Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet194/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullar istilosi boshlangan kundanoq doimo yurt himoyachilari tomonida turdi, ularga rahnamo bo‘ldi. Ona Vataniga bo‘lgan cheksiz mehr hissi, farzandlik burchi uni shu qadar elga mashhur qildiki, hatto uning nomini eshitgan CHingizxonning ham sochi tik bo‘lib, yuzi tundlashar, uni qo‘lga tushirish, yo‘q qilish chora-tadbirlarini izlardi. Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari G‘azna, Voliyon, Guch, Bust va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan erlarga hokim etib tayinlangan edi. SHu boisdan u G‘azna tomon yurdi, yo‘lga ko‘pgina qo‘shin boshliqlari Sulton Jaloliddinga qo‘shilib bordi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahorda mo‘g‘ullar qo‘shinini tor-mor etib, G‘aznaga yetib keldi. Jaloliddin Manguberdi katta qo‘shin to‘plab, Valiyon qal‘asi, Parvon tekisligida mo‘g‘ul qo‘shinlari bilan jang qilib, ularni tor-mor etadi. CHingizxon katta qo‘shin to‘plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o‘zi qo‘shin tortadi. 1221 yil 25 noyabrda Sind (Hind) daryosi bo‘yida tengsiz jang bo‘ladi. Bu jangda Jaloliddin Manguberdi ko‘rsatgan jasoratga mo‘g‘ul hukmdorining o‘zi ham tan berib, lol qolgan. Bu hayot – mamot jangida Xorazm bahodiri, uning yigitlari arslonlardek jon berib, jon olardi. «Qaysi tomonga ot choptirmasin, tuproqni qonga bo‘yar edi. Agar bu jangni Zolning o‘g‘li ko‘rsa edi, u sulton Jalol (uddin) ning qo‘lini o‘pgan bo‘lardi». CHingizxon lashkari hisobsiz bo‘lsada, uning jang maydonidagi asosiy kuchlari parokanda holiga tushib qolgandi. Biroq pistirmadagi 10 ming nafar sara lashkar jang oqibatini CHingizxon foydasiga hal qiladi. Nochor, tang ahvolga tushib qolgan Jaloliddin qora to‘riq otiga minib, so‘nggi bor mo‘g‘ullarga hamla qilib, so‘ng ot jilovini ortga tortadi. Sovutini elkasidan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi qoyadan o‘zini Sind daryosiga otadi. Jaloliddin bahaybat daryo to‘lqinlarini shiddat bilan kesib o‘tib narigi sohilga o‘tib oladi. Uning 4000 jangchisi ham bunga muvaffaq bo‘lishadi. Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni «Ot sakrat», narigi tomoni «CHo‘li Jaloliy» deb ataladi. Jaloliddin o‘zining botir jangchilari bilan yana o‘n yil davomida hali Afg‘on va Hind, hali

eron yoki Kavkaz orti hudularida paydo bo‘lar, yangidan xalq lashkarlarini jamlab, mo‘g‘ul bosqinchilari zulmi va hukmronligiga qarshi tinim bilmay jang qilar, xalq erki, ozodligi yo‘lida sabot bilan kurashardi. Jaloliddin goh zafar quchdi, goh mag‘lubiyat alamini tortdi, biroq kuchli dushman oldida bosh egib, mag‘lub bo‘lmadi.


    1. Jaloliddin Manguberdining boshqa xududlarda mo‘g‘illarga qarshi kurash olib borishiga sabab nimada?

    2. Qaysi omillar CHingizxonning Jaloliddin Manguberdiga qarshi 10 yildan

ortiq kurash olib borishiga olib kelgan, Manguberdi qo‘shinining g‘alabasini ta‘minlagan omillar nimada?

Keys № 8.

Amir Temur ―Tuzuklar‖dan: ―Mahalliy hokimlardan katta-kichik shaharlar va qishloqlarda masjid, madrasa va xonaqohlar bunyod etish, faqiru miskinlar uchun langarxonalar qurish, bemorlar uchun shifoxonalar qurish topshirilsin”. Hazrat sohibqironning mana bu uqdirishlari ham muhimdir; “Amr qildimki, raiyatdan mol-xiroj yig’ishda ularni og’ir ahvolga solib qo’yishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo’yishdan saqlanish lozim.”

  1. Tuzuklardagi ushbu iborani izohlab, taxlil qiling ?
Keys №9


Vatanimiz tarixi o‘zbek davlatchiligi taraqqiyoti bir tekisda o‘tmaganligi, uning rivojida zafarli va inqirozli davrlar bo‘lganidan guvohlik beradi. Sohibqiron Amir Temur asos solgan saltanat eng yirik va qudratli davlat bo‘lganligi jahonga ma‘lum. U o‘z vorislariga nafaqat qudratli davlatni, shuningdek, saltanat qurish va davlatni boshqarish qonun-qoidalari bayon etilgan mashhur tuzuklarni qoldirgan edi. «... Farzandlarim va avlodimdan bo‘lganlarning har biri,- deb yozgan edi u o‘zining tuzuklarida,- unga muvofiq ish yuritsin... Bu tuzuklardan o‘z saltanat ishlarini boshqarishda qo‘llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ularga etadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon bo‘lg‘ay». Ammo uning dasturi va vasiyatlariga amal qilinmadi. Taxt, hokimiyat ilinjida avj olgan o‘zaro va ichki kurash, jangu jadallar davlatni zaiflashtirib, mamlakatni inqirozga va parokandalikka olib keldi. XVI asr boshlarida zaiflashib borayotgan temuriylar saltanatiga Dashti Qipchoq tomondan ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati hukmdori Muhammad SHohbaxt SHayboniy hujumi boshlandi. SHayboniyxon 1500-1501 yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504 yilda Hisor viloyatini, 1504-1505 yillarda Urganchni, 1506-1507 yillarda Xuroson poytaxti Hirot hamda Balxni, shuningdek, Marv, Astrobod va Nishopur shaharlarini zabt etdi. Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo va Xorazm erlari Afg‘onistonning Qandahor, Zamindovur viloyatlari egallandi va Muhammad SHayboniyxonga qaram bo‘lib qoldi. SHayboniyxonning Xurosondaligidan foydalangan qozoq sultonlari Movarounnahrga bir necha marta bostirib kirib, uni talon-taroj qiladilar. 1506-1509 yillarda SHayboniyxon Xurosondan qaytib kelib, qozoq sultonlariga zarba beradi va Dashti Qipchoq ichkarisiga quvib boradi. Bu yurishlar natijasida Sig‘noq, Yassi, Sabron shaharlari qayta qo‘lga kiritiladi. SHunday qilib, Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi va SHayboniylar sulolasi hukmronligi qaror topdi.Muhammad SHayboniyxon «Imom uz-zamon, xalifat ur-rahmon» unvonini olib o‘z qo‘lida dunyoviy va diniy hokimiyatni birlashtirdi. SHayboniyxon janubda eronning ichki viloyatlariga yurish qiladi. Mashhad va Tusshaharlarini egallab orqaga qaytadi. Eron shohi Ismoil Safoviy katta qo‘shin bilan etib keladi. SHayboniyxon Movarounnahrdan yordamchi qo‘shinlar kelishini kutmasdan jangga kirishga majbur bo‘ladi.

1510 yilda Marv yaqinida bo‘lgan jangda SHayboniyxon qo‘shinlari engiladi, xonning o‘zi ham halok bo‘ladi.


    1. SHayboniyxon nima sababdan dastlabki xarbiy harakatlarni Samarqand va Buxoro shaharlari ishg‘ol qilishdan boshladi ?

    2. Nima sababdan SHayboniyxon Movarounnahrdan yordamchi qo‘shinlar kelishini kutmasdan shoh Ismoil Safaviy qo‘shinlar qarshi jangga kirishga majbur bo‘ladi ?
Keys No10

Turkiy xalqlar yashovchi bepoyon hududlarni bosib olish Rossiya podshohlarining azaliy orzusi edi. Bu boradagi amaliy harakat Ivan Grozniy zamonidan boshlangan edi. U Qozon (1552), Ashtarxon (1556), Sibir (1581-1590) xonliklarini bosib oladi va endi Turkiston to‘g‘risida ma‘lumotlar to‘plashga kirishadi. SHu maqsadda 1558 -1559 yillarda Antoni Jenkinson boshliq elchilarni Buxoroga yuborib josuslik ma‘lumotlari to‘plagani ma‘lum. Rusiya hukumati XVII asr davomida 9 marta elchi yuborib, Buxoro va Xiva xonliklarining iqtisodiy va harbiy ahvolini o‘rganadi. Rossiya podshohi Pyotr I zamonida

«SHarqni egalla» siyosati yuritildi. Bu siyosatning tarkibiy qismlaridan biri Turkistonni egallash edi. Turkistonni bosib olish rejasi tuzildi. Xiva, Buxoro, Qo‘qon xonliklarining g‘arbiy, shimoliy, sharqiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, xonliklarni Rossiya tobeligiga olish maqsadida katta harbiy ekspeditsiyalar uyushtirildi.




  1. «SHarqni egalla» siyosatidan asosiy maqsad nimada ?

  2. 1558-1559 yillardagiBuxoroga yuborilgan Antoni Jenkinson boshliq elchilar qanday josuslik ma‘lumotlarini to‘plab qaytganlar ?
Keys No11

Rossiya hukumati Turkistonni iqtisodiy jihatdan batamom bo‘ysundirish, uning boyliklarini tashib ketish, rus sanoatini xom- ashyo bilan ta‘minlovchi o‘lkaga va tayyor mahsulotlar sotiladigan bozorga aylantirish siyosatini yuritdi. Bu siyosatni chor Rossiyasi dvoryan-pomeshiklari va burjuaziyasi qo‘llab-quvvatladi, ular o‘lkani zuluk kabi so‘rishga kirishib ketdilar. Rossiya to‘qimachilik sanoati uchun keltirilayotgan Amerika paxtasi uchun yiligi 30-40 million so‘m boj to‘lab kelardi. SHu boisdan Turkistonni paxta xomashyosi etishtiradigan bazaga aylantirish Rossiya agrar siyosatining bosh maqsadi, deb belgilandi. Xonliklar davrida davlat mulki hisoblangan katta-katta er maydonlari Rossiya davlati xazinasiga tegishli, deb e‘lon qilindi. Vaqf mulklari ham asta-sekin davlat ixtiyoriga olindi. Xususiy mulk hisoblangan erlar ham davlat mulkiga aylantirildi, ularni ilgarigi egalariga merosiy ravishda foydalanishga berildi va soliq solindi. Ijaraga er olib, undan amalda foydalanib kelayotgan xonadonlarga o‘sha erlar meros qilib biriktirildi va ularga soliq solindi. SHu tariqa o‘lkaning barcha hosildor erlari Rossiyaning daromad manbaiga aylantirildi. Yer solig‘i XIX asr oxirida 4 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 1916 yilda 38 million so‘mdan oshib ketdi.

  1. Rossiyaning O‘rta Osiyodan olgan yer solig‘i daromadining bunday keskin tarzda oshishiga sabab nimada ?

  2. Nima uchun Rossiya O‘rta Osiyodagi vaqf mulklarini asta-sekinlikbilan davlat ixtiyoriga oldi ?
Keys No12

Farg‘onaning bechorahol xalqi o‘z xalaskorlarini butun choralar bilan qo‘llabquvvatlashda davom etdi. Harakat safi doimo yangi kuchlar hisobiga to‘lib bordi. Vodiy qo‘rboshilarining birlashish, qo‘shilish sari harakatlari ham sezilarli tus olib bordi. 1919 yil kuziga kelib Madaminbek lashkarlarining jangovorlik harakatlari keng hududlarga yoyildi. Bu davrga kelib Monstrovning rus krestyanlari (dehqonlari)dan tashkil topgan ancha ta‘sirli harbiy qismlari Madaminbek kuchlari bilan birlashdi. Bu hol xalq kurashining nafaqat ijtimoiy tarkibiga, balki ayni chog‘da milliy tarkibiga ham sezilarli ta‘sir ko‘rsatar, uning maqsad - vazifalariga yangicha yondashishni taqozo etardi. Gap shundaki, bunga qadar sovetlarga qarshi harakat saflarida o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, uyg‘urlar va qoraqalpoqlar singari erli millat kishilari kurashib kelayotgan bo‘lsalar, endilikda unga sovetlar siyosatidan keskin norozi bo‘lgan rus dehqonlari ham qo‘shilgan edilar. Harakat tarkibidagi bu o‘zgarish 1919 yil oktyabrida Pomirning ergashtom ovulida Madaminbek tarafdorlari tashabbusi bilan tuzilgan «Farg‘ona Muvaqqat Muxtoriyat hukumati» tuzilishida ham o‘z ifodasini topgandi. Hukumat tarkibi 24 kishidan iborat bo‘lib, uning 16 vakilini musulmonlar va 8 nafarini ruslar tashkil etardi. Farg‘ona hukumati boshlig‘i va musulmon qo‘shinlari bosh qo‘mondoni etib Madaminbek saylangan edi. Biroq afsuslanarli jihati shundaki, mazkur Muvaqqat hukumat o‘z faoliyatini amalda uddalay olmadi. Buning boisi birinchidan, uning mutasaddilarining boshi urush harakatlaridan chiqmadi. Ikkinchidan, u biror bir xorijiy davlat bilan diplomatik aloqa o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lolmadi. Bu esa, tabiiyki, uning o‘z qobig‘iga o‘ralib, amaliy faoliyat yuritishiga imkon bermadi.

1.Nima uchun mahalliy millat vakillari «Farg‘ona Muvaqqat Muxtoriyat hukumati» tuzulishida hukumat tarkibidagi 24 nafar a‘zoning 8 nafarini ruslardan tayinladi ?


Keys No13

Ikkinchi jahon urushning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekistonning moddiy va ma‘naviy kuchlarini urushga safarbar etishga kirishildi. Barcha viloyat, shahar va tuman harbiy komissariatlari harbiy xizmat majburiyatida bo‘lganlarni safarbar etish bilan shug‘ullandilar. Urushning dastlabki oyidayoq yuz minglab vatandoshlarimiz qo‘lga qurol olib frontga jo‘nab ketdilar. O‘rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobitlar tayyorlaydigan o‘choqqa aylantirildi. Bu okrug 1941 yil iyunidan 1942 yil oxirigacha bo‘lgan muddatda harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo‘shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh Qo‘mondonlik qarorgohi zahirasiga 86 diviziya va brigada jo‘natdi. O‘zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlari milliy harbiy qo‘shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. 1941 yil 13 noyabrdan 1942 yil martigacha bo‘lgan davrda 14 ta miliy harbiy qo‘shilmalar, jumladan, 9 ta o‘qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi tuzilib frontga jo‘natildi. 1941 yilda O‘zbekiston aholisi jami 6,5 million kishini tashkil etgan, ularning yarmini bolalar va keksalar tashkil etgan bo‘lsa, yaroqli odamlarimizning 50 -60 foizi, aniqrog‘i 1433230 kishi urushga safarbar bo‘lgan.1 O‘zbek xalqi, keksalar, ota-onalar dahshatli sinov paytida o‘z farzandlarini frontga jo‘natar ekan, ularga mard va botir askar bo‘l, qahramonlarcha jang qil, g‘alaba bilan qayt, deb nasihat qilib qoldilar.

O‘zbekiston partiya va sovet tashkilotlari front orqasini mustahkamlash, xo‘jalikni harbiy izga tushirish, barcha odamlarni mehnatga safarbar etish, ko‘plab jangovar texnika, qurol-aslaha, o‘q-dorilar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shoshilinch tadbirlarni amalga oshirdilar. 1941 yilning oxrigacha 300 ga yaqin korxona harbiy izga solindi, jangovar

texnika, qurollar, o‘q dori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurildi. Bu korxonalarda frontga safarbar etilgan erkaklar o‘rnini keksalar, xotin-qizlar egalladilar.

O‘rta Osiyo harbiy okrugi Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki haqida ma‘lumot bering?


Keys No14

O‘zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, islohotlar yo‘lini katta umid bilan kutib oldilar. Jamiyatni yangilashdan najot kutayotgan edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi «pir» bo‘ldi. O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Bu o‘z xalqining or-nomusi va qadrqimmatini himoya qilishga qodir bo‘lmagan, siyosiy irodasi bo‘sh kishilarning respublika rahbariyatiga kelib qolishi bilan bog‘liq edi. Ularning ojizligi natijasida Respublika partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko‘plab kadrlar yuborildi. «Kadrlar to‘dasi» deb nom olgan 400 ga yaqin kelgindilar O‘zbekistonni o‘z bilganlaricha boshqara boshladilar. O‘zbekiston Kompartiyasi va Respublika Ministrlar Soveti amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimda o‘tirgan mahalliy kadrlar ularning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markazqo‘mida Moskva vakillari -Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov uya qurib olgan edi. O‘sha yillarda tez-tez bo‘lib turadigan plenumlar va yig‘ilishlarda qilingan barcha ma‘ruzalarni Ponomaryov va O‘zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan «kadrlar desanti»ning boshliqlari- Anishev, Ogarek, Satin va ularning hamtovoqlari tahrir qilardilar. O‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi I.Usmonxo‘jaev esa minbarga chiqib tayyor narsalarni o‘qir edi. Minbardan bilib-bilmay aytilgan gaplar qanchadan-qancha kommunistlar va rahbarlarning sha‘ni, qadr-qiymatini oyoq osti qilardi, hayotini buzardi. O‘zKP Markaziy Qo‘mitasida «pinxona kabinet» tashkil topdi. Ushbu «kabinet» kuch ishlatish, tuhmatlar uyushtirish yo‘li bilan xodimlarni badnom qilish, Respublikaga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan avantyuristik qarorlarni tiqishtirish bilan shug‘ullandi. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan

«pinxona kabinet» va «kadrlar desanti»ning tashkilotchisi KPSS MQning kotibi e.K.Ligachyov edi. Qo‘g‘irchoqqa aylantirilgan mahalliy rahbarlar «kadrlar to‘dasi» tomonidan tayyorlangan qarorlarga imzo chekishardi, xolos. Ularning sovet hokimiyatining ko‘zbo‘yamachilik, «ulug‘» millatchilik, shovinistik siyosati va uni amalga oshiruvchilar oldidagi ojizligi, itoatkorligi xalqqa qimmatga tushdi. «Paxta ishi» O‘zbekistonda

«o‘zbeklar ishi», «paxta ishi» deb atalgan jinoiy ishlar to‘qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O‘zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Guruh a‘zolari hech kim bilan hisoblashib o‘tirmay odamlarni qamash bilan shug‘ullandi. Oddiy dehqondan tortib O‘zbekiston Kompartiyasi MQ sekretarlari va hukumat a‘zolarigacha bo‘lgan xodimlarni qamash uchun birovlarni zo‘rlab yozdirib olgan bir parcha qog‘oz kifoya edi. O‘zbekistonda qonunchilik buzildi, o‘zboshimchalik va qatag‘onchilikning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, paxtakorlar, ter to‘kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan Respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30-yillarda ishlatilgan yaramas usullardan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab, boshqalar ustidan to‘qilgan aybnomalarni ularning qo‘li bilan qaytadan yozdirib olardi va bu «aybnoma» tobora ko‘p begunoh odamlarni qamashga asos bo‘lib qolardi. 25 mingga yaqin kishi qiynoq ostiga olinib, so‘roq qilindi. 4,5 mingdan ko‘proq kishi sud qilinib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. O‘sha yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi bo‘lib uzoq yillar ishlagan, o‘zbek xalqining baxt- saodati yo‘lda samarali faoliyat ko‘rsatgan SH. R. Rashidovning nomi ham badnom qilindi. Vafot etib ketgan partiya va davlat arbobining ruhini bezovta qilish nima uchun kerak bo‘lib qoldi? O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining sha‘ni-shavkati va qadr-qiymatini oyoq osti qilish uchun kerak bo‘lgan edi. Buni anglamagan, ayrim mahalliy rahbar xodimlar o‘zboshimcha

qonunbuzarlarga yordamlashdilar. Ommaviy axborot vositalari xalqni dalil-isbotsiz tahqir qilish, halol mehnatkashlarni ma‘naviy ezishga yo‘naltirilgan ko‘plab xabarlar, maqolalar berar edilar. Natijada butun bir mamlakat va millat badnom qilindi, poraxo‘r, olib-sotar sifatida «sharmanda» qilindi. Butun SSSRda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham kamchiliklar, qo‘shib yozishlar, poraxo‘rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin bu illatlarni o‘zbek xalqi emas, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi. O‘zbekiston fuqarolari o‘z xaq-huquqlarini himoya qilishlarini so‘rab tuman, viloyat va respublika partiya va sovet organlariga murojaat qildilar. 1986 -87 yillarda faqat O‘zbekiston Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlar tushdi.

20 mingdan ortiq kishi Markazqo‘m kotiblari va bo‘lim boshliqlari qabulida bo‘lib, o‘zlarining arz-dodlarini bildirdilar. Poytaxtga etolmagan 100 minglab fuqarolar mahalliy hokimiyat organlariga o‘z xaqhuquqlari, qonuniy manfaatlarining buzilganligidan shikoyat qilib koridormakoridor, eshikma-eshik turtinib yurdilar.
Sovetlarning «o‘zbeklar ishi», «paxta ishi» siyosatidan asosiy qo‘zlagan maqsadi va u qanday oqibatlarga olib keldi?

Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish