Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet121/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

partiyalar. Milliy siyosat. Ommaviy axborot vositalari. 6.Demokratik jamiyatga xos saylov tizimining yaratilishi.

Birinchi rejada quyidagilar yoritiladi.Tarixda hech bir xalq yoki millat o‘z ozodligi va

mustaqilligini osonlik bilan qo‘lga kiritmagan. SHu jumladan bizning ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz ham bir necha bosqinchilar zulmi ostida yashab, doimo ozodlik uchun kurashib keldi. BulargaTo‘maris, SHiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Mahmud Tarobiy, Amir Temur singari qaxramonlarimiz boshchiligidagi kurashlar, so‘ngi 130 yildan ortiqroq iskanja va istibdod davridagi ozodlik kurashlari guvohidir. SHu bilan birga, istiqlolga erishish va uning ne‘matlaridan bahramand bo‘lish bir kunlik va hatto bir necha yillik ish emasligi ham tarixdan ma‘lum. Uzoq davr ozodlik kurashlarida million-millionlab ota-bobolarimiz shahid ketdilar.

Biz bugun erishgan istiqlolimiz ana shu qurbonlar, kurashlar evaziga ekanligini ham hech qachon yoddan chiqarmasligimiz lozim. Yana shuni ta‘kidlash joizki, kurashlar olovida necha bor kuyib yongan bu tabarruk zamin, jonajon Vatanimiz-O‘zbekiston o‘zining og‘ir, musibatli o‘tgan tarixi bilangina emas, balki jahon madaniyatiga o‘z munosib hissasini qo‘shgan fozilu-fuzalolarni yetishtirib berganligi bilan ham jahonga mashhurdir.

O‘tgan asrning 80 yillarining oxiriga kelib, kelajakka yangicha qarash, insoniy huquq va erkinliklarga kurashish hissi kuchaydi. O‘sha paytda keng munozaralarga sabab bo‘lgan muammolardan biri o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bo‘ldi. O‘zbekistonning yangi rahbari I.A.Karimov katta jasorat bilan kirishdi. Natijada, 1989 yil 21 oktyabrda o‘n birinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining o‘n birinchi sessiyasida O‘zbekiston SSRning ―Davlat tili haqida‖gi Qonuni qabul qilindi va bu mustaqillik sari dastlabki asosiy qadamlardan bo‘ldi.



Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1990 yil 24 martda bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida ham Prezident boshqaruvining joriy etilishi hayot taqozasi ekanini uqtirib, bunday degan edi: ―Prezident boshqaruvini hayotning o‘zi, qayta qurishning mantiqi, mohiyati, uning murakkab va ziddiyatli jarayonlari taqoza etyapti‖. Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi istiqlol sari yana muhim qadamlardan bo‘ldi. 1990 yil 20 iyunda respublikamiz Oliy Soveti tomonidan qabul qilingan ―Mustaqillik Deklaratsiyasi‖ shu yo‘lda yana muhim qadam bo‘ldi.

Mustaqil yurtimizning bu buyukligi va zaminimizning muqaddasligi haqida Birinchi Prezident



I.A.Karimov: ―Butun umrini iymon va e‘tiqod, vatanparvarlik va insonparvarlik, poklik va xalollik, ilm va ma‘rifat, adolat va diyonat yo‘lida fido etgan zotlarning mo‘‘tabar xoklari makon topgan zamingina muqaddasdir. Agar shunday insonlar bo‘lmasa, ular dahosining nafasi sezilib turmasa, har qanday zamin oddiy tuproq bo‘lib qolaveradi‖,-1 deb bejiz ta‘kidlamagan edilar. Darhaqiqat, ana shunday kurashlar, yurt va xalq buyukligi vatan ozodligiga olib keldi. Qisqa bo‘lsada, keng mazmunga boy mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tmoqdamiz.

XXI asr bo‘sag‘asida Vatanimiz tarixida buyuk voqea sodir bo‘ldi. Birinchi Prezident Islom Karimov 1991 yil 31 avgust kuni Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini e‘lon qildi. Sessiyada ―O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida‖ Oliy Kengash Bayonoti qabul qilindi. ―O‘zbekiston Respublikasi, - deb ta‘kidlanadi Bayonotda, to‘la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo‘ymagan holda barcha sheriklar bilan teng huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o‘zini ochiq deb e‘lon qiladi‖. Mazkur sessiyada ―O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e‘lon qilish to‘g‘risida‖ qaror qabul qilinib, 1 sentyabrь O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va





1 Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z kulimiz bilan quramiz. T., ―O‘zbekiston‖, 1999.7-jild, -184-b.

dam olish kuni deb e‘lon qilindi. SHuningdek, Oliy Kengashda ―O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida‖ Qonun qabul qilindi. 17-moddadan iborat ushbu qonunning birinchi moddasida: ―O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokratik davlatdir‖, - deb qonunlashtirilib qo‘yildi.O‘zbek xalqining muqaddas, tarixiy orzusi ushaldi. U siyosiy mutelik va asoratdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat - O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi xalqimizning o‘zoq yillar davomida olib borgan og‘ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasi bo‘ldi. O‘zbekiston xalqi o‘z mustaqilligini quvonch bilan kutib oldi va ma‘qulladi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish