Andijon mashinasozlik instituti falsafa fanidan


Oilaviy mulk, farzand tarbiyasi va oilaning tarqalishi



Download 5,79 Mb.
bet334/388
Sana18.08.2021
Hajmi5,79 Mb.
#150984
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   388
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Oilaviy mulk, farzand tarbiyasi va oilaning tarqalishi. Oilaning yana bir jihati – uning o‘z mulkiga egaligi. Agar nikoh oilaning botiniy ko‘rinishi bo‘lsa, oilaviy mulkni uning tashqi ko‘rinishi deyish mumkin. Oilaning mavjud bo‘lishi uchun ishlab topiladigan mablag‘ ham zarur. Oila uchun topiladigan ana shu mablag‘, shubhasiz, axloqiy tabiatga ega: oila boshlig‘i oila a‘zolarini halol yedirib–ichirishi, kiydirishi lozim. Oilani odatda erkak kishi boshqaradi. U nafaqat «topib keladi», balki oilaviy mulkka xo‘jayinchilik qilish, uni taqsimlash huquqiga ham ega.
Yuqorida aytganimizdek, nikoh ezgu maqsadga yo‘naltirilgan, zimmasiga zurriyot qoldirishdek yuksak mas‘uliyat yuklangan, axloq bilan chegaralangan qo‘shiluv, birlashuv; bu birlashuvdan maqsad – hayotda o‘zlaridan yaxshiroq, mukammalroq bo‘lgan, o‘zlari erisholmagan orzularni ro‘yobga chiqaradigan odam nusxalarini yaratish. Bunday odamlar farzandlardir. SHu munosabat bilan SHimmel xonim o‘zining avvalgi boblarda tilga olingan kitobida ba‘zi mutasavviflar uchun umumiylik tabiatiga ega bo‘lgan qiziq bir fikrni keltiradi: «Ba‘zi so‘fiy–teosofik oqimlarning tarafdorlarida mahsulot beradigan har bir xatti–harakatni «nikoh» deb atashga moyillik bor. Ularning fikricha, po‘lat bilan chaqmoqtosh birlashsa, bu nikohdan yanada yetukroq farzand, ya‘ni olov dunyoga keladi. Erkaklik va ayollik unsurlarining birlashuvi hayotni yanada yuqoriroq pog‘onaga chiqaruvchi omildir»142.

Byron. Don Juan. M., Foreign language publishing house, 1948. P. 124.
Шиммел А. Жонон менинг жонимда, 44 45-б.

SHu bois oilada bolaning ahamiyati nihoyatda katta. Ota bolada o‘z jufti halolini, ona esa sevimli erini ko‘radi: bolada er–xotinning muhabbati predmetlashadi, jonlanadi. Bola – oilani tutib turuvchi jonli muhabbat. Bolalar oilada umumiy oilaviy mulk hisobiga yeb–ichadilar, tarbiya oladilar.


Oilada bolalar intizomli bo‘lib o‘smoqlari, ota–onaga bo‘ysunishlari lozim. Lekin bu intizom erkin o‘sib kelayotgan go‘dakni qullikka o‘rgatish emas, balki bolalarga xos erka–tantiqlik, o‘zboshimchalik singari salbiy xususiyatlarni yo‘qotishga xizmat qilishi kerak. Ota–onaga bo‘ysunishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yish bolaning kelajakda qo‘pol, badxulq, nokamtarin bo‘lib yetishuviga olib keladi. SHu bois oila ilk axloqiy tarbiya o‘chog‘i sifatida katta ahamiyatga ega.
Oila tarqalishi ham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri – oilaning axloqiylik nuqtayi nazaridan tarqalishi. Bunda bolalar balog‘atga yetgach, erkin shaxs sifatida Yangi oilaga asos bo‘lishlari – o‘g‘il bolalarning uylantirilishi, qizlarning erga berilishi nazarda tutiladi. Uylantirilgan o‘g‘illarga ham, erga berilgan qizlarga ham Yangi oila qurish va uni moddiy jihatdan dastlabki paytlarda muhtojlikdan saqlab turish uchun yetarli bo‘lgan uy– ro‘zg‘or ashyolari ajratiladi.
SHuningdek, oilaning tabiiy tarqalishi ham mavjud. Unda ota–onaning yoki otaning vafoti tufayli oila mulkining meros tarzida bir yoki bir necha farzandga o‘tishi munosabati bilan oila tarqalishi mumkin.
Bundan tashqari, nikoh bekor qilinishi munosabati bilan oila tarqaladi. Aslida nikoh ham diniy, ham dunyoviy nuqtayi nazardan buzilmasligi kerak. Lekin o‘rtada xiyonat sodir bo‘lishi yoki yana boshqa bir xil sabablar tufayli nikohni faqat axloqiy obro‘ga ega, qonun bilan tan olingan idoralar, masalan, sud, vakolatli ruhoniy bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, axloqiy hodisa. Har bir jamiyat mana shu so‘nggi turdagi oila tarqalishiga qarshi kurashadi. Bunday oila buzilishi qancha kamaysa, u o‘sha jamiyatning axloqiy jihatdan takomillashib borayotganini anglatadi. «Muxtasar aytganda, hammamizga ayon bo‟lishi tabiiyki, oila sog‟lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir»143.

Dastlabki axloq maskani bo‘lmish oilalar yig‘indisi fuqarolik jamiyatini, millatni tashkil etadi. Fuqarolik jamiyati mohiyatan oila bilan davlat o‘rtasidagi daraja. Garchand, uning taraqqiyoti davlat taraqqiyotidan keyinroq ro‘y bersa ham, u albatta davlatni taqozo etadi, ya‘ni fuqarolik jamiyatining yashashi uchun uning oldida mustaqil nimadir – rasmiy, tizimli boshqaruv bo‘lishi kerak.


Fuqarolik jamiyati zamonaviy dunyomizda vujudga keladi, zero, hozirgi paytdagina fuqarolar huquqi haqiqatan ham inobatga olinadi. Fuqarolik jamiyatida har bir odam o‘zi uchun maqsad. Biroq, u boshqalar bilan munosabatga kirishmasdan turib, o‘z maqsadiga to‘la erisha olmaydi: boshqalar uning maqsadga yetishishi yo‘lidagi vositadir. Natijada har bir alohida maqsad boshqalar bilan o‘zaro munosabatlar vositasida, ularning farovonlikka intilishini qanoatlantirgani holda, o‘zi ham qanoatlanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, fuqarolik jamiyatida yaxshi, badavlat, baxtli, huquqiy yashash uchun bo‘lgan har bir fuqaroning intilishi pirovard natijada butun jamiyatning o‘shanday yashashiga olib keladi.
Fuqarolik jamiyati, shunday qilib, bir kishining ehtiyojini uning mehnati vositasida qondirishi barobarida, shu mehnat vositasida barcha qolganlarning ham ehtiyojini qondiradi. U o‘z a‘zolarining shaxsiy erkinliklari va huquqlarini himoya qiladi, odil sud vositasida ular mulkiga daxl qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi. Fuqarolik jamiyati turli tabaqalardan tashkil topadi. Ular orasida tabaqaviy yoki sinfiy ziddiyat singari hodisalar ro‘y berishi mumkin emas. CHunki bunda shaxs – davlat fuqarosi, muayyan inson manfaatlari birinchi o‘rinda turadi va bu manfaatlar, aytganimizdek, ham axloqiy, ham qonuniy jihatdan himoya qilinadi. Zotan, «Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z–o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam deradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi»144.
Fuqarolik jamiyatining yashash sharti – erkinlik. SHaxsning qonun doirasidagi so‘z erkinligi, fikr erkinligi va faoliyat erkinligiga to‘la yo‘l qo‘yilmas ekan, fuqarolik jamiyati amalda mavjud bo‘la olmaydi. Bu jamiyatning yana bir muhim tomoni shundaki, unda qarindoshlik, urug‘doshlik, elatdoshlik singari hissiyotlardan kasbdoshlik, mahalladoshlik hissiyotlari ustun maqomga ega bo‘ladi; yonma–yon ishlayotgan va yashayotgan jamiyat a‘zolari, «begonalar» – umumiy maqsad uchun kurashayotgan hamma yelkadoshlar o‘zlarining uzoq qarindoshlaridan ko‘ra bir–birlariga yaqinroq ekanliklarini anglab yetadilar. Undagi boshqaruv esa erkin tanlov va erkin saylov asosida, hokimiyat idoralari tazyiqidan qonun bilan himoyalangan ixtiyoriy tuzilmalar ko‘magida ish olib boradi. SHu bois davlatimiz rahbari Islom Karimov fuqarolik jamiyatini mamlakatimiz siyosiy va davlat qurilishining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida ta‘kidlaydi va bu xususiyatning mohiyatini mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini–o‘zi boshqarish organlari vazifalarini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma– bosqich o‘tkazib borish, nodavlat va jamoat tuzilmalari huquqi va mavqeini oshirishni ko‘zda tutadigan «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» konsepsiyasini amalga oshirishdan iborat» deb ta‘riflaydi145.
Mamlakatimizda hozir erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini tuzishga kirishganmiz. Bu jamiyat, ma‘lum ma‘noda, g‘arbliklar tasavvuridagi fuqarolik jamiyatlaridan farq qiladi. G‘arbda bu borada e‘tibor asosan huquqiy yo‘nalishning ustuvorligiga qaratilsa, bizda axloqiy–ma‘naviy yo‘nalishning ustuvorligini ko‘rish mumkin. SHu nuqtayi nazardan olib qaraganda, biz qurayotgan fuqarolik jamiyati G‘arb dunyosi uchun o‘rnak bo‘lishi mumkin.


Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish