Fanning o‗ziga xosligiga qarab o‗rganish bo‘yicha boshqa materiallar.
―Markaziy Osiyo – insoniyat tsivilizatsiyasining eng qadimgi o‘choqlaridan biri‖ mavzusi bo‘yicha keys-stadi ishlanma
Insoniyat qadim-qadimdan o‘z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma‘naviy madaniyatga, ya‘ni ma‘lum darajadagi tsivilizatsiyaga ega bo‘lgan. Davrlar o‘tishi bilan insoniyat tsivilizatsiyasi darajasi o‘sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli qanchalik darajada moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratish va ko‘paytirib borishi bilan bog‘liq kechgan. U yoki bu tsivilizatsiya haqida so‘z borganda insoniyatning yashash uchun kurashi, tinimsiz mehnati, ma‘naviyat va ma‘rifatga intilishi tufayli o‘zi uchun yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklari – ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, uy-joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ongi va ma‘naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-huquqiy munosabatlari darajasi bilan tavsiflanadigan ma‘lum bir tarixiy davr tushuniladi. Masalan, Qadimgi SHarq tsivilizatsiyasi, Antik Yevropa tsivilizatsiyasi, Islom tsivilizatsiyasi, Xristian tsivilizatsiyasi, hozirgi zamon tsivilizatsiyasi kabi tushunchalarda insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, ma‘naviy qiyofasi, axloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo‘ladi. Har bir mintaqada tsivilizatsiya davriy nuqtai nazardan ertaroq yoki kechroq, o‘ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan.
Savollar
TSivilizatsiya iborasiga izoh bering ?
Har bir mintaqada tsivilizatsiya davriy nuqtai nazardan ertaroq yoki kechroq, o‘ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borishining sabablari nimada?
Keys-stadini amalga oshirish bosqichlari
Aniq vaziyat bilan tanishuv
Izlanishga doir: topshiriq materiallarida ifoda etilgan axborotni baholash
Muhokama etish: muqobil yechimlarning imkoniyatlarini muhokama qilish
Qaror qabul qilish: guruhlardaechimni izlab topish
Munozara: har bir guruh o‘zechimini himoya qiladi
Natijalarni taqqoslash: guruhlarda qabul qilinganechimlarni taqqoslash
-
Ish bosqichlari va vaqti
|
Maslahat va tavsiyanomalar
|
1. Keys bilan tanishish
|
Taqdim etilgan aniq vaziyatlar bilan tanishib chiqish,
|
(individual) – 3 daqiqa
|
muammoli vaziyat mazmuniga alohida e‘tibor qaratish,
|
|
muammoli vaziyat qanday masalani hal etishga
|
|
bag‘ishlanganligini aniqlash
| -
2. Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniq- lash (individual va kichik guruhlarda) – 5 daqiqa
|
Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlash, talabalarning o‘z fikri bilan guruhdoshlari bilan bilan o‘rtoqlashishiga imkon yaratish, muammoni belgilashda isbot va dalillarga tayanish, keys matnidagi hech bir fikrni
e‘tibordan chetda qoldirmaslik
|
3. Muammo yechimini topish va erishiladigan natijani aniqlash – 7 daqiqa
|
Guruh bilan birgalikda muammo yechimini topish, muammoga doir berilgan bir necha variantdagi yechimni tahlil qilish va barcha mulohazalarni taqqoslash, ularning
ichidan eng oqilona va xolisona yechimlarni aniqlash
|
4. Keys yechimi uchun taklif etilgan g‘oyalar taqdimoti (kichik
guruhlarda) – 5 daqiqa
|
Guruh bilan keys yechimiga doir taqdimot tayyorlash. Taqdimotni tayyorlashda taqdim etilgan jadvalga asoslanish. Taqdimotni tayyorlash jarayonida aniqlik, fikrning ixcham
bo‘lishi tamoyillariga rioya qilish
|
Keys No2
Mehnat qurollarining takomillanishi natijasida erga ishlov berish yaxshilanib, ekin maydonlari kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo‘lib bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan mehnat qurollari qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilikning tez o‘sishiga olib keldi. Odamlarning daryolarni bo‘g‘ib, to‘g‘onlar qurib, kanallar qazib erlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi. O‘rgatilgan ishchi hayvonlari qo‘shilgan temir tishli omochlar bilan erni haydashning o‘zlashtirilishi hosildorlikning oshishini, ko‘proq mahsulotlar etishtirishni ta‘minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini uzaytirdi, aholi son jihatdan ko‘payib bordi. Urug‘chilik munosabatlari ham o‘zgarib boradi. Ikki urug‘ a‘zolaridan tashkil topgan er-xotin - juft oilalar vujudga keladi. Katta patriarxal oilalar urug‘ jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug‘ jamoalariga qarashli erlardan chek erlari ajratib beriladi. SHu tariqa urug‘ jamoasining umumiy xo‘jaligi oilalar jamoasiga bo‘linadi. Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham ataladi.
«Avesto»da jamiyat tarkibining bo‘linishi
«Nmana» - katta patriarxal oila
«Vis» - «nmana»lar birikuvidan hosil bo‘lgan urug‘ jamoasi
«Varzana» - «Vis»lar birikuvidan vujudga kelgan yirik qo‘shni jamoa
«Zantu» - qabilalar uyushmasi
«Daxyu» - qabilalar ittifoqi
Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o‘zida oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq, piru ustod va murabbiy bo‘lgan. Urug‘ – qishloq oqsoqoli esa butun qishloq ahlining boshlig‘i hisoblangan. Oqsoqollar kengashi qo‘lida diniy va dunyoviy hokimiyat jamlangan bo‘lib, u jamoa faoliyatiga oid barcha masalalarni hal qilgan. Mo‘‘tabar shaxslarning topshiriq va buyruqlari jamoa a‘zolari uchun majburiy hisoblangan.
Urug‘chilik munosabatlarini o‘zgarib borishiga sabab nima bo‘lgan.?
―Avesto‖da jamiyatning boshqaruv tizimini bugungi davr bilan qiyoslang ?
Keys № 3.
O‘zbek xalqi etnik tarkibining evolyutsion o‘sish jarayoni XV asr oxiri va XVI asrda yana muhim o‘zgarishlarga duch keldi. Bu jarayon mamlakatda hokimiyatning Temuriylar sulolasidan SHayboniylar sulolasiga o‘tishi bilan bog‘liq holda kechdi. Movarounnahr va Xurosonda hokimiyatni shayboniylar sulolasi egallagach, bu hududlarga Dashti Qipchoqda yashovchi turkiy xalqlar, keyinchalik o‘zlariga o‘zbek degan nomni qabul qilgan urug‘- qabilalar kirib keldilar. Ba‘zi manbalarda 92, boshqa bir manbalarda 96 ta deb tilga olinuvchi bu ko‘p sonli urug‘ va qabilalarning kirib kelishi, ersuv va mulk olib, o‘troq hayot kechirishga o‘tishi, mamlakatni boshqarish jilovi markazda va joylarda shu sulola vakillari qo‘lida to‘planishi o‘z navbatida o‘lka hayotida keskin o‘zgarishlarning yuz berishiga olib keldi. Bu hol ayni paytda etnik jarayonlar borasida ham aks etmay qolmadi.
Qadim-qadimdan turkiy etnik guruhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki shu bilan birga keng sharqiy va shimoliy jug‘rofiy hududlarda, jumladan Dashti Qipchoqda ham uzoq yillar davomida istiqomat qilib kelganlar. Dashti Qipchoq deb atalgan, Sirdaryoning quyi havzasi va Orol dengizidan shimol sari cho‘zilgan hamda hozirgi Ural va G‘arbiy Sibir orolig‘idagi keng dashtli erlarni ishg‘ol etgan hududlarda turkey qavmlarga mansub urug‘ qabilalar olis asrlardan buyon yashab kelganlar. Akademik B.Ahmedovning yozishicha,
«Hozirgi o‘zbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va boshqa xalqlarning ajdodlari shu xalqlar hozir yashayotgan erlarda qadim zamonlarda ham yashaganlar, lekin o‘zbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar deb atalmaganlar. Tarixiy, adabiy manbalarda Dashti Qipchoqning sharqiy qismida qadim zamonlardan beri turk qabilalari yashaganligi haqida anchagina ma‘lumotlar mavjud. Bu erlarni XIII asr boshida zabt etgan mo‘g‘ullar bo‘lsa, Dashti Qipchoqning turk qabilalari orasida tez orada singib ketganlar va hatto o‘z milliyligini yo‘qotganlar»1Bu fikru qarashlardan kelib chiqadigan qat‘iy xulosa shuki, XVI asr boshlarida Vatanimiz sarhadlarida ro‘y bergan etnik o‘zgarishlar, tariximiz kechmishini qiyshiq oynada ko‘rmoqchi bo‘lgan ba‘zi muxoliflarimiz da‘vo qilganlaridek, ajnabiy xalqlaru elatlar bosqini orqasida yuz bermagan. SHuningdek, bu jarayonlar majburiy, zo‘rlik asosida ham kechmagan. Buning aksi o‘laroq, bu o‘zgarishlar uzun o‘q tomirlari bir bo‘lgan, bir-birlari bilan qon-qardoshlik rishtalari ila bog‘langan, azaldan turli aloqalarda bo‘lib kelgan turkiy xalqlarning asta-sekin o‘zaro qo‘shilishi, birikishi davomida yuz bergan.
Keys № 4.
VI asrning o‘rtalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan qabila, urug‘larning hayot tarzi qoloq bo‘lib, ularning mutloq ko‘pchiligida ibtidoiypatriarxal tuzum munosabatlari hukm surgan. Ko‘chmanchi badaviy oilalari, urug‘lari o‘z chorva mollari uchun er-suv, o‘tloq qidirib keng sahrolar bo‘ylab kezib yurganlar. Faqatgina yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va janubiy Yamanda ahvol birmuncha boshqacharoq bo‘lib, bu hududlarda arab qabilalari asosan o‘troq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan edi. Ayniqsa Hijozning bosh shahri - Makka xalqaro karvon savdosining muhim markazi hisoblangan. Makkalik quraysh qabilasi savdogarlarining turli mintaqalar bilan bog‘langanligi, savdo-tijorat va hunarmandchilik ishlarining kuchayib borishi pirovardida tarqoq arab qabila, urug‘larini birlashtirish va markazlashgan kuchli davlat tuzishda etakchilik o‘rni egallashiga ikkoniyat yaratdi Makka aholisi tevaragida ko‘chmanchi arab qabilalarining birlashuvi jarayoniga turtki bergan yana bir muhim omil - bu shu erlik quraysh qabilasining hoshimiylar urug‘idan chiqqan
1Qarang: B.Ahmedov. O‘zbek ulusi, T.Meros, 1992, 13-bet.
payg‘ambarimiz Muhammad Alayhivassalom nomi bilan bog‘liq holda keng yoyila boshlagan islom dini va ta‘limoti bo‘ldi. Yakkaxudolik g‘oyasi: Alloh yagona, Muhammad uning erdagi rasuli (elchisi) Umuminsoniy g‘oyalar: Insonparvarlik, birodarlik, do‘stlik, qardoshlik, og‘a-inilik, mehr-muruvvat, ilmparvarlik, mehnatsevarlik, poklik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, diyonatlik, sharmhayolik, ibolik v.b. Islomning asosiy tamoyillari:
Allohning yagonaligi, Muhammad uning payg‘ambari ekanini tan olish;
Muqaddas kitoblarga ishonish;
Barcha payg‘ambarlarni e‘tirof etish;
Parishtalarni e‘tirof etish;
Oxirat, taqdirga ishonish.
Islom dinining asosiy tamoyillariga izoh bering ?
Umuminsoniy g‘oyalar deganda qanday g‘oyalar e‘tirof etasiz ?
Keys № 5.
Arablarning O‘rta Osiyo hududlaridagi deyarli bir yarim asrlik hukmronlik davri bu hududning erksevar xalqlarining o‘z eli, Vatanining mustaqilligi yo‘lidagi jo‘shqin kurashini, intilishini so‘ndira olmadi. Darhaqiqat, IX asr boshlariga kelib Arab xalifaligida yuzaga kelgan bo‘hronli vaziyat, siyosiy tanglik, Xuroson va Movarounnahrda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar, eng muhimi, bu hududda yuz bergan Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni (806- 810) mazkur o‘lka xalqlari uchun xalifalik tobeligidan qutilish, yurt mustaqilligini qo‘lga kiritish yo‘lida qulay imkoniyatlarni vujudga keltirgandi. Xususan, mashhur xalifa Xorun ar- Rashid (786-809) vafotidan so‘ng xalifalik taxtini egallash uchun uning o‘g‘illari – Amin va Ma‘mun o‘rtasida qizg‘in kurash boshlangan edi. Bir necha yilga cho‘zilgan bu siyosiy mojaro nafaqat xalifalik markazini tang ahvolga solib qolmasdan, balki unga tobe bo‘lgan hududlardagi voqealar rivojiga ham sezilarli ta‘sir ko‘rsatdi. Ma‘mun katta qo‘shin tuzib, unga Xurosonlik Tohir ibn Husaynni boshliq etib tayinladi. Rey yaqinidagi jangda Tohir ibn Husayn al-Amin qo‘shinini engadi va Bag‘dodga yurish boshlaydi. Tohir 813 yilda yana g‘olib kelib Bag‘dodni ham qo‘lga kiritadi. Ma‘mun halifalik taxtiga ko‘tariladi. Lekin u 819 yilga qadar Bag‘dodga bormay Marvdan turib hokimiyatni boshqaradi. Uning buyrug‘i bilan Tohir ibn Husayn Iroq hokimiyati va Bag‘dod harbiy garnizoni boshlig‘i bo‘ladi (819 yilga qadar). Ma‘mun Marvdagidayoq olimlar guruhini o‘z atrofiga to‘plagan edi. U 819 yilda Bag‘dodga borar ekan, u erda Baytul hikmat (fanlar akademiyasi)ga asos soladi. Demak, bu fan maskanining negizini avvalo, Turkistonlik olimlar tashkil etganlar. Ma‘mun halifalik oldidagi katta xizmatlari evaziga Tohir ibn Husaynni 821 yilda Xurosonga noib etib tayinlaydi. SHu tariqa, Tohiriylar davlati vujudga kelib 873 yilga qadar davom etadi. Uning poytaxti avval Marv, keyinroq Nishopur bo‘ladi. Dastlab Movarounnahrning ko‘pgina viloyatlari ham uning tasarrufida bo‘lgan. Buning boisi shuki, ikkala o‘lkaning noiblik markazi Xurosonning Nishopur shahri bo‘lgan.
Tohir ibn Husayn boshqaruv jilovini qo‘lga kiritgach, undan yurt mustaqilligini, uning ravnaqi va qudratini oshirish yo‘lida foydalanishga qat‘iyan yo‘l tutadi. Tohir ibn Husayn o‘z davlatining mustaqilligini tiklash maqsadida 822 yilda xalifa nomini xutba namozidan chiqarib tashlashga amr kiladi. Biroq tez orada uning sirli o‘limi bu borada katta ishlar qilinishiga imkon bermaydi. Uning vorislari Talha (822-828), Abul Abbos Abdulloh (830-844), Tohir ibn Abdulloh (844-862), Muhammad ibn Tohir (862-873) davrlarida Tohiriylar davlatining mustaqilligi xiyla ta‘minlandi.
Ma‘mun va Amin o‘rtasidagi mojaro boshqa xududlarga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazishini qaysi omillar bilan izohlab bera olasiz?
Tohir ibn Husayn hukmronligidan so‘ng davlat mustaqilligini yanada mustahkamlaniga sabab nimada?
Keys № 6.
Beruniyning zamondoshi va safdoshi Abu Ali ibn Sino (980-1037) ham o‘z davrining etuk allomasi, fan fidoyisi sifatida mashhurdir. Ibn Sino asarlari umumiy sonining 450 dan oshishi ham bunga guvohdir. Biroq bulardan 160 ga yaqini bizgacha etib kelgan, xolos. Alloma nomini dunyoga tanitgan narsa, bu uning tibbiyot sohasidagi mislsiz kashfiyotidir. Ibn Sinoning arab tilida yaratgan 5 jildli «Al-Qonun» («Tib qonunlari») asari tibbiyotga oid benazir dasturilamaldir. 5 mustaqil kitobdan iborat bu majmuani ko‘zdan kechirarkanmiz, allomaning yuksak tabiblik salohiyatiga, kasalliklarni aniqlash, ularni davolash borasidagi mahoratiga, bilimdonligiga tan beramiz. Jumladan, «Qonun»ning ikkinchi kitobida 800 ga yaqin dorilarning shifobaxsh xususiyatlari bayon etilganligi buning ayni isbotidir. Abu Ali ibn Sino ilm-fanning boshqa sohalarida ham barakali ijod qilgan. Uning «Donishnoma», «Insof kitobi», «Najot kitobi», 10 jildli «Arab tili kitobi» yohud badiiy ijodga oid «Tayr qissasi», «Salomon va Ibsol», «Xayy ibn Yaqzon» asarlari buning yorqin ifodasidir.
Abu Ali ibn Sino ilmiy merosi nima sababdan bizgacha to‘liq yetib kelmagan?
Bugungi kunda ―Tib qonunlari‖ asari tibbiyot sohasida qanday ahamiyat kasb etib kelmoqda?
Keys № 7.
Do'stlaringiz bilan baham: |