Andijon mashinasozlik instituti falsafa fanidan



Download 5,79 Mb.
bet354/388
Sana18.08.2021
Hajmi5,79 Mb.
#150984
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   388
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

go‘zallik ».
Didro, falsafada haqiqat qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, go‘zallik san‘atda xuddi shunday muhimligini ta‘kidlar ekan, bir san‘at turidagi go‘zallik ikkinchi san‘at turi uchun, bir hodisadagi go‘zallik ikkinchi hodisa uchun mohiyatan bir xil esa-da, bizning narsa-hodisaga bo‘lgan munosabatimiz tufayli ularni har xil nom bilan atashmiz mumkin deydi: axloqdagi go‘zallik – axloqiy, musiqadagi go‘zallik – musiqiy, tabiatdagi go‘zallik – tabiiy v.h. San‘atdagi go‘zallikning asosida badiiy haqiqat yotadi; mazmun haqqoniyligi va badiiy soddalik – mana san‘atdagi go‘zallikning asosiy sifatlari. «Go‘zallik ezgulik va haqiqat, – deb yozadi Didro «Rangtasvir borasidagi tajriba» risolasida, – qo‘lni-qo‘lga berib bir yo‘ldan borishadi. Dastlabki ikki sifatdan biri qandaydir kamdan-kam uchraydigan yoki qanaqadir fojeaviy holatga tushishi bilanoq – haqiqat go‘zallikka aylanadi. Agar uch jismli kompozistiyani qog‘oz yuzidagi uch nuqtani joylashtirish bilan hal qilsangiz, u holda bu – nochor haqiqat, aqldagi jonsiz haqiqat. Bordiyu, shu uch jismdan biri – bizni kunduzi nurafshon etadigan quyosh, ikkinchisi – tunda yog‘du sochadigan oy, uchinchisi – o‘zimiz yashayotgan Er kurrasi deb tasavvur qilinsa, shu zahotiyoq bu haqiqat ulug‘vor

va go‘zal haqiqatga aylanadi».


Didroning mazkur fikrlari, ko‘rinib turibdiki, nafaqat haqiqat, ezgulik va go‘zallikning o‘zaro aloqalariga taalluqli, balki ularda badiiy tafakkurning ilmiy yoki odatiy jo‘n tafakkurdan farqini, bu farqda namoyon bo‘ladigan tasavvurning roli beqiyos ekanini anglatadi.
Did masalasi ham Didro estetikasida muhim o‘rin tutadi. U, Hyumdan farqli o‘laroq, estetik did faqat yaxshi yoki maxsus badiiy tarbiya ko‘rgan odamlardagina mavjud bo‘ladi, degan fikrni rad etadi, didning demokratik xususiyatini ta‘kidlaydi. Ayni paytda go‘zallik hissining tug‘ilishi borasidagi Didroning fikrlari ham did bilan bog‘liq, u Yevropa estetikasi tarixida Kantdan ancha avval go‘zallikning «tahlilsiz» (tushunchalarsiz), to‘g‘ridan-to‘g‘ri, did yordamida idrok etilishini aytib o‘tadi. «Go‘zallik hissi, – uzoq davom etgan kuzatishlar mevasi. Biroq biz bu kuzatishlarni qachon amalga oshiramiz? – deb so‘raydi va unga o‘zi javob beradi. – Har soatda, har daqiqada. Aynan ana shu kuzatishlar bizni tahlil qilish zaruratidan ozod qiladi. Did, o‘z hukmining sabablarini hali anglab etmasdanoq, darhol hukm chiqaradi; ba‘zan esa bu sabablarni u samarasiz qidiradi va ularni topolmasa ham, baribir, o‘z aytganidan qolmaydi... Did, yaxshi did dunyo kabi, odam kabi va fazilat kabi qadimiydir; asrlar uni faqat

takomillashtirib boradi, xolos».


Didroning san‘at turlariga doir qarashlari ularning real hayotda tutgan o‘rnidan kelib chiqadi. Mutafakkir san‘atning barcha o‘ziga xosliklari bilan bir qatorda, uning ijtimoiy tabiatiga ega ekanini qayta-qayta ta‘kidlaydi; adabiyot, teatr, umuman san‘at millat tarbiyasida nihoyatda katta rol o‘ynaydi. San‘at insoniyat taraqqiyotiga xizmat qilishi, xalqning ruhini ko‘tarishi kerak. San‘atkor fazilatni – yoqimli, illatni – jirkanch, kulgili narsani kulgili qilib tasvirlashi lozim. Haqiqat, ezgulik va go‘zallikning kelib chiqishi tajribaviylik bilan bog‘liq. SHu bois xurofotga qarama-qarshi o‘laroq, axloq, san‘at, fan tabiatni, shu jumladan, o‘z tabiatimizni biz qay darajada bilishimizga qarab ravnaq topadi. Toki inson uchun oliy qiziqish insonning o‘zi ekan, san‘at axloqiylikka, insoniyat jamiyatining ravnaqiga xizmat qilishi, ezgulik tantanasi uchun kurashishi kerak.
Demak, san‘at har ikki tabiatga taqlidan rivojlanishi lozim, har bir san‘at turining taqlid vositasi bor: she‘riyat
– so‘z, rassomlik – rang, musiqa – ohang bilan taqlid qiladi v.h. Ayniqsa «katta» tabiatda taqlid ob‘ektlari san‘atkor ko‘ziga yaqqol tashlanadi: har bir tabiat yaratgan narsaning o‘z tabiati, xarakteri bor. «Jonsiz narsalarda xarakter bo‘lmaydi deyish to‘g‘ri emas. Metall va toshlar o‘z xarakteriga ega. Kim oramizda o‘rmondagi tolning egiluvchanligini, terakning adlligini, qarag‘ayning to‘g‘riligi, emanning ulug‘vorligini ko‘nglidan o‘tkazmagan? Gullar ichida esa atirgulning nozini, g‘unchaning uyatchanligini, liliyaning (piyozgulning) mag‘rurligini,

binafshaning kamtarligini, qizg‘aldoqning beparvo nazokatini kim sezmagan?».


SHuningdek, Didroning nazdida san‘at turlari inson tabiatiga, jamiyat tabiatiga o‘xshaydi. «Spektakl, – deb yozadi Didro «Aktyor haqida antiqa gaplar» degan mashhur asarida, – har bir a‘zosi barcha uchun va butunisicha jamiyat uchun o‘z haq-huquqlarini qurbon qiladigan, yaxshi tashkil etilgan jamiyatga o‘xshaydi. Kim bu fidoyilik mezonini hammadan yaxshi baholay oladi?.. Jamiyatda, bu – adolatli inson, sahnada – sovuq aql bilan ish ko‘radigan aktyor. Sizning ko‘chadagi tomoshangiz sahnasi dramatik sahnaga xuddi yovvoyilar o‘rdasi

stivilizastiyalashgan jamiyatga qaragandek munosabatda bo‘ladi».


Didro «sovuq aql bilan ish ko‘rish» deganda, ortiqcha yonib-jo‘shishlarga, balandparvoz tuyg‘ularga berilishni nazarda tutadi. Uning nazdida hissiyotini jilovlay bilmagan aktyor bir xil darajada rol o‘ynay olmaydi. Uning muvaffaqiyati ham, nuqsoni ham bir xildagi tasodifiylik tabiatiga ega. SHu bois Didro aktyordan o‘z roli va yaratayotgan badiiy qiyofasining umumiy ma‘nosidan kelib chiqqan holda, oqilonalik bilan o‘zini boshqarishni talab qiladi. Estetik idrok etishda ham u asarga hissiyotdan kelib chiqib baho berishni tavsiya etmaydi. Zero aql ko‘pincha

O‘sha manba. S. 117.

Дидро Д. Салоны в двух томах. Т. 1. М., Искусство, 1989. С. 240.
Дидро Д. Салоны. Т.2. С. 326.

hissiyot sezmasdan qoldirib ketgan yoki ortiqcha ko‘pirtirib yuborilgan narsalarni topadi va hissiyotning xatosini tuzatadi.


Buyuk franstuz mutafakkiri va uning estetik ta‘limoti to‘g‘risida yana ko‘plab mulohazalar bildirish mumkin. Lekin imkon nuqtayi nazaridan xulosa yasaymiz: Didro o‘z davri ma‘rifatparvarlarining izlanishlarini umumlashtira olgan va san‘atga Yangicha qarashni ilgari surgan buyuk alloma. Uning aksariyat asarlari o‘z ahamiyatini hozir ham yo‘qotgan emas.
Umuman olganda, Yevropa ma‘rifatparvarlari insonni san‘at, axloqiylik, ilm-fan vositasida tarbiyalashga intildilar. SHu bois axloqiy-estetik omillarga katta e‘tibor berdilar, ular orqali Yangi, zamonaviy komil insonni va komil jamiyatni yaratish mumkin degan g‘oyani o‘rtaga tashladilar. Ma‘rifatparvarlar Uyg‘onish davri mutafakkirlarining ishini davom ettirdilar va uni Yangi bosqichga ko‘tardilar.

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish