Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet119/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

To‘rtinchi rejaga quyidagi tarixiy faktlarni yoritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sovet rahbariyatining 1985 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish yuzasidan ilgari surgan vazifasini bajarish borasidagi dastlabki o‘rin ishlari omad keltirmadi. Iqtisodiy tizimni qayta qurish, uning moddiy bazasini qayta ko‘rib chiqish, yangi texnologiyalarni joriy etish, yuqori darajadagi boshqaruv tizimi asosida iqgisodiyotni va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish mo‘ljallangan edi. Biroq

―qayta qurish‖ siyosati ham sotsializmga sun‘iy ravishda qiyofa berganligini O‘zbekiston birinchi





1Rashidov SH. Adabiy-tanqidiy maqolalar, xotiralar, kamolat. 4-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 1982. – B. 15.

2O‘zbekiston Respublikasi MDA, 314-fond, 1-ro‘yxat, 26-ish, 421-varaq.

prezidenti I.A.Karimovning: ―Inqiroz sabablari va omillarini to‘liq tasavvur etmagan, o‘zgartirishlarning aniq-ravshan dasturiga ega bo‘lmagan butun iqtisodiy siyosat empirik xarakterda bo‘lib, avantyuradan iborat eksperimentlardan, har tomonga og‘ishlardan boshqa narsa emasdi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va bozor munosabatlariga o‘tishning turlicha yondashuvlarga asoslangan dasturlari loyihalarining ko‘pligi islohotlarning aniq maqsadi yo‘qligidan, ularni ro‘yobga chiqarish muddatlari ―besh yuz kun‖ deb belgilab qo‘yilishi esa zarur o‘zgartirishlarning tub mohiyati va nihoyatda murakkabligi to‘la anglab yetilmaganligidan dalolat berar edi‖1, ta‘rifi uning mohiyatini ochib beradi. Bu siyosatning amalga oshirilishi natijasida, respublika iqtisodiyotida tanglik holati chuqurlashib, sanoat ishlab chiqarishning samaradorligi pasayib ketdi. SHuningdek, aholining turmush darajasi ham sezilarli ravishda pasaya boshladi. Masalan, ishchi va xizmatchilarning ish haqi O‘zbekistonda umumittifoq bo‘yicha 1975 yildagi 93,7%dan, 1987 yilda 81,3%ga tushib qoldi, aholi jon boshiga iste‘mol fondi hajmi 66%dan 58%ga kamaydi. 1988 yilda O‘zbekistondagi 1267 ta yirik sanoat korxonasidan atigi 320 tasi (25,3%) to‘liq xo‘jalik hisobi va o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta‘minlash sharoitida ishlardi2. Masalan, O‘zbekiston xalq xo‘jaligini jadallashtirish umumdavlat dasturini ta‘minlash rejasida 1990 yilga borib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 24-27%ga oshirishga erishish, tarmoqda mehnat unumdorligini 19%ga, qurilishda 14%ga ko‘tarish nazarda tutilgan edi. Biroq mehnat jamoalaridagi ayrim xodimlarning qo‘lga kiritgan yuqori ishlab chiqarish natijalari ham oqsash jarayonlarining ortib borishini yashira olmadi. Puxta o‘ylab ko‘rilmagan qarorlar, ularni joriy qilishdagi jiddiy nuqsonlar, ma‘muriy siquvning davom etishi, jadallashtirish kontseptsiyasidagi kamchiliklar xalq xo‘jaligiga o‘zining salbiy ta‘sirini ko‘rsatdi, qayta qurish oqsay boshladi.

80-yillarning ikkinchi yarmi mobaynida ro‘y bergan ―qayta qurish‖ islohotlari turkumi sub‘ektiv tarzda, faqat ichki his-hayajonga asoslanib, ixtiyoriy ravishda shunchaki sinab ko‘rishlar va xato usullar bilan tashqi tomondan ta‘sirchan bo‘lishini umid qilib, aniq ilmiy jihatdan emas. balki dastursiz amalga oshirildi. Iqtisodiy va ilmiy-madaniy salohiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston ham qayta qurish oqibatida puxta o‘ylab ko‘rilmagan volyuntaristik islohotlar oqimiga jalb qilindi. Qayta qurish ―kontseptsiyasi‖ avvalboshdanoq noilmiy bo‘lib, u mag‘lubiyatga mahkum edi. qayta qurish borasidagi dastlabki tajribalarning ko‘rsatishicha, mamlakat siyosiy rahbariyati birinchi kundanoq ―qayta qurish‖ mafkurasini anglab yetishda nihoyatda soddalashgan nuqtai nazar bilan yondashdi. Qayta qurish ―kontseptsiyasi‖

―qardosh‖ ittifoqdosh respublikalarning hayotiy manfaatlari va muammolarini ilmiy taxlil qilishga, ularni bilishga asoslanmagan edi. O‘sha davrda sovet sotsialistik tuzumi iqtisodiy, siyosiy jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega deb hisoblandi, tarixiy istiqbol sotsializm tomonida deb qaraldi. Sotsializmga sun‘iy ravishda demokratik qiyofa berilib, mustabid tuzumning mavjud yaramas illatlarini ―tasodifiy hol‖, ular uchun ―sotsialistik jamiyatda asos yo‘q‖, shuning uchun ularni, ayniqsa, boshqaruv tizimidan olib tashlash kifoya deyildi. Qayta qurish tajribasi faqat partiyaning ijtimoiy-siyosiy rahbarligini mustahkamlashni, jamiyatni sotsialistik asosda tashkil etishni yanada takomillashtirishni, uning faqat qismangina, shunchaki, ―pardoz berish‖ tarzida yangilanishini nazarda tutgan edi. Ziddiyatli ―qayta qurish‖ siyosati oqibatida respublika iqtisodiyotida tanglik holati chuqurlashib, sanoat ishlab chiqarishning samaradorligi pasayib ketdi. Mehnat unumdorligining ko‘rsatkichlari ham keskin yomonlashdi, fondlar hisobidan keladigan foyda kamaydi.

Masalan, ishchilar va xizmatchilarning ish haqi O‘zbekistonda umumittifoq bo‘yicha 1975 yildagi 93,7%dan 1987 yilda 81,3%ga tushib qoldi, aholi jon boshiga iste‘mol fondi hajmi tegishli ravishda 66%dan 58%ga kamaydi. Natijada xalqning davlat tomonidan e‘lon qilinayotgan o‘zgarishlariga ishonchi yo‘qola bordi, uning qayta qurishga bo‘lgan munosabati o‘zgara boshladi.

Ko‘pgina mahsulot turlarini ishlab chiqarish hajmi pasaydi, moddiy va moliyaviy nomutanosiblik ko‘chaydi, iqtisodiy o‘sish sur‘atlari pasayib ketdi, tovarlar tanqisligi tobora kengayib bordi. Masalan, 1989 yilda har ikki muhim mahsulotdan biri bo‘yicha topshiriq bajarilmadi, har uch mahsulotdan biri bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi pasaydi. ―A‖ guruhi tarmoqlari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejadagidan 3 baravar kam bo‘ldi. Mashinasozlik, kimyo va agrosanoat majmui korxonadari reja topshiriqlarini bajarishni ta‘minlay olmadilar. Mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish sohalarida ham sifat o‘zgarishlari ko‘zga tashlanmadi.

―Qayta qurish‖ning so‘nggi yillarida respublika ishchilari va xizmatchilarining ijtimoiy rivojlanishida murakkab va ziddiyatli jarayonlar sodir bo‘ldi. Ularning miqdor jihatidan o‘sishida sifat




1Karimov I. A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – B. 280-281.

2O‘zbekiston kommunisti. – Toshkent, 1988. - №11. – B. 22

o‘zgarishlari yuz bermadi, bu ko‘rsatkich aholining tabiiy o‘sishidan orqada qoldi, bu hol ishchi kuchining ancha ortiqcha bo‘lib qolishiga olib keldi.

Shunday qilib, mustabid Sovet davlatida qaror topgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari sanoat ishlab chiqarishining yuqori samarada rivojlanishiga ob‘ektiv ravishda to‘siq bo‘ldi. Markazning amriga bo‘yso‘ngan respublika industriyasi mahalliy aholining tub manfaatlarini hisobga olishga mo‘ljallanmagan edi, shu sababdan uni sotsialistik asosda isloh qilishga o‘rin ish muqarrar ravishda barbod bo‘ldi. Salbiy holatlarning ortib borishi natijasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining samaradorligi yildan-yilga pasayib bordi. 1989 yilning boshlarida qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hatto o‘rtacha yillik darajaga ham bormadi, 3 milliard so‘mlikdan ko‘proq mahsulot berilmay qoldi. g‘alla, paxta, poliz ekinlari tayyorlash rejalari surunkasiga bajarilmay keldi. Faqat 1986—1987 yillar mobaynida yetkazib berilmagan paxtaning miqdori 1.576 ming tonnadan ortiq edi. Asosiy dehqonchilik ekinlarining hosildorligi barqaror pasayib bordi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish