Andijon mashinasozlik instituti falsafa fanidan


Rus mumtoz nafosat falsafasi



Download 5,79 Mb.
bet356/388
Sana18.08.2021
Hajmi5,79 Mb.
#150984
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   388
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Rus mumtoz nafosat falsafasi
Bu davrga kelib Rossiyada ham falsafiy tafakkur yuksak darajaga ko‘tarildi, rus san‘ati ham mislsiz taraqqiyotga etishdi. SHu bois XIX asr oxiri va XX asr boshlarida rus tafakkurini tom ma‘noda mumtoz deb atash mumkin. Ana shu mumtoz tafakkurning etakchi vakillaridan biri – shoir, ilohiyotchi, faylasuf Vladimir Sergeevich Solovyovdir (1853-1900).
Solovyov go‘zallikni o‘zining ziddidan, ya‘ni xunuklikdan (go‘zal insoniy vujud xunuk embriondan vujudga kelganidek), bir-biriga qarama-qarshi ikki ibtido – modda va nurning o‘zaro birikuvidan tug‘iladi deb hisoblaydi. Qaerdaki modda nurafshon bo‘lsa, o‘sha erda go‘zallik hodisasini uchratish mumkin. Modda va nurning uzviy omuxtaligi – hayot, deydi Solovyov. SHu bois qaerda hayotning ichki to‘laqonligiga erishilsa yoki uning hodisalari

Qarang: Шопенгауер А. Мир как воля и представление. Т.1. Минск, Попурри, 1998. С. 312-316.

Шопенгауер А. Введение в филосифию. Новые паралипомены. Об интересном. Минск, Попурри, 2000. С.

«jonli kuchlar o‘yini taassurotini» qoldirsa, tabiat o‘sha erda o‘zining bor go‘zalligi bilan namoyon bo‘ladi. Nur va hayot - tabiatdagi estetik mazmunni baholashning ikki asosiy mezoni.


Buyuk rus mutaffakiri tabiiy go‘zallikni uning noorganik dunyodan organik dunyoga, undan insonga qarab taraqqiy etib borishida ko‘radi. Noorganik dunyoda go‘zallik ikki turda mavjud bo‘ladi; ziyoiy go‘zallik (yulduzli osmon, kamalak, olmos) va hayotni oldindan anglatuvchi hodisalar aurasi - ufurishi (shildiragan irmoq, sharshara v.h.) sifatidagi go‘zallik. Nabotot dunyosidagi estetik makonda hayratda qoldiradigan bezakdorlikka esa bo‘lgan go‘zallik etakchilik qiladi. Bunday go‘zallikning oliy ifodasi gullardir. Hayvonot dunyosida go‘zallik naqshlar (ranginlik) va musiqiy shakllarda namoyon bo‘ladi. U go‘zallikni ob‘ektiv asosdan ajrata olmaydi, aksincha u, eng avvalo xususiyat, keyin tushuncha: «Go‘zallik, – deb yozadi V.Solovyov «Tabiatdagi go‘zallik» asarida, – haqiqiy voqelik, dunyoda ro‘y
berayotgan tabiiy jarayonlar asaridir». Bu bilan u tor doiradagi «estetlar» va estetik nazariyalarga radiya bildirmoqchi bo‘ladi. SHu sababli L.Tolstoy: «Zero go‘zallikka asoslangan, estetik risolalarda bayon etilgan va jamoatchilik tomonidan ilg‘ar-ilg‘amas tarzda tushuniladigan san‘at nazariyasi, bizga, ya‘ni ma‘lum bir davradagi odamlarga nima yoqqan bo‘lsa va yoqsa o‘shani yaxshi deb tan olinishidan boshqa narsa emas», – deb yozadi o‘zining «San‘at nima?»
risolasida. Tabiiy go‘zallik o‘zining oliy ifodasini insonda topadi; u tabiat dunyosidagi estetik idealning eng mukammal ko‘rinishi; ong ato etilgan inson tabiati voqeligini ijodiy o‘zlashtirishga qodir. Biroq, Solovyovning fikricha, so‘nggi paytlarda tabiat va inson orasida qarama-qarshilik chuqurlashib bormoqda; inson tabiatga, qandaydir qiyofasiz bir narsaga qaraganday munosabatda bo‘lmoqda. SHu bois faylasuf ekologik muammoni axloqiy jihatdan hal etishning yagona usulini go‘zallikda ko‘radi. Bu o‘rinda san‘at asosiy tarbiyachi rolini o‘taydi.
Vladimir Solovyov «San‘atning umumiy ma‘nosi» asarida san‘at oldiga uch yoqlama vazifa qo‘yadi; 1) tabiatning estetik ifodasida ifoda topilmaydigan jonli g‘oyani, uning ichki mazmunini moddiylashtirish; 2) uning estetik borlig‘ini ruhoniylashtirish; 3) uning muayyan hodisalarini mangulikka dahldor hodisalarga aylantirish. –
Mana shu vazifani bajarib borish jarayonida san‘at ilhomli kafolatga aylanadi, voqelikning o‘zida esa moddiylikni ma‘naviylashtirish jarayonlari kuchayadi. Inson san‘ati insonning o‘zini komil go‘zallikdan bevosita va bilvosita ogoh etadi. Bevosita ogoh etish musiqa va lirik she‘riyatda ifodalanadi. Bilvosita ogoh etishning shakli ikki xil bo‘ladi: a) tabiiy go‘zallikni kuchaytirish, ideallashtirish (me‘morlik, rangtasvirli manzaralar); b) ideal va voqelikning mos kelmasligini ifodalash (qahramonlik eposi, fojea, kulgi (komediya). Xullas, Vladimir Solovyovning san‘at falsafasi dunyoni estetik tarzda ro‘yobga chiqarish, voqelikni badiiy jihatdan qayta bunyod etish g‘oyasiga asoslanadi.
Biz mumtoz deb atagan rus estetikasida o‘nlab ulug‘ faylasuflar bilan birgalikda F.M.Dostoevskiy, Ya.N.Tolstoy, I.S. Turgenev, A.Fet, A.P.Chexov singari buyuk yozuvchi-shoirlar ham o‘z o‘rniga ega. Shulardan biri – Lev Tolstoy (1828 – 1910) qarashlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish