Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet117/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Ikkinchi rejada quyidagilarga e‘tiborni qaratish lozim. 1950-1970 yillar O‘zbekiston tarixi o‘ta murakkab davrlardan biri bo‘lib, bir tarafdan, O‘zbek xalqining fidokorona mehnati sabab respublika iqtisodiyoti anchagina rivojlandi, ikkinchi tarafdan, totalitar tuzum, ma‘muriy buyruqbozlikning kuchayishi natijasida iqtisodiy ma‘naviy hayotda bir qator muammolar, nohush holatlar to‘planib borib, pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi.

O‘zbekistonni sanoatlashtirish VKP (b) ning XVIII s‘ezdi va O‘zKP (b) MQning IX plenumidan keyin katta kuch bilan kengayib ketdi. Xalq xo‘jaligining o‘sib borayotgan ehtiyojlari, mamlakat iqtisodiyotida SSSRning asosiy xom ashyo bazasi bo‘lgan O‘zbekiston respublikasida og‘ir sanoatni tez sur‘atlar bilan rivojlantirishni, mamlakatning ulkan tabiiy boyliklaridan foydalanishni qattiq talab qildi1. 1946-1950 yillar maboynida respublikamizda 150 ta yirik sanoat korxonalari qurib ishga tushirildi. Sanoatning yangi tarmoqlari qora va rangli metallurgiya, stanoksozlik vujudga keldi. Ikkita yirik

―CHirchiqselьmash‖ va ―O‘zbekselmash‖ mashinasozlik zavodlari qurilib ishga tushirildi. 1950 yilda 1946 yilga nisbatan mashinasozlik 19 barobar o‘sdi, tabiiy gaz olish 3 barobar o‘sdi, elektroenergiya 480 mln.dan 2.665 mln.kvt soatga yetdi, yengil va to‘qimalik sanoati 128.7 foizga ko‘paydi. Besh yil ichida respublika jami sanoat mahsuloti 183 foizga ortdi. Qo‘qon shahar zavodining Ukrainaga ko‘chirilishi munosobati bilan shakar va spirt ishlab chiqarish bajarilmagan edi. Ximiya, uy-joy qurilishi sohalari bo‘yicha ham kapitalni o‘zlashtirish bo‘yicha belgilangan rejalar bajarilmadi. Biroq bu besh yillikda ittifoq miqyosidagi korxonalarning mahsulti 4.8 barobar ko‘paygan holda, respublika boshqaruvida bo‘lgan mahalliy sanoat atigi 8 % ga o‘sdi holos. 1951-1955 yillarga mo‘ljallangan birinchi besh yillikda yalpi sanoat mahsuloti ishlab chiqarishini 54 foizga, yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotini 50 % o‘stirish, po‘lat ishlab chiqarish 80 foizga, prokat ishlab chiqarish 70 foizga ko‘paytirish mo‘ljallandi. Xalq xo‘jaligiga sarf qilingan mablag‘ oldingi besh yillikdagiga nisbatan ikki barobardan ko‘proq bo‘ldi. Samarqand superfasfat zavodi, Oltin topgan qo‘rg‘oshin-qalay kombinati, Toshkent chinni zavodi, CHirchiq shisha zavodi, Quyibo‘zsuv, 2 ta Namangan GESlari, Andijon GRESlari ishga tushirildi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish 1950 yildagi 2,682 mln.kvt.soatdan 1955 yilda 3,880 mln.kvt.soatga yetdi. Qo‘mir qazib olish 70 foizga, mashinasozlik ikki barobar, mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish 81 foizga, to‘qimachilik sanoati 15 foizga o‘sdi. 50 yillarning oxirlarida 1300 dan ortiq fabrika va zavodlarni birlashtirgan sanoatning 70 tarmog‘i mavjud edi. Biroq beshinchi besh yillik rejaning bajarilish yakunlarini tahlil qiladigan bo‘lsa bu davrda sanoat mahsulotining yillik o‘sish darajasi keskin kamayib bordi. Oldingi muammolarning birontasi ham hal qilinmadi.

1.Energetika sohasi boshqa tarmoqlarining rivojlanishidan orqada qolmoqda edi. 2.Yildan yilga kapital qurilishi bo‘yicha rejalar bajarilmay qolaverdi.



  1. Neft konlarini qidirib topish ishlarining qisqarishi tufayli neftni qazib olish pasaydi.

  2. Engil sanoatning 25 foiz korxonalar mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatkichlarni bajarmadilar.

  3. Mehnat unumdorligining o‘sish darajasi pasayib bordi. Rejalar asosan xalq xo‘jaligini jadal rivojlantirish hisobiga bajarildi. Besh yil ichida xalq xo‘jaligiga kapital mablag‘ sarflash 2.3 barobar






1 Qizil O‘zbekiston. 1949 yil, 25 fevral.

ko‘payishiga qaramay, yalpi sanoat mahsuloti zo‘rg‘a 1.6 barobar mehnat unumdorligi esa 1.2 barobarga o‘sdi. Bu dalillardan ko‘rinib turibdiki kapital mablag‘larni sarflash kutilgan samaradorlikni bermadi.

  1. Respublikada ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish notekis edi. Masalan 1955 yilda yalpi sanoat mahsulot ishlab chiqarishda Toshkent viloyatining hissasi 39.8 foiz bo‘lgani holda Surxondaryo viloyati hissasi esa 1.7 foizga to‘g‘ri keldi.

1958-1965 yillarda yana 142 sanoat korxonalari qurildi1. 1965 yilda O‘zbekiston milliy daromadining 35,3% i sanoat ishlab chiqarish ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 1970 yilda 40% dan oshdi. O‘rtacha yillik o‘sish sur‘atlari elektr energetikada 11,4%, rangli metallurgiyada 14%, neftni qayta ishlash sanoatida 13,2%, gaz sanoatida 19,8%, ximiya sanoatida 1,5% bo‘ldi2. 1985 yilga kelib respublika 1549 ta sanoat korxonalariga ega bo‘ldi va ishlab chiqarishning yalpi daromadi 1960 yilga nisbatan 5 baravarga o‘sdi3. Katta zahiraga ega bo‘lgan ko‘mir, neft, gaz kabi boyliklar ishga solindi va qudratli yoqilg‘i sanoati barpo etildi. 1965 yilda gaz qazib olish 8 baravar ko‘payib, 1970 yilda 32 mlrd kub. metrdan oshdi. O‘zbekistonning gaz sanoati tarmoqlari O‘rta Osiyodan tashqari Rossiya Federatsiyasining eng katta sanoat markazlarini doimiy ta‘minlab turgan. Sovet boshqaruvi yillarida O‘zbekiston konlaridan yiliga o‘rtacha 20 mlrd. kubometrgacha tabiiy gazning olib ketilishi oqibatida gaz zahiralari ancha kamaydi4.

O‘zbekistonda 60 yillarda oltin qazib olish sanoati bunyod etildi. Muruntov, CHodak, Konbuloq oltin konlari, Farg‘ona vodiysi daryo o‘zanlarida sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog‘larida oltin tarkibli kvarts tomirlari va rudalar mavjudligi aniqlandi. Respublika hududida 30 oltin koni aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntov tog‘ boyitish kombinati, Marjonbuloq kombinati qurildi.‖O‘zbek oltin‖ birlashmasi tuzilgach uning tarkibida Chodak boyitish kombinati (1965), Angrenda Oltin saralash fabrikasi ishga tushirildi.

Sovet hokimiyati yillarida bunyod bo‘lgan sanoat markazlari, xususan, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Navoiy, Zarafshon, Muborak kabi shaharlarda asosan boshqa millat vakillari, ya‘ni mamlakatning turli mintaqalaridan ko‘chirib va ko‘chib kelgan ishchi kadrlar joylashdi. SHu tariqa respublikadagi sanoat shaharlar ham ko‘p millatli bo‘lib bordi. O‘zbekistonning industrial davlatga aylantirilishi uning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda muhim hissa qo‘shsa-da, avvalgidek xom ashyo yetkazib beradigan respublika bo‘lib qolaverdi. Qayta ishlovchi va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari keng rivojlanishiga to‘sqinlik qilinib, respublika sanoati bir tomonlama ixtisoslashti-rildi5. Umumiy ta‘kidlaganda, sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmining 60%i xom ashyo va yarim fabrikatlarga to‘g‘ri keldi6. Mahalliy rahbariyat tarafidan kadrlarni milliylashtirishga katta harakatlar qilinsada, markaz avvalgidek respublika sanoat ishchi guruhlarini ittifoq tuzumining ijtimoiy tayanchi sifatida ruslashtirishi, respublikalararo ko‘p yillik sun‘iy migratsiya natijasida sanoat ishlab chiqarishi ko‘proq joylashgan yirik shaharlarda mahalliy aholini siqib chiqarish va bu joylardagi barc ha yirik sanoat muassasalari ittifoqning tassarrufida bo‘lgani uchun ko‘chirib kelinganlar joylashtirildi. Barcha besh yilliklar davrida respublikada ko‘p millatli kadrlarini yetishtirish, ulkaning boy tabiiy resurslarini jadal o‘zlashtirish jarayonlari bilan birgalikda bordi7. O‘zbekistonda ittifoq markazining manfaatlarini ko‘zlab ko‘p millatli shaharlarning, yangi zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarining barpo etilishi va rivojlanishi, markazdan kadrlarning yildan-yilga ko‘plab jo‘natilishi oqibatida bu yerda aholi o‘rtasida mehnat taqsimoti jiddiy ravishda o‘zgardi. Ayniqsa 1960-1980 yillarda O‘zbekistonga ittifoqning markaziy mintaqalaridan odamlarni ko‘chirib keltirish keng miqyosda davom etdi. Tub yerli millatga mansub ishchilar soni respublikadagi sanoat ishchilari umumiy miqdorining ko‘payishidan ancha orqada qoldi. 1979 yilgi butunittifoq aholi ro‘yxatlariga ko‘ra O‘zbekiston xalq xo‘jalik tarmoqlarida ishlovchilarning o‘z millati umumiy soniga nisbatan to‘g‘ri keladigan salmog‘i o‘zbeklar orasida 37,2%, qozoqlar orasida 36,6%, qoraqalpoqlar orasida 51,1% da edi8. O‘zbekiston tub millatlarining mehnat bilan shug‘ullanish darajasi respublikadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham pastroq bo‘lgan. Bu hududda





1Sovet O‘zbekistoni. 1965 yil, 20 oktyabrь.

2Sovet O‘zbekistoni ishchilar sinfi tarixi. – Toshkent: Fan, 1974. – B.308.

3Narodnoe xozyaystvo O‘zbekskoy SSR v 1985 godu. stat. yejegodnik. – Tashkent: Uzbekistan, 1986. – S.13, 46.

4Donoqulov X. Mustabid tuzum davrida O‘zbekistonda neftь-gaz sanoati// Jamiyat va boshqaruv. – Toshkent, 2003.

- №1. – B. 59.



5Bobojonova D. O‘zbekistonda milliy ishchi kadrlar tayyorlash tajribasidan // O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. – Toshkent, 1997. - №3-4. – B.35.

6Sanoat ishchilari milliy kadrlarining shakllanishi // O‘zbekiston kommunisti. – Toshkent, 1990. - №6. –B. 91.

7O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivi, 58-fond, 23-ro‘yxat, 112-ish, 6-varaq.

8 O‘zbekistonning demografik rivojlanishi va ish bilan ta‘minlanish problemalari //O‘zbekiston kommunisti. – Toshkent, 1985. - №3. – B. 45 .

sanoat tarmoqlari uchun mahalliy rahbar, ishchi, muhandis va qishloq xo‘jalik kadrlarini tayyorlash bilan birga ularning sonini muntazam ravishda ko‘paytirib borishga alohida masala sifatida qaralishi zarur bo‘lgan. Biroq mutaxassis kadrlarni tayyorlashda respublikaning o‘ziga xos ijtimoiy-milliy va demografik xususiyatlari inobatga olinmadi. Bir va besh yillik rejalarda ham yuqori organlar faqat mehnat unumdorligining o‘sishi, belgilangan reja qanday bo‘lmasin bajarilishi, qo‘l mehnatini mexanizmlar bilan almashtirish, ish haqi fondi va ishchi, mehnatkashlarning soni bo‘yicha ko‘rsatkichlar tasdiqlangan1. Ammo mehnat resurslarining sifati, ya‘ni kadrlarning ma‘lumot darajasi, malakasi, ijtimoiy holati, oliy va o‘rta ma‘lumotli mutaxassislarning ishchi va xizmatchilar umumiy soniga nisbatan salmog‘i va boshqa ko‘rsatkichlarga yetarli e‘tibor berilmadi.




Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish