yodgorliklari.
Ibtidoiy jamiyat-ibtidoiy odamlarning paydo bo‘lishidan to davlat yuzaga kelgunga qadar bo‘lgan davrdir.Ibtidoiy jamiyat poleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza
davrlariga bo‘lib o‘rganiladi. Mazkur davrlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular quyidagilardir:
Poleolit davri –bu davr «Qadimgi tosh davri» deb ham yuritiladi. Poleolit davri uch
bosqichdan iborat: Ilk poleolit, o‘rta poleolit va yuqori poleolit.
Avvalo shuni takidlash o‘rinliki, bu davrda ibtidoiy odamlar hali metall ishlatishni bilmaganlar, ular asosan oddiy toshlardan, yirik xayvonlarning suyaklaridan, shohlaridan va daraxtlarning qattiq shohlaridan mehnat quroli yasaganlar va undan foydalanganlar.
Ilk poleolit davrining diqqatga sazovorligi shundaki, bu davrda odamlar va ularning dastlabki mehnat qurollari paydo bo‘lgan. Bu davrning tosh qurollari arxeolog olimlar tomonidan yetarli darajada va yaxshi o‘rganilgan. Insonga tegishli dastlabki mehnat quroli Frantsiya hududidagi Ashel degan joydan topilgan. Olimlarning ilmiy xulosalariga ko‘ra Ashel davri bundan bir million yil burun boshlangan va miloddan avvalgi 200 -100 minginchi yillargacha davom etgan.
O‘tgan asrning 80-yillarida arxeolog O‘.Islomov boshliq, tadqiqotchilar Farg‘ona vodiysidagi Selo‘ngur (So‘x tumanida) g‘oridan qadimiy odam manzilgoxini topdilar. So‘ngi tadqiqotlar natijasiga ko‘ra Selo‘ngur ilk poleolit davriga oid bo‘lib, bu yerdan olingan topilmalarning yoshi bir million yildan ziyodroq ekan. Ushbu topilmalar orasida eng ahamiyatlisi qadimgi odamning jag‘ suyaklari va tishlari, yelka suyaklaridir. Hozir fanda «Farg‘ona odami»-«Fergantrop» deb nomlangan bu qazilma O‘rta Osiyo xususan O‘zbekiston insoniyat paydo bo‘lib rivojlangan o‘choqlardan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi.
Ilk poleolit manzilgohlari yanada Shimoliy-sharqiy O‘zbekistonning, Toshkent viloyatining Qorabuloq makonidan ham topilgan. Shuningdek Ohongoron yaqinidagi Qizilolmasoy va Toshsoy manzilgohlaridan ham bu davrga oid manbalar topilgan.
O’rta poleolit-qadimgi tosh asrining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Bu davrga oid dastlabki yodgorliklar teshiktosh (Surhondaryo) g‘or makoni 1938 yilda A.Okladnikov tomonidan ochilgan. Surxon vohasidagi (Boysuntog‘) Teshiktosh g‘or- makoni topilmalari nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo arxeologiya fanida mashhurdir. O‘rta poleolit davriga mansub bu g‘ordan 3 000 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Eng muhimi shundaki, Teshiktosh makonining yuqori qatlamlarida 9 yashar bolaning skelet suyaklari topilgan. Tadqiqotchilar fikrlariga qaraganda, bu bola neandertal tipidagi qadimgi odam vakilidir. Bu davrga oid arxeologik materiallar yana Toshkent viloyatidagi Obirahmat makonidan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on xududdaga Qo‘tirbuloq makonidan ham topilgan. O‘rta poleolit davrida odamlar hayotida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu davrda odamlar O‘rta Osiyoning keng xududlariga tarqala boshladilar.
Sovuq iqlim tufayli o‘rta poleolit odamlari olovni kashf etdilar va sun‘iy olov chiqarish hamda uni saqlashni o‘zlashtirganlar.
So’nggi (yoki yuqori) poleolit-bu davr uzoq davom etgan qadimgi tosh asrining ohirgi bosqichi bo‘lib, mil. avv. 40-12 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda bu davrga oid O‘rta Osiyoda 30 dan ziyod makonlar ochilgan. Masalan, Samarqand shahrining o‘zida, Farg‘onada Xo‘jag‘or, Pomir etaklaridagi SHug‘nov, Toshkent viloyatidagi Ko‘lbuloq, Tojikistondagi Qorakamar yodgorliklari shular jumlasidandir. So‘nggi poleolit davriga kelib odamlarning hayoti va turmushida turli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Xususan odamlar g‘ordan chiqib yengil turar-joylar, chayla va yarim yerto‘lalarda yashay boshladilar. Ular endi faqat tog‘li xududlarda yashab qolmay vohalar bo‘ylab tarqaldilar. So‘nggi poleolit davrining yutuqlaridan biri-nayzaning ihtiro qilinishi bo‘ldi. Nayza tufayli ovchilik rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |