Andijon mashinasozlik instituti falsafa fanidan



Download 5,79 Mb.
bet379/388
Sana18.08.2021
Hajmi5,79 Mb.
#150984
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   388
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Musiqa. Agar rassomlik san‘atida deylik uning manzara janridagi Levitanning mashhur ―Qarag‘ayzor‖ asari ko‘z oldimizda muayyan ma‘noda tugallangan rangtasvir sifatida namoyon bo‘lsa, musiqa asari, m., Betxovenning ―Oydin sonata‖si yoki Hoji Abdulazizning ―Guluzorim‖ kuyi ohanglar vositasida tinglash jarayonida chizilayotgan rangtasvirdir. Ya‘ni rangtasvir badiiy mazmundagi markazni in‘ikos ettirgan holda ibtido bilan intihonni tasavvurimizga havola qilsa, musiqada ibtido, markaz va intiho asarning o‘zida mujassam bo‘ladi. SHu bois rassomlik san‘atini ranglar musiqasi, musiqani esa tovushlar tasviri deyish mumkin. Ayni paytda musiqa rassomlikdagi yoki badiiy adabiyotdagi aniq yo muayyan tasvirlash imkoniga ega emas, lekin u ohangdor tovush orqali inson qalbiga kuchli ta‘sir ko‘rsatish, uning ruhini qisqa vaqt ichida o‘zgartirish qudratiga ega. Bu jihatdan unga teng keladigan san‘at turi yo‘q. Shu sababli musiqadagi ―musiqiylik‖ tushunchasi barcha san‘at turlari uchun yuksak mahorat ma‘nosini anglatadi. M., she‘riyatdagi musiqiylik, nasrdagi musiqiylik, me‘morlik – qotib qolgan musiqa, ranglar musiqasi v.h.
Musiqa san‘ati keskin farqlanadigan milliylik va mintaqaviylik xususiyatiga ega. Xususan, G‘arb bilan Sharq musiqasida intonastiya, ohang, ijro uslublari va usullari, musiqiy asboblarning xar xilligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. To‘g‘ri, g‘arbliklar va Sharqliklar odam sifatida bir-biriga (ichki dunyosi nuqtayi nazaridan) muayyan o‘xshashliklarga ega bo‘lganidek, ularning musiqasida, ijro asboblarida qay ma‘nodadir umumiylik bor. M., ba‘zi franstuz, olmon xalq qo‘shiqlari bilan o‘zbek xalq qo‘shiqlari orasida intanastion o‘xshash jihatlarni, fortapiyano bilan chang, g‘ichchak bilan skripka, nay bilan fleyta v.b. musiqiy asboblarda umumiy tomonlarni uchratamiz. Lekin, ayni paytda biz Mostart asarlari bilan Hoji Abdulaziz asarlari orasidagi katta farqni darhol anglab etmasligimiz mumkin emas. Chunki musiqa pardalar pastu balandligiga asoslangan, oddiy tovushga qaraganda uzoq davom etadigan ohangdor tovush vositasida inson ichki dunyosini ifodalaydi. Eng avvalo ana shu ichki dunyo inson millatini, mentalitetini belgilaydi, uning tashqi ko‘rinishidagi farqlar ham ayni o‘sha ichki dunyo bilan bog‘liq. Shu sababli musiqani millatning qalbi deb atashlari bejiz emas. M. F.Verdinelning ―Jiz‖ operasini tomosha qilib o‘tirgan oddiy o‘zbek dehqoni ―Nima bu oddiy gapni qo‘shiqqa o‘xshatib, uning ustiga juda baland ovozda aytadi‖, deb hayron bo‘ladi va uni rasmona estetik idrok eta olmaydi. Ammo o‘sha dehqon Sulaymon YUdakovning ―Maysaraning ishi» operasini har gal Toshkentga kelganda jon qulog‘i bilan, maza qilib eshitib, tomosha qiladi. Unga oddiy gapni qo‘shiq qilib aytilishi ham, ovozlardagi intonastiya ham erish tuyulmaydi, bularni u sezmaydi ham asarni estetik zavq bilan idrok etadi. Chunki ―Jizel‖ – Yevropa mentalitetining italyan kishisining qalbiga, ‖Maysaraning ishi‖ o‘zbekning qalbiga mos milliy ohanglar uyg‘unligi bilan murojaat qiladi.
Biroq, musiqa mohiyatan umuminsoniy tabiatga ega, qaysi millatga taalluqli bo‘lishidan qat‘i nazar, musiqa tarjima qilinmaydi, rassomlik san‘atiga o‘xshab, uning tili – bitta. Faqat o‘sha tilni tushunish uchun har bir millat o‘z estetik tarbiyasini yuksak darajasiga ko‘tarishi, estetik didini ilmiy-amaliy asosida shakllantirishi lozim. Nima uchun Muhiddin Qoriyoqubov XX asrning 30-yillarida, Munojot Yo‘lchieva 90-yillarida Parij konstert zallarida bergan konstertlariga ko‘pchilikka chipta etishmagan, zalga kirganlar esa ularni bir mo‘‘jizaday tinglashgan, konstert so‘ngida deyarli yarim soat tik turib qarsaklar bilan olqishlashgan. Demak, hali bizning estetik tarbiyamiz, didimiz franstuzlarga qaraganda ancha past. SHuning uchun ham biz Yevropa musiqa san‘at durdonasini ham rosmana idrok etolmaymiz. Vaholanki, jahonda barcha sohada integrastiyalashuv jarayoni jadal sur‘atlar bilan bormoqda. O‘zbek estetikasining vazifasi ana shu jarayonda millatimizning to‘laqonli ishtirokini ta‘minlashga xizmat qilishdir.



200Qarang. ―San‘at‖jurnali, 1991 y, 5-sоnidagi zarvaraq.

Musiqa san‘atida qo‘shiq janrining o‘rni alohida uni ba‘zan qo‘shiqchilik san‘ati ham deb atashadi. Chunki aynan qo‘shiq, ohangdor inson ovozi musiqaning vujudga kelishida ulkan rol o‘ynagan. Aynan qo‘shiq ohangga solingan so‘zlar orqali millat tarix-dn, xalqning ijodiylik qobiliyatidan bizga xabar beradi. Eng go‘zal, eng badiiy yuksak xalq she‘rlari qo‘shiqlar matni sifatida yuzaga kelgan. Masalan:
Andijonda o‘t yoqsam,

O‘shda tutun.

Bu dunyoda bormikan
Bag‘ri butun.
Bu dunyoda bo‘lsa agar

Bag‘ri butun,

Qog‘ozdan hazon yasang,

Guldan – o‘tin.


Bu satrlardagi o‘xshatishlarni, majoziylikni, ohangga solingan inson qismatining badiiy qiyofasini hech bir buyuk san‘atkorda uchratolmaysiz. Buni faqat xalq dahosigina yaratishi mumkin. Ayni paytda muayyan shoirning sheoriy matniga bastakorlar tomonidan maxsus kuy bastalash asosida ham qo‘shiqlar vujudga keladi. Ularning eng yaxshilari mumtozlik maqomini oladi. Qo‘shiq janri ko‘rinishlarga boyligi bilan ham alohida ajralib turadi: tarixiy qo‘shiqlar, marosim qo‘shiqlari, laparlar, lirik qo‘shiqlar siyosiy qo‘shiqlar, ariyalar, intermeststolar. v.h.
Musiqaning turlari va janrlari juda ko‘p: xalq musiqasi, mumtoz musiqa, simfonik musiqa, vokal, musiqa v.h. Biroq u qaysi janrda bo‘lmasin, Y.Baxning organ uchun yozilgan xorallarimi, «CHo‘li Iroq» kuyimi, SHopenning etyudimi, Tarkanning qo‘shig‘imi – hammasi inson hissiyotlarini tarbiyalashda, ularni hayvonlikdan insoniylikka ko‘tarishda va bu hissiyotlarni noziklashtirishda muhim ahamiyatga ega. Zero musiqa inson qalbini hilmlashtiruvchi, yumshatuvchi eng kuchli estetik omildir.

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish