Andijon mashinasozlik instituti falsafa fanidan



Download 5,79 Mb.
bet357/388
Sana18.08.2021
Hajmi5,79 Mb.
#150984
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   388
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Tolstoy san‘atning mohiyatini aniq-ravshan ifodalashga yo‘l ochish uchun «hamma narsani chalkashtirib yuboradigan go‘zallik tushunchasini» bir chetga surib qo‘yishni taklif etadi. Uning fikriga ko‘ra, san‘atning nima ekanini aniqlab olish uchun, avvalo unga lazzat vositasi emas, balki inson hayotining shartlaridan biri sifatida qarash lozim. San‘at Tolstoyning ta‘biricha, shunday insoniy fazilatki, unda bir kishi ongli ravishda ma‘lum tashqi belgilar bilan o‘zi boshidan kechirgan hislarni etkazadi, boshqa odamlar esa o‘sha hislarni o‘ziga yuqtirib, ularni qayta ko‘ngildan o‘tkazadi.
Buyuk rus mutafakkiri ijodning maqsadini «fikrni badiiy ifodalash» deydi. Fan va san‘at bir-biri bilan xuddi o‘pka va yurakdek o‘zaro bog‘liq, agar bir a‘zo buzilsa, ikkinchisi ham to‘g‘ri harakat qilolmaydi. Fanning ishi muhim haqiqatlarni izlab topish va ularni kishilar ongiga singdirish. San‘at esa ana shu haqiqatlarni ilm-fan olamidan hissiyot olamiga o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Tolstoy san‘atdagi g‘oyasizlikni inkor etadi. SHu munosabat bilan mazmun va shaklning o‘zaro aloqalariga to‘xtaladi. U shakl va mazmun yaxlitligini tan oladi hamda bir tomondan, mazmunni asosiy hodisa sifatida talqin etar ekan, badiiy shaklsiz san‘at asarining bo‘lishi mumkin emasligini ta‘kidlaydi.
Tolstoy Yangilikni haqiqiy san‘at asarining asosiy belgisi deb ataydi. Asl san‘atkor doimo odamlarga noma‘lum nimadir, Yangi narsa topishga harakat qiladi. Mazmunni yorqin ifodalash uchun san‘atkor Yangi shakllar izlaydi. Tolstoy dekadansni «bema‘nilikning so‘nggi bosqichi» deb ataydi. Nitstsheni dekadansning nazariy yo‘lboshchisi sifatida tanqid qiladi, ularning san‘atini, xuddi o‘zlaridek tentaklardan tashkil topgan kichkinagina to‘garak a‘zolarigagina yoqadigan «ijod mahsullari», deb ataydi. Haqiqiy san‘at esa eng keng sohalarni qamrab oladi. Inson qalbining mohiyatini o‘ziga rom etadi. YUksak va asl san‘at doimo shunday bo‘lib kelgan.
Ko‘pchilikni hayratda qoldiradigan yana bir narsa borki, bu Tolstoyning SHekspirga munosabati. Buyuk rus yozuvchisi «San‘at nima?» risolasi va «SHekspir va drama haqida» maqolasida SHekspirni nafaqat tanqid qiladi, balki batamom inkor etadi. Tolstoyning fikriga ko‘ra, SHekspir pesalari asosida «eng tuban, eng qabih dunyoqarash yotadi», ularda oliy tabaqalar ko‘klarga ko‘tarilib, omma nafratiga munosib qilib tasvirlanadi, mavjud tuzumni o‘zgartirishga bo‘lgan har qanday intilish, xususan, insonparvarlik yo‘nalishidagi intilishlar ham qoralanadi. SHekspir ijodi aksildemokratik mohiyatga ega, uning asarlari axloqsiz asoslarga qurilgan. Ular beistisno tarzda yuqori sinflar san‘atini tashkil etadi.

Соловѐв В. Сочинения в 2 т. Второе издание. Т. 2. М., Мысл, 1990. С. 359. Толстой Л. Собрание сочинения в 22 т. Т. XV, М., ИХЛ, 1983. С. 74.

Turkiston ma‟rifatchi-jadid mutafakkirlarining estetik qarashlari.
Bu harakat ibtidosida turganlardan biri buyuk o‘zbek shoiri Zokirjon Xolmuhammad o‟g‘li Furqatdir (1958-1909). Agar shoirning g‘azallari, muhammislari, musaddaslari lirik tabiatga ega bo‘lib, ularda yor go‘zalligi madh etilsa, masnaviylarida ijtimoiy muammolar o‘rtaga tashlanadi. Masnaviylarning bir qismi («Ilm xosiyati», «Vistavka xususida», «Gimnaziya») ma‘rifatni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan. «Toshkent shahrida bo‘lg‘on nag‘ma bazmi xususida», «Nag‘ma va nag‘magar va aning asbobi va ul nag‘ma ta‘siri xususida», «Suvorov haqida», «SHoir ahli va she‘r mubolag‘asi xususida» deb atalgan masnaviylar esa ma‘lum ma‘noda estetikaga taalluqli. Iste‘dodli filolog olim SHuhrat Rizaev ulardan birini – «Suvorov haqida»gi masnaviyni ilk o‘zbek teatr tanqidi namunasi, spektaklga she‘riy yo‘lda yozilgan taqriz deydi. Bu fikrda jon bor. Zero yuqoridagi masnaviylarni o‘ziga xos estetik manzumalar deyish mumkin. Furqat «Nag‘ma va nag‘magar va aning asbobi va ul nag‘ma ta‘siri xususida» masnaviysida «Toshkand shahrida bo‘lg‘on nag‘ma bazmi xususida» masnaviysidagi «taqrizchilik» doirasidan chiqib ketadi, xonandalar, sozandalar, konstert zali, unga kirish qoidalarini tasvirlashdan voz kechadi, asosiy e‘tiborni musiqadan va undan olinadigan estetik lazzat haqida fikr yuritadi.


Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish