi mehnat taqsimoti yuz berdi. Mezolit davrida (mil.avv 12-7 ming yilliklarda) insoniyat taraqqiyotida, uning xo‘jalik faoliyatida muhim xodisa sodir bo‘lgan. Bu davrda yovvoyi hayvonlardan it, qo‘y, echki kabilar qo‘lga o‘rgatildi ya‘ni xonakilashtirildi. Shuni aytish kerakki bu davrda ovchilikdan chorvachilikka o‘tish muhim hodisa bo‘ldi. Odamlar turmush tarzida temirdan foydalanilishi xususan, mehnat va ov qurollarini temirdan yasalishi kishilik taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb qildi.
Mezolit davrining mashhur yodgorliklaridan biri Surxon vohasidagi Machay makonidir.
O‘rta Osiyo tarixida Neolit davrining(yangi tosh asri) yuqori chegarasi mil. avv. VI- quyi chegarasi IV-III ming yilliklar bilan belgilanadi. Neolit davri qabilalari aksariyat hollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, ko‘l bo‘ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqib baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik, chorvachilik, ayni vaqtda qisman xunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar.
Neolit (yangi tosh) davrida mehnat qurollari ancha takomillashdi. Odamlarda o‘troq hayot kechirishga o‘ta boshladi. Bu davrga kelib odamlar doimiy yerto‘lalar, kulbalar qurish, loydan, guvalalardan oddiy uylar solish ko‘chaydi. Qishloqlar paydo bo‘la boshladi. Endi doimiy o‘troqlik xo‘jaligi paydo bo‘ldi bu hol dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho‘lli xududlarda, azm daryo va ko‘l bo‘ylarida esa o‘troq ovchilik xo‘jaligini qaror topishiga sabab bo‘ldi.
O‘rta Osiyo hududidan bu davrga ko‘plab makonlar topilgan. Fanda Joytun madaniyati (Janubiy Turkistondagi), Kaltaminor madaniyati (Xorazm hududidagi), Xisor madaniyati (Xisor-Pomir tog‘laridagi) nomi bilan ataluvchi makonlar ushbu davrning eng yirik madaniy qatlamlari mavjud topilmalardir. Bu davr uchun eng xususiyatli jihatlar shundaki, Neolit davrida tosh boltalar ancha takomillashtirildi, dehqonchilik va chorvachilik kashf etildi.
Eneolit(mis-tosh) davri tosh va bronza davri o‘rtasidagi davr bo‘lib, bu davr qurollar sof misdan yasalganligi ma‘lum. O‘rat Osiyoda eneolit (mis-tosh) davri nisbiy tarzda mil.avv. IV ming yillikning ohiri-III ming yillikning boshlarini o‘z ichiga oladi. Bu davrning eng asosiy xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘lgan:
Haydab dehqonchilik qilish ancha rivojlangan edi.
Mis qurollar paydo bo‘ldi.
Katta-katta jamoalarning paxsa xom g‘ishtdan tiklangankatta-katta uylar paydo bo‘ldi.
Kulolchilikda xumdonlardan foydalana boshlandi.
Rangdor sopol idishlar paydo bo‘ldi va haqozo.
Bu davrga oid O‘rta Osiyodagi muhim yodgorliklar quyidagilar: Janubiy Turkistondagi Anov va Nomozgohtepa makoni va boshqalar.
Bronza davri.O‘rta Osiyodagi muhim yodgorliklar quyidagilar: Janubiy Turkistondagi Anov va Nomozgohtepa makoni va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |