Andijon mashinasozlik instituti falsafa fanidan


Yevropa ma‟rifatparvarlari estetikasi



Download 5,79 Mb.
bet353/388
Sana18.08.2021
Hajmi5,79 Mb.
#150984
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   388
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Yevropa ma‟rifatparvarlari estetikasi
Yangi davrdagi Yevropa ma‘rifatparvarlari orasida shotland mutafakkiri Deyvid Hyum (1711 – 1776) alohida o‘rin tutadi. Uning «Didning me‘yori xususida», «Fojea xususida», «Skeptik», «San‘atlar borasida takomilga erishish xususida» kabi asarlarida estetik muammolar o‘rtaga tashlangan. U nafosatni bilishdan tashqaridagi hissiyot olamiga taalluqli deb hisoblaydi. Hyumning fikriga ko‘ra, go‘zallik asosan idrok etuvchining ongida, ruhida mavjud bo‘ladi, aniq ob‘ektiv asosga ega emas. «Go‘zallik, – deb yozadi u, – narsalarning o‘zida mavjud bo‘lgan sifat emas; u istisnosiz tarzda o‘zini mushohada etayotgan ruhda mavjud, har bir insonning ruhi esa go‘zallikni boshqacha idrok etadi. Boshqalar go‘zallik degan narsani birovlar hatto xunuklik deb qabul qilishi
mumkin, shuning uchun har bir idrok etuvchi o‘zi his qilayotgan holatni o‘zgalarga zo‘rlab uqtirishga intilmasligi kerak»193.

История эстетической мысли в 6 т. Т. 2. М., Искусство, 1985. С. 155.

O‘sha manba. S. 156.
Истории эстетической мысли. Т. 2. С. 285.

Go‘zallikning aniq, ya‘ni ob‘ektdagi asosini Hyum asosan tan olmasa-da, sub‘ektdan tashqarida ham go‘zallik tuyg‘usini uyg‘otuvchi, «estetik reakstiya» qo‘zg‘atuvchi omillar borligini butunlay inkor etmaydi. Maqsadga muvofiqlikni u ana shunday asos-omil deb hisoblaydi. Uning nazdida go‘zallik foydalilik va maqsadga muvofiqlikni idrok etish asosida vujudga keladigan kechinmadir.


Hyum «Inson tabiati xususida» asarida go‘zallikni lazzat va huzur bag‘ishlovchi, xunuklikni yoqimsiz taassurot uyg‘otuvchi ruhiy-estetik hodisa sifatida olib qaraydi hamda ular talqiniga alohida bob bag‘ishlaydi. Bu ikki xususiyatni u axloqiylik bilan bog‘laydi. Chunonchi, vujudimiz go‘zalligi bizda g‘urur, xunukligi esa xoksorlik hissini uyg‘otadi, go‘zalligimizdan mag‘rurlanamiz, xunukligimizdan uyalamiz, zero go‘zallik ham, xunuklik ham bizning «men»imiz bilan mustahkam bog‘liq. «Go‘zallik, bu – qalbimizda lazzat, huzur uyg‘otadigan qismlarning joylashuvi va moslashuvidir... YOqimsiz kayfiyat uyg‘otadigan xususiyatga ega xunuklikdan uning farqi ana shunda. Shunday qilib, lazzat va yoqimsizlik nafaqat go‘zallikning zaruriy hamrohlari hisoblanadi, balki ularning mohiyatini ham tashkil etadi. Go‘zallikni xuddi hozirjavoblik kabi aniqlashtirishning iloji yo‘q, biroq faqat alohida did yoki sezgi yordamida uni ajratish mumkin, shundan kelib chiqib, biz go‘zallik lazzat bag‘ishlaydigan shakldan boshqa narsa emas, xunuklik esa qismlarning yoqimsiz kayfiyat uyg‘otadigan tarzda joylashuvidir... SHunday ekan,

bu ikki sifatning barcha ta‘siri ana shu sezgilarimizdan keltirib chiqarilishi lozim...»194.


Ana shu go‘zallikning faqat tasavvur qilish mumkin bo‘lgan ob‘ektiv asosidan Hyum estetik did me‘yorini keltirib chiqaradi. Uning fikriga ko‘ra, inson go‘zallikning alohida ko‘rinishlari va darajalarini o‘zaro taqqoslash hamda shu borada mulohaza yuritishi natijasida tajribasi oshadi, o‘z hissiyotini, estetik didini takomillashtirib boradi. Did borasidagi mulohazalardan u shunday xulosa chiqaradi: birinchidan, hamma odamlarda did bir xil emas, ikkinchidan, shunday shaxslar borki, ular butun insoniyat tomonidan o‘zgalardan ustuvor turadigan insonlar sifatida tan olinadi. SHuningdek, didning har xilligi bir tomondan, alohida odamlar maylining o‘zaro farqi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, turli zamon va mamlakatlarda odatlar hamda tafakkur yo‘sinining turlichaligi didning manbai hisoblanadi.
Hyumning nazdida estetik did va uning xilma-xilligi axloqiy muhitdan kelib chiqadi. Ayni paytda san‘at jamiyatning axloqiy hayotiga juda katta ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi; u insonparvarlikning keng yoyilishiga, insonning hilmlashuvi va faollashuviga xizmat qiladi. Hyum san‘at asarlarini falsafiy nazariyalar, diniy tizimlar bilan solishtirib san‘atga ustuvorlik mavqeini beradi: mavhumiylikka asoslangan falsafiy nazariyalar va diniy tizimlar muvaqqat ekanini, hatto bir asr mobaynida birining o‘rnini ikkinchisi, ikkinchisining o‘rnini uchinchisi egallashini, eskirishini lekin haqiqiy san‘at asarlari doimo dolzarb, Yangi bo‘lib qolaverishini ta‘kidlab o‘tadi, badiiy bilishni hamma bilish turlaridan yuksak qo‘yadi. Nafis san‘at turlarini idrok etish – hayotning turli hodisalari to‘g‘risida mulohaza yuritish va hukm chiqarishga bo‘lgan qobiliyatimizni takomillashtiradi, didimizni charxlaydi: «Hech narsa she‘riyatda, suxandonlikda, musiqa va rangtasvirda go‘zallikni o‘rganish darajasida fe‘l-atvorni takomillashtirmaydi, – deb yozadi Hyum. – Bu san‘atlar hissiyotlarga muayyan nafislik bag‘ishlaydi... nozik, yoqimli hayajon uyg‘otadi. Ular ruhni turli tirikchilik tashvishlaridan, xudbinlarcha intilishlardan chalg‘itadi, tafakkur qilishga, orom olishga yo‘naltiradi, barcha ruhiy holatlardan ko‘ra ko‘proq muhabbat va do‘stlikka

moyillikni, uyg‘otadigan yoqimli ma‘yuslikni yuzaga keltiradi».


Hyumning estetik qarashlari, ko‘rib o‘tganimizdek, muayyan nuqsonlariga qaramasdan, estetik did, go‘zallik va san‘atning inson ma‘naviy olamiga beqiyos ta‘sirini nazariy isbotlab berishi bilan diqqatga sazovordir. Uning asarlari shuning uchun ham A.Smit, E.Byork va G.Kant kabi mutafakkirlarning ta‘limotlariga katta ta‘sir ko‘rsatdi.
Ma‘rifatparvarlik estetikasida ingliz mutafakkiri Edmund Byork (1729 – 1797) qarashlari katta ahamiyatga ega. Uning «Ulug‘vorlik va go‘zallik to‘g‘risidagi g‘oyalarimizning falsafiy tadqiqi» asarida estetikaning asosiy umumnazariy masalalari o‘rtaga tashlanadi. Byork nimaiki, qandaydir darajada dahshatli bo‘lsa yoki dahshat uyg‘osta, o‘sha narsa-hodisa ulug‘vorlikning asosiy, manbai hisoblanadi, deya ta‘kidlaydi. Boshqa hissiyotlarni esa aloqaga nisbat beradi. Aloqaning asosida muhabbat yotadi. Tor ma‘noda u – inson zotini davom ettirishga qaratilgan jinsiy aloqa, keng ma‘noda butun borliq bilan aloqa. SHunday qilib, Byorkning fikriga ko‘ra, insonda ikki xil asosiy intilish bor: o‘zini asrashga va aloqaga intilish. SHunga ko‘ra, birinchisi – ulug‘vorlikning, ikkinchisi esa – go‘zallikning manbai hisoblanadi.
Buyuk franstuz faylasufi, estetik va adib Deni Didro (1813 –1884) Yevropaning eng taniqli ma‘rifatparvarlaridan biri hisoblanadi. Didro estetik qarashlarining g‘oyatda o‘ziga xosligi shu bilan belgilanadiki, uning merosida falsafiy masalalar va badiiy amaliyot orasida keskin farq sezilmaydi. Uning ba‘zi badiiy asarlari falsafiy risolaga, ayrim falsafiy asarlari va estetik risolalari esa badiiy asarga o‘xshatib yozilganini ko‘ramiz, xususan, chuqur falsafiy-nazariy fikrlarini u badiiy dialoglar shaklida ifodalaydi. U san‘atga umumfalsafiy-nazariy jihatdan yondashar ekan, ayni paytda o‘z davridagi ijodkorlar amaliyotiga suyanib ish ko‘radi: uni qarashlari alohida, sof nazariya emas, balki san‘at taraqqiyotining dolzarb masalalari bilan bog‘liq nazariy fikrlardir.
Didro go‘zallikni alohida bir narsa yoki o‘z-o‘zini tashkil etuvchi hodisa sifatida olib qaramaydi. Uning uchun go‘zallik munosabat bilan bog‘liq. «Go‘zallikning vujudga kelishi va tabiati to‘g‘risida falsafiy tadqiqlar» risolasida: «SHunday qilib, men, – deb yozadi mutafakkir, – aqlimda munosabatlar g‘oyasini uyg‘otadigan
qobiliyatni o‘zida mujassam qilgan mendan tashqaridagi hamma narsani deb atayman». Bu bilan Didro mutlaq go‘zallikning yo‘qligini, u doimo nisbiy ekanini, kimgadir go‘zal ko‘ringan narsa boshqa odamga go‘zallik bo‘lib

Юм. Д. Трактат о человеческой природе. Минск, Попурри, 1988. С. 350-351. История эстетической мысли. Т.2. С.289.



Дидро Д. Эстетика и литературная критика. М.. ИХЛ, 1980. С. 117.

tuyulmasligi mumkinligini ta‘kidlamoqchi. «SHundan kelib chiqib, – deb davom etadi u, – mutlaq go‘zal narsaning o‘zi yo‘q esa-da, lekin bizga nisbatan olganda ikki xil go‘zallik mavjud: real go‘zallik va bizning idrokimizdagi




Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish