Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т., «Маънавият», 2008, 58-б.
Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиѐт йўлида. Т., «Ўзбекистон», 1998, 127-б.
Каримов И.А. Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман. «Фидокор» газетаси, 2000 йил,
июн.
Bu faxrlanish hissidan kelib chiqqan balandparvoz gap emas. Masala shundaki, G‘arb jamiyatlari hozirgi paytda axloqiylikni huquqiylikning yuqori bosqichi sifatida qabul qilmoqdalar. Lekin ular uchun «axloqiy o‘rin bo‘shatishdan» ko‘ra «huquqiy o‘rinni egallab turish» nafaqat qonuniy, balki zavqliroq tuyuladi. Bizning mentalitetimizda esa buning aksi – har bir «axloqiy o‘rin bo‘shatish» o‘zbek qalbiga quvonch, o‘z insonlik burchini bajarganlik hissini to‘ldiradi.
Bundan tashqari, bizda fuqarolik jamiyati qurishni ma‘lum ma‘noda tezlashtiradigan, G‘arb mentalitetiga xos bo‘lmagan mahallalar bor. O‘zbek mahallalari tom ma‘noda axloqiy tarbiyaning maskani; oila kattalari bolaga qanchalik tarbiya bera olsa, o‘sha oila yashayotgan mahallaning tarbiya borasidagi hissasi ham shuncha bo‘ladi, desak xato qilmaymiz. Buning ustiga, mahallada xalqimizning qadimiy demokratik an‘analari hozir ham o‘z kuchini yo‘qotgan emas. Mahallada yashayotgan hukumat a‘zosi ham, millioner tijoratchi ham, farrosh ham, oddiy o‘qituvchi ham bir xildagi mahalladoshlik huquqiga ega. CHunonchi, mahallaning oqsoqoli oddiy o‘qituvchi bo‘lishi mumkin va ko‘p hollarda shunday ham. Hukumat a‘zosi yoki millioner esa, mahallada faqat mahalladoshlik «lavozimi»da bo‘ladi. Ularning farqlanishi faqat axloqiy jihatlari bilangina belgilanadi. Ana shu xususiyatlari bilan mahalla o‘z–o‘zini boshqarish tuzilmasi sifatida oiladan fuqarolik jamiyatiga o‘tish uchun axloqiy ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. Bunday oraliq bog‘lovchi tuzilma, yuqorida aytganimizdek, G‘arb olamida yo‘q. Demak, shunga ko‘ra ham, bizda fuqarolik jamiyatiga o‘tish nisbatan osonroq kechadi, degan fikrni bildirish mumkin. Bu borada Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning: «SHu ma‘noda mahallani o‘z–o‘zini boshqarish maktabi, ta‘bir joiz bo‘lsa, demokratiya darsxonasi, deb atash mumkin», – degan so‘zlari ayni haqiqatdir.146
Shunday qilib, fuqarolik jamiyati muayyan xalq uchun jam bo‘lib, jamoat tarzda yashashning eng oliy shakli hisoblanadi va nosiyosiy bo‘lgan barcha munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Unda shaxs erkinligi «individning ochilishi» ixtiyoriy tarzda tuzilgan fuqarolar uyushmalari, tashkilotlari va birlashmalari doirasida o‘zini namoyon qiladi; iqtisodiy, diniy, ma‘naviy, axloqiy–estetik milliy, oilaviy v.b. munosabatlar davlat idoralarining aralashuvisiz, o‘z–o‘zini boshqarish asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |