Ikkinchi rejada quyidagilarni e‘tiborga olish lozim. Birinchi Prezident Islom Karimov iqtisodiyotdagi tarkibiy tuzilishni tubdan o‘zgartirish to‘g‘risida: ―Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida-iqtisodiyotimizning tarkibiy tuzilishida tub o‘zgarishlarga asos solishdan iborat g‘oyat muhim vazifani hal etish kerak bo‘ladi. Bu Respublika uchun strategik ahamiyatga egadir. Tarkibiy tuzilishda chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishini va aholi farovonligini ta‘minlashning, jahon iqtisodiy
tizimiga qo‘shilishning eng asosiy shartlaridan biridir‖-deb yozadi. Prezidentning ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning oldiga qo‘yilgan aniq vazifalar quyidagilardan iborat bo‘ldi: iqtisodiyotning bir tomonlama rivojlanishiga chek qo‘yish; importga qaramlikni tugatish; mamlakatning eksport salohiyatini oshirish; xalq iste‘moli mollariga aholining talabini qondirish va boshqalar.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti qariyib 3,7 barobar, aholi boshiga nisbatan real daromadlar 7 barobar, nafaqalarning o‘rtacha miqdori- 9 barobar, ish haqi 18 barobar o‘sdi. Mamlakatimizda uy-joy fondi qariyib 2 barobarga oshdi. Bugun yurtimizda oilalarning 98,5%i o‘z uy joyi yoki kvartirasiga, qishloqdagi oilalarning 97,5%i tomorqasiga ega. So‘ngi 9 yil mobaynida mamlakatimiz yiliga 8,2 foiz o‘sishga erishmoqda. Jahonda, ayniqsa, 2008 yildan buyon davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida bunday ko‘rsatkichlarga ega davlatlar juda kam.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov keyingi vaqtdagi bir necha xorijiy safarlari yakunlari bo‘yicha yaqin istiqbolda amalga oshiriladigan, milliardlab dollar mablag‘ yo‘naltiriladigan hamkorlik hujjatlarini imzoladi. Yoki bo‘lmasa, yurtimizda joriy etilayotgan birgina hujjat- ―2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlari to‘g‘risida‖gi davlat dasturlari bo‘yicha umumiy miqdori salkam 50 milliard dollarni tashkil etadigan 500 dan ziyod investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bilan tarixan qisqa vaqt ichida mamlakatimizda:
sovet davrida eski ma‘muriy-buyruqbozlik tizimiga to‘la barham berildi.
Milliy davlatchilikni shakllantirining huquqiy asoslari yaratildi.
Davlat hokimiyatining bo‘linish printsipi amalga oshirildi;
Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati izchil yo‘lga qo‘yildi;
Erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish jarayoni amalga oshirildi.
Yuqorida aytib o‘tilgan o‘zgarish va yangilanishlar, davlat va jamiyat hayotida amalga oshirilgan tub islohotlar mustaqil davlatchilik poydevoriga qo‘yilgan mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Hozirgi vaqtda jahonda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda davlatlarning tashqi qarzlari ko‘payib bormoqda. SHunday bir paytda O‘zbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 10 foizdan oshmasdan, davlat byudjeti esa so‘nggi besh yilda profitsit bilan bajarilmoqda. Bularning barchasi biz tanlagan, chuqur o‘ylangan demokratik islohotlar strategiyasi, taraqqiyot yo‘li naqadar to‘g‘ri ekani va xalqimiz manfaatlariga, zamon talablariga to‘la javob berayotganini hayotning o‘zi isbotlamoqda. Eng muhimi mustaqillik yillarida xalqimiz o‘zligini, kimlarning qanday buyuk zotlarning avlodi ekanini anglab, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usi hamda qadriyatlarini tiklab, o‘z kuchiga, bunyodkorlik salohiyatiga ishonib, bir-biridan ulug‘vor ishlarni amalga oshirmoqda, erkin va ozod millatlar qatorida o‘ziga munosib o‘rinni egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |