Bog'liq Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020
Oltinchi rejada quyidagi ma‘lumotlarga talabalar e‘tiborini jalb etish lozim. O‘tgan davr mobaynida yurtimizda samarali demokratik saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirish sohasida g‘oyat chuqur o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ma‘lumki Asosiy qomusimizda ―Saylovchilar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida‖gi hamda yangi tahrirdagi ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida‖, ―Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida‖, ―O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida‖gi qonunlarga 2003 va 2008 yillarda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kritildi. 2009 yilgi saylov arafasida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha kontseptsiya ishlab chiqildi. Mazkur kontseptsiya xorijiy ekspertlar tomonidan fuqarolarning saylov va o‘z xohish-irodasini erkin bilidirish borasidagi konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha noyob hujjat sifatida baholangan edi. 2008 yil saylov qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartirishlar muhim bosqichni boshlab berdi. Qonunchilik palatasida deputatlar o‘rinlarining soni 120 tadan 150 taga ko‘paytirildi, shundan 135 nafar deputat siyosiy partiyalardan saylandi. 15 ta deputatlik o‘rni O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlarga berildi. Bundan tashqari saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun o‘rnatilgan muddat 6 oydan 4 oyga tushirildi. Ayni vaqtda siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi uchun ruxsat berish masalasini hal etish borasida zarur bo‘ladigan saylovchilar imzosining miqdori avvalgi 50 ming imzo o‘rniga 40 ming qilib belgilandi. Deputatlikka nomzodlikning ishonchli vakillari soni 5 nafardan 10 nafargacha ko‘paytirildi. SHular qatorida saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga siyosiy partiyaning ―Vakolatli vakili‖ degan yangi institut kiritildi. Unga imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilishini tekshirishda, saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish huquqi berildi. Yana muhim bir yangilik- qonun hujjatlariga saylov komissiyalarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyatida oshkorolikni ko‘proq ta‘minlashga qaratilgan normalarning kiritilishida o‘z aksini topdi. Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, siyosiy partiyalardan ko‘rsatiladigan deputatlikka nomzodlarning kamida 30 foizi ayollardan bo‘lishi me‘yoriy hujjatlarda alohida kiritilgan. 2009 yilga saylov jarayonida ayni shu normani tatbiq etilishi parlamentning quyi palatasiga umumiy deputatlar sonining 22 foizini tashkil etdi. 2009 yil 1 iyuldan kuchga kirgan ―Saylov to‘g‘risida‖gi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining qonuni ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar sirasida alohida ahamiyat kasb etadi. 2012 yilning boshida O‘zbekiston Respublikasining saylov tizimiga zamon talablari va xalqaro andozalarga mos bo‘lgan, avvalo, saylov qonunlarini yanada liberallashtirish va demokratlashtirish maqsadlariga qaratilgan o‘zgartirish va yangi normalarning kiritilgani e‘tiborga sazovardir.