Andijon mashinasozlik instituti falsafa fanidan



Download 5,79 Mb.
bet380/388
Sana18.08.2021
Hajmi5,79 Mb.
#150984
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   388
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Raqs san‟ati. Bu san‘at turi Yevropada xoreografiya deb ataladi va raqsning barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Raqs qo‘l va oyoq harakatlariga asoslanadi, lekin bu harakatlar ritm, muqom va badanning plastik egiluvchanligi vositasida shiorona xayolot parvozini ifodalaydi. Bu vositalarning hammasi musiqa yordamida (juda bo‘lmaganda bir musiqiy asbob ishtirokida) umumiy bir uyg‘unlikni tashkil etadi, ana shu uyg‘unlik raqsning san‘at sifatidagi mohiyatini anglatadi. Raqsning ham o‘z ichki turlari ko‘p, diniy-falsafiy raqslar, mehnat raqslari yoki kasbiy raqslar, sof o‘yindan iborat raqslar, insoniy kayfiyatni anglatadigan raqslar, maxsus sstenariy (libretto) asosida sahnalashtiriladigan va uzoq vaqt davom etadigan raqslar v.h. M., hind mumtoz raqslarida diniy-falsafiy mazmunni ifodalash birinchi o‘rinda turadi, qo‘llar, oyoqlar, qosh-ko‘z harakatlari olamning vujudga kelishidan tortib, qadimgi Hindiston ma‘budlarining hayotigacha aks ettiradi. Bu raqslar daqiqalar emas, soatlar mobaynida ijro etiladi. Zamonaviy balet ham mazmunni aks ettirishda hind raqslariga o‘xshab ketadi, lekin bu erda asarni sahnalashtirish – teatrlashtirish muhim o‘rin egallaydi. O‘zbek xalq raqslarida esa egiluvchanlik, o‘yin unsuri bo‘rtib ko‘zga tashlanadi va butun xatti-harakat asosan tomoshabin qalbiga quvonch hamda zavq berishga yo‘naltiriladi. Unda ayol latofatining she‘riyati, nozikligi, noz-karashmasi erkaklarning mardona ulug‘vorligi, qudrat ramzini anglatuvchi harakatlari aks etadi. Kasbiy raqslarda esa muayyan mehnat turining shoirona tasviri o‘z ifodasini topadi («CHo‘pon raqsi», «Terimchi raqsi» v.h.).
Raqs san‘ati, yuqorida aytganimizdek, folklorning uzviy qismi tarzidagi va sahnaviy – teatrlashtirilgan ko‘rinishlarga egaligi bilan birga, mintaqaviy-mahalliylik xususiyatiga ham ega. M., o‘zbek raqsida uch yo‘nalish mavjud: Toshkent-Farg‘ona, Xorazm va Buxoro yo‘llari (ba‘zan usullari ham deyiladi). Ular bir-biridan ifodaviy usullarning o‘ziga xosligi bilan farqlanadi, ayni paytda har bir raqqosa yoki raqqosning o‘z uslubi bor. M., Mukarrama Turg‘unboeva bilan Galiya Izmaylovaning raqslari bu san‘atning buyuk namunalari bo‘lgani holda, uslubiy jihatdan bir-biridan farq qiladi.
So‘nggi paytlarda raqs san‘ati bizda keng yoyildi va unda havaskorlik unsurlari shu qadar ko‘payib ketdiki, natijada istagan qo‘shiqchi o‘zi raqqosalik, raqqoslik qila boshladi, raqsning san‘at turi sifatidagi qonun-qoidalari tan olinmay qo‘yildi. Goho bir qo‘shiqchi 6-8 nafar raqqosani, ba‘zan esa ayollar ayollarni «o‘ynatadi». Bunday hol professional san‘at havaskorlik darajasiga tushirishga, uning tanazzulga uchrashiga xizmat qilmoqda. O‘zbek milliy raqsi an‘analari, haqiqiy san‘at «erkin», «ommaviy raqs bo‘tqasi» ichida asl yuzini yo‘qotib bormoqda. Shu sababli, ming afsuski, hozirgi paytda kechagina sahnada bo‘lgan qizlarxon Do‘stmuhamedova, Malika Ahmedova, Rushana Odamboeva kabi san‘atkorlarning o‘rnini bosish u yoqda tursin, ularning yoniga yaqin keladigan raqqosalar yo‘q.
Teatr. Insoniyat ma‘naviy hayotida Teatr san‘ati juda qadamdan o‘z o‘rnini yo‘qotmay keladi. Bundan bir necha ming yillar avval qadimgi Hindiston, qadimgi Xitoy va qadimgi Yunonistonda dastlab teatr bir kishilik sahnadan iborat bo‘lgan, keyinchalik ikki kishilik sahnadan, undan keyingina jamoviy san‘at turiga aylangan. YA‘ni spektakl jamoaviy ijod mahsuli – rejissyor, dramaturg, aktyor va rassomning ijodiy izlanishlari natijasi o‘laroq yuzaga keladi. Ayni paytda unda bir necha san‘at turi omuxta tarzda namoyon bo‘ladi: me‘morlik, rassomlik (dekorastiya), musiqa va notiqlik san‘atining hamkorligi spektaklning sahnaviy asosini, dinamik tarzda rivojlanib boradigan dramatizm esa uning badiiy – estetik mohiyatini belgilab beradi.
Har bir spektaklning muvaffaqiyatli chiqishi rejissyor va aktyorlik iste‘dodi, mahorati bilan bog‘liq. Rejissyor ham, aktyor ham ijodkor. Rejissyor butun spektaklning ibtidodan intihosigacha yaxlit asar tarzida tasavvur qiladi va o‘z g‘oyaviy niyatini aktyorlar ovozi, harakati hamda sahnaviy ko‘rinishlardagi moddiy ashyolar orqali ro‘yotga chiqaradi. U drama yoki dramalashtirilgan epik asar (roman, qissa) asosida undan ma‘lum ma‘noda farqlanadigan

o‘zining badiiy-estetik talqinidagi Yangi asarni taqdim etadi, ya‘ni drama yozuvchining, spektakl esa asosan rejissyorning asari. Rejissyorning mahorati, aktyor va rassom ko‘magida sahnani o‘ziga xos olamga aylantiradi: unda biz o‘z zamonamizni ham, kechmish zamonlarni ham ko‘ramiz, ularning eng muhim, xarakterli jihatlarini ilg‘ab olamiz.


Rejissyor o‘ylagan g‘oyani aktyorlar amalga oshiradi. Aktyor – sahnaning joni, uning har bir holati, yuz ifodasi, ovozidagi ohang, monolog va dialog paytlaridagi qo‘l harakatlari badiiy qiyofani yaratadi. Zero spektaklning o‘zi boshdan-oyoq dinamik harakat mahsulidir. Shu bois ham aktyor mahorati, iste‘dodi sahna asari darajasini belgilaydigan asosiy omillardan. M., Otello rolini buyuk aktyor Abror Hidoyatov bilan ijro etgan spektakl orasida T. Azizov garchand u ham iste‘dodli aktyor bo‘lsa-da juda katta, qiyoslab bo‘lmaydigan darajada farq bor.
Teatr san‘atining yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, unda sahna asari tomoshabin oldida yaratiladi, o‘sha rejissyor, sahnaga qo‘ygan o‘sha aktyorlar o‘ynagan bugungi spektakl kechagidan farq qiladi. Bu sahna san‘atining doimiy ijodiyligini ko‘rsatadi, bugungi ijroga aktyor nimanidir qo‘shadi yoki undan olib tashlaydi. Bu uning ruhi, ijodiy kayfiyati, ikki yoki uch kunlik o‘sishi bilan bog‘liq.
Teatrning turlari ko‘p: yoshga qarab bo‘linadigan yoshlar teatri, bolalar teatri, jonli aktyor ishtirok etmaydigan qo‘g‘irchoq teatri bor. SHuningdek, musiqadan juda keng foydalanadigan, butun boshli piesa yoki librettoga bastakor alohida, davomli, kuy bastalaydigan balet musiqali drama, operetta, opera singari estetik mohiyatiga qarab ajratiladigan teatr turlari ham mavjud. Lekin qaysi turdagi teatr san‘ati bo‘lmasin, u millat va shaxs estetik didini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega.
O‘zbek milliy teatri qadim zamonlarda avval qo‘g‘irchoq («chodir xayol») tarzida mavjud edi. Faqat keyinchalik, XX asr boshlarida milliy drama paydo bo‘lgach (M.Behbudiy, «Padarkush»), zamonaviy teatr vujudga keldi, deb aytishimiz mumkin. Teatr jadidchilik harakati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, favqulodda juda tez va keng yoyildi. O‘zbekiston hududida XX asr 10-yillarining o‘zida Samarqandda, Toshkentda va Qo‘qonda teatr truppalari paydo bo‘ldi, o‘zbek xalqi ma‘naviyati xazinasi yana bir go‘zal san‘at bilan boyidi. Behbudiy, Avloniy, Hamza kabi buyuk ziyolilar bunda katta xizmat qildilar. Keyinchalik Mannon Uyg‘ur, Etim Bobojondek ulkan rejissyorlar, Abror Hidoyatov, Obid Jalilov, SHukur Burxon, Olim Xo‘jaev, Sora Eshonto‘raeva, Nabi Rahimov, Hamza Umarov, Rahim Pirmuhamedov kabi buyuk dramatik aktyorlar etishib chiqdi. Karim Zokirov, Halima Nosirova, Bernora Qorieva, Soadat Qobulova, Muyassar Razzoqova, Guli Hamraeva singari opera va baletning mumtoz ustalari jahonga tanildilar. Hozirgi o‘zbek teatri ma‘naviy-axloqiy maskan, haqiqiy ibratxona sifatida diqqatga sazovordir. «Chunki sahna san‘atining odamlarga nafaqat zavq-shavq baxsh etishi. ayni paytda milliy g‘urur, milliy

iftixor manbai, qudratli tarbiya vositasi ham bo‘la olishi – bu isbot talab qilmaydigan haqiqatdir»201.


Sirk. Sirk eng qadimgi an‘anaviy san‘at turlaridan biri. U Sharqda vujudga kelgan va dorbozlik san‘ati deb ham atalgan, ko‘chma tomosha sifatida xalq orasida shuhrat qozongan. Unda dorda langar bilan yurishdan tashqari, dorboz havo gimnastikachisi (chig‘iriqda) vazifasini ham bajargan. Pastda albatta nog‘ora dorbozning harakatlariga mos ohangda yangrab turgan. Ayni paytda pastda qiziqchi, ko‘zboylog‘ich, akrobat (besuyak), ayiq o‘ynatuvchi ishtirok etgan, ba‘zan askiyadan ham foydalanilgan.
Hozirgi paytda zamonaviy stirk o‘sha unsurlarni asosan saqlab qolgani holda, yanada murakkablashgan inson dovyurakligini, tanasining eguluvchiligini, erishib bo‘lmaydigan darajadagi epchillikni aktyor mahorati orqali namoyon etadi, unutilmas badiiy qiyofa yaratadi. Endilikda buning uchun maxsus aylana shaklida qurilgan, tomoshabinlar o‘rindiqlari ham aylana qilib joylashtirilgan bino va arena deb ataladigan aylana o‘yin maydonidan foydalaniladi. Undagi tomoshalarda inson tanasi go‘zalligini kuzatish bilan birga biz aktyor harakatlaridan vujudga kelgan insoniy mo‘‘jizalarni ham ko‘ramiz. STirk insonning nafaqat o‘z a‘zolari va hissiyotlari, balki hayvonlar, o‘yin asbobi bo‘lmish narsalar, makon, tomoshabinlar hissiyotlari, atrof-muhit ustidan, kengroq ma‘noda olganda, dunyo ustidan cheksiz hukumronligini namoyish etishi bilan bizni doimo xavotirdan hayratga aylanadigan estetik


idrok etish jarayonini boshdan kechirishimizni ta‘minlaydi. Zero stirk «sof

estetik»

san‘at, unda bevosita

manfaatdorlikni uchratmaymiz. M., bir shlyapa ostida ko‘zboylog‘ich uchirgan besh yoki o‘nta

kaptardan, olov

halqa ichidan arslonning sakrab

o‘tishidan, hech

qaysi sportchi bajarolmaydigan chig‘iriq

(gimnastik)

yoki

akrobotik (belsuyak) o‘yinlardan

qanday manfaat

bo‘lishi mumkin? Chunki

stirkda

respublika yoki

jahon

birinchiligi uchun (manfaatli) musobaqa o‘tkazilmaydi, umuman, stirk musobaqa degan tushunchani inkor etadi. Sirkning yana bir o‘ziga xos xususiyati, unda doimiy masxaraboz-qiziqchining ishtirok etishi, ya‘ni kulgililik


xususiyatining doimiy mavjud bo‘lishi bilan belgilanadi. Masxaraboz faoliyati stirkdagi barcha narsalarni (namoyishlarini), sirtdan bo‘lsa-da, bog‘lab turadigan, tomoshabinni bir hayratlanarli keskin kechinmali, havotirli holatdan ikkinchisiga o‘tishi uchun kulgili tanaffusni, muayyan ma‘nodagi forig‘lantirishni o‘z ichiga oladi. Masxaraboz mantiqiylik ustidan nomantiqiylikning, absurdning shartli ravishdagi g‘albasini ko‘rsatadigan va shu bilan tomoshabinda kulgi uyg‘otadigan, har bir davr uchun zamonaviy bo‘lgan, ya‘ni har bir zamonning «o‘z kulgisini» topa oladigan o‘lmas badiiy qiyofa.
Shuningdek, sirk san‘atida vorisiylik birinchi navbatda oilaviy san‘atkorlik, qolaversa ustoz-shogirdlik an‘analari hukumron. M., o‘zbek stirkida Toshkenboevlar oilasi bu san‘atning, deyarli barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatdilar va ko‘rsatmoqdalar, hozir biz stirkka kirsak, «nevara va evara san‘atkorlar» namoyishlaridan estetik zavq olamiz.



201 Karimоv.I.A. Хavfsizlik va tinchlik uchun kurashmоq kеrak. T., O‘zbеkistоn, 2002 y., 55–56-b.

Umuman olganda, stirk san‘ati millatni, ayniqsa yoshlarni mo‘‘jizaviylikdan hayratlanib, kulgililikdan forig‘lanib-jismonan baquvat, epchil, o‘z ruhi a‘zoi badani ustidan hukumronlik qila oladigan, katta tabiatining bir qismi bo‘lmish hayvonlar tabiatidan xabardor shaxs sifatida kamol topishida muhim ahamiyatga ega.

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish