Andijon mashinasozlik instituti falsafa fanidan



Download 5,79 Mb.
bet381/388
Sana18.08.2021
Hajmi5,79 Mb.
#150984
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   388
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Askiya. Baxshilik san‘atiga o‘xshab, askiya ham xalq og‘zaki ijodi mahsuli. U arab tilidagi «o‘tkir zehnli» ma‘nosini anglatadigan «zakiya» (ko‘pligi – «azkiya») so‘zidan olingan bo‘lib, qadimgi, xalq sevgan san‘at turlaridan biri. U – ikki va undan ortiq kishi tarafma-taraf bo‘lib, davrada, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tomoshabinlar olqishi shaklidagi baholash usulida o‘tkaziladigan so‘z o‘yini.
Ammo askiya oddiy so‘z o‘yinidan qat‘iy belgilangan mavzui bilan ajralib turadi. Uning bu xususiyati payrov janrida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu janr nihoyatda izchillikni talab etadi, payrovdan chiqish, chetga uni chala qoldirib ketish, mumkin emas. «To‘laqonli adabiy asarda, masalan, tabiat manzaralari, kishilar obrazi va xarakteri, ularning hayotga munosabatlari, voqealarning rivojlanishi va tugallanishi, g‘oya va harakatni to‘lduruvchi detallar tasvir etilganday, - deb yozadi askiyashunos R.Muhammadiev, - payrovda ham bu talablar amalga oshirilishi shart, aks holda u «chala», «xom» bo‘lib qoladi. SHu jihatdan qaraganda payrov syujetli yaxlit badiiy asar
hisoblanadi»202. M., «Imorat» payrovida olingan eru poyolvorga qazilgan chuqurlindan boshlab, to tom yopilib, imorat uvog‘u bo‘yoqdan chiqqunicha bo‘lgan jarayon aks etishi kerak.
Payrovdan farqli o‘laroq, o‘xshatdim, bo‘lasizmi, gulmisiz, rayhonmisiz qofiya, radif, kabi kichik janrlarda askiyachi o‘z raqibining ba‘zi sifatlarini, xislatlarini boshqa narsalarga o‘xshatish, nisbat berish orqali kulgi uyg‘otadi. Bunda, R.Muhammadiev ta‘kidlaganidek, ikki tarafning har safargi savol-javobdan keyin mavzu tugashi va ikkinchi savol-javobida boshqa mavzuga o‘tish mumkin.
Askiyaning hamma janrlarida ham so‘z qo‘llashdagi mohirlik, mubolag‘a, kinoya, kessatiq, qo‘l, yuz harakatlari singari vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Lekin, eng muhimi, bu san‘at turining hamma janrlarida belgilovchi xususiyatlardan biri –hozirjavoblik. Raqib tomonning savoliga yoki sifatlashiga sayoz, kulgi uyg‘otmaydigan tarzda javob bergan, «hujum»ni munosib rad etolmagan tomon engilgan hisoblanadi, zero favqulodda ko‘chma ma‘no, majoziylik qonuniyatiga binoan izchil va nozik fikrlash hozirjavoblikning moyasi hisoblanadi.
Askiyaning yaxlit san‘at turi sifatidagi yashash sharti – bu uning erotik tabiatga egaligi. Unda mazmun mehnat turlariga, kasbga, muomalaga doir so‘z va atamalarga nihoyatda nozik, pardali tarzda jinsiy ma‘noni jolash orqali ochiladi. Aynan ana shu ko‘chma ma‘no tinglovchi hozirjavobligi tomoshabinda kulgi uyg‘otadi. Zero hozirjavoblik erotik-seksual urg‘uga ega bo‘lsagina, askiyaga aylanadi, aks holda u topib aytilgan hazildan nariga o‘tmaydi. Ayni paytda askiyada laqab ishlatish ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Lekin laqab askiyada shaxsning jismoniy nuqsini ochish, hajv uchun emas, balki zaminida mehr yotgan hazil tariqasidagi latifa so‘z o‘yinlari vositasida kulgi qo‘zg‘otish uchun qo‘llaniladigan usul hisoblanadi.
Askiya o‘zbeklarda urug‘chilik-qabilachilik davrida vujudga kelgan degan faraz bor. Zotan, darslikning tarixiy qismida ko‘rib o‘tganimizdek, SHrayber-Froyd nazariyasiga binoan qadimgi odam jinsiy munosabatlarga doir so‘zlarni mehnat turlariga qo‘llab, og‘ir mehnatga huzurbaxshlik berishga intilgan. Askiyaning kelib chiqishi ham ehtimol shundadir. Bu san‘at turining eng ravnaq topgan davri ilmda XIV-XV asrlar deb tan olingan. O‘sha davrda mavlono Burhon lang, Said G‘iyosiddin Sharfa, Mavlono Xalil Sahof, Mavlono Abdulvose‘ munshiy kabi askiyachilar bu boradagi eng kuchli san‘atkorlar hisoblangan. Keyingi davrlarda ham askiya o‘zbek xalqining to‘y-tomoshalari, tantanali marosimlarida o‘z o‘rniga ega nazokatli san‘at sifatida taraqqiy topib bordi. Biroq sho‘rolar davrida u «qayta ishlandi», ya‘ni uning erotik san‘at turi sifatidagi xususiyati inkor etildi. Natijada askiya zo‘raki kulgi asosiga qurilgan jiddiy «xalq og‘zaki ijodi janri»ga aylandi. M., biz iqtibos keltirgan «Askiya» kitobida o‘sha davrlarda yozib olingan va «Mushtum» jurlarida e‘lon qilingan payrovlar, askiyaning kichik janrlari, askiyachilarning mahoratiga qaramasdan, yoniningizda birov qitiqlab tursa ham, sizda kulgi qo‘zg‘otishi mushkul. Chunki mazmunan sostialistik, shaklan milliy bo‘lgan bu askiyalarda o‘q tomir – nihoyatda nozik pardalangan erotik xususiyat yo‘q. Aynan ana shu xususiyat tufayli boshqa san‘at turlariga (M., badiiy adabiyotga, teatrga v.b.) o‘xshab bolalar askiyasi, o‘simirlar askiyasi, yoki yoshlar askiyasi degan tushuncha qo‘llanilmaydi. Askiya faqat balog‘atga etgan kishilar uchun mo‘ljallangan san‘at turi. Lekin alohida ayollar askiyasi, erkaklar bilan ayollar yonma-yon ishtirok etgan askiyalar mavjud. M., mohir askiyaboz Muhabbatxon Yo‘ldosheva, Muhiddin Darvishov, Zaynobidin va Madaminjon YUsupovlar, Abdulhay mahsum Qozoqov kabi erkak askiyabbular davrasida ulardan qolishmagan holda ishtirok etib keladi.
Hozir Mustaqillikdan keyin askiya yana o‘z asl qiyofasiga qaytdi. Haqiqiy askiyani keyingi paytlarda askiyabozlar musobaqalarida, respublika miqyosida katta tantanalarda, teleekranda tinglab, tomosha qilyapmiz. Bunday askiyalardagi kulgi o‘ziga xos tanqidiy ruhga ega. U jamiyatimizning yanada ravnaq topishi, estetik didni yuksaltirish uchun xizmat qilib kelayotgan san‘at turi. Lekin ba‘zi bir bizning mashhur «profesional» qiziqchilarimizning azbaroiy odamlarni kuldiraman deb bachkanalikka, bepardalikka yo‘l qo‘yayotgan holatlari ham uchrab turishi kishida afsus yug‘otadi. Vaholanki askiya, bir suhbatda ulkan yozuvchimiz Abdulla Qahhor aytganidek, usti bir qavat yupqa tuproq bilan yopilgan bir uyum go‘ng ustida o‘sgan atirguldek go‘zal, uning rangidan, hididan bahramand bo‘lish lozim, tagidagi tuproqni ochib, go‘ngni titish kerak emas. Aks holda askiyaning bor go‘zalligiyu, nozikligi, hayo pardasi yo‘qoladi, u so‘kish va so‘kinishning madaniylashgan shakliga aylanadi-qoladi.


Askiya G‘. G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, T., 1970 y., 6–b.



Estrada. Qadimda estrada bilan stirk yaxlit bir san‘at turi hisoblangan. XIX asrga kelib, estrada stirkdan mustaqil tarzda faoliyat ko‘rsata boshlagan. O‘zbekistonda u Qo‘qon xonligida XIX asr boshlarida tashkil etilgan
keyinchalik «qiziqchilar» teatri deb atalgan.203 Umuman olganda, u an‘anaviy san‘atlar ichida nisbatan Yangisi va ba‘zi jihatlari bilan zamonaviy – texnikaviy san‘at turlariga ma‘lum ma‘noda yaqinligi bor (estrada musiqasining zamonaviyligi, elektron asboblar ijrosi v.h.).
San‘at turi sifatida estrada omuxtalik tabiatiga ega, unda teatr, musiqa, stirk, askiya unsurlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. M., drama va komediyaning, kichik shakllari, intermediyalar, akrobotika, pontomima, janglyorlik, qo‘shiq, badiiy o‘qish v.b. janrlar muvafaqiyatli ijro etiladi. Unda zamonaviy muammolarning ko‘ngil ochish usullari va kulgi vositasida ifodasini, xilma-xil tanqid yo‘llarini ko‘rish mumkin. Falsafiylik, ijtimoiy-siyosiy mavzular, estradada qisqa, lo‘nda, qiziqarlili tarzda ochib beriladi. Estrada, sahnaviy san‘at bo‘lsa-da, teatrdan aynan ana shu «engilligi», «ko‘ptomonlamaligi» bilan farq qiladi. Mashhur rus estrada aktyori E.Petrosyan shuni nazarda tutgan holda, bu san‘at turini «san‘atdagi jurnalistika» deb ataydi.
Estrada namoyishlarini (nomerlarini) ko‘pincha konferense bir tizimga solib turadi. Ba‘zan esa buni aktyorning o‘zi amalga oshiradi, estradada aktyor mahorati, uning xatti-harakatlari, yuz ifodasi, zarur paytdagi pauzasi v.b. hodisalar muvafaqqiyatning asosiy omili hisoblanadi. Estrada aktyori tomoshabin bilan uzviy aloqada bo‘ladi: sahna va zal ba‘zan bir-birini to‘ldiradi. SHu o‘rinda yana E.Petrosyanni eslashga to‘g‘ri keladi, mening bosh rejissyorim, tomoshabin u menga nima qilish kerakligini aytib berib turadi, deydi buyuk aktyor.
Hozirgi paytda maxsus «estrada teatrlari» mavjud. Rus va jahon estradasida aktyorlar asosan yozuvchilar maxsus yozib borgan yoki matbuotda e‘lon qilingan eng yaxshi hajviyalar asosida ish ko‘radi. Afsuski, bizning aktyorlar «Obid A» teatrida ham «Mirza» teatrida ham asosan matnlarni o‘zlari to‘qiydilar va jahon latifalarini o‘zbekchalashtirib tomoshabinga taqdim etadilar. Natijada aktyorlarimiz qanchalik iste‘dodli bo‘lmasin, (ularning ko‘pi haqiqatan ham iste‘dodli), chiqishlari qiziqchidan ko‘ra, ko‘proq bachkanalikka aylanib ketadi.
asrda jahon estradasida o‘ziga xos estrada qo‘shiqchiligi maxsus janr sifatida keng yoyildi. Jahonga mashhur estrada guruhlari va qo‘shiqchilari katta shuhrat qozondilar («AVVA», «Yalla», Jekson, Tarkan v.b.),
ulkan stadionlarda o‘tkaziladigan «gala konstertlar» paydo bo‘ldi. Bularning hammasi estradaning zamon talablariga, jurnalistlar tili bilan aytganda, «operativ» javob beradigan jurnalistik ruhdagi san‘at turiga aylanganini ko‘rsatadi. SHundan kelib chiqadigan bo‘lsak, bizning estradamizga qo‘yiladigan talablar hozirgidan bir necha barobar yuksak bo‘lishi kerak.

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish