Nazorat uchun savollar.
1.Elektrotexnika fani nimani o`rgatadi? 2.Elektr zaryadi nima, Kulon qonuni ifodalang?
3.Elektrotexnika fanini yuzaga kelish tarihi? 4.Elektr zaryadi, maydoni va elektr toki nima?
5.Fanning maqsadi va vazifasi nima? 6.Qarshilik, o`tkazuvchanlik, dielektrik nima?
7.Fotoeffekt, termoelektron emissiya nima? 8.Termoelektron emissiya, fotoeffekt nima?
9.Elektr energiya tushunchasini izohlab bering? 10.Elektr energiyasi qanday afzalliklarga ega?
11.Elektr energiyasini uzatkich simlari qanday? 12.Elektr energiyani uzatish kuchlanishi qanday?
13.Elektrdan foydalanishni ortib borishi sababi nima? 14.Energiyani qanday ishlab chiqariladi?
15.Elektrdan samarali foydalanishning yo`nalishlari ayting? 16.Kuchlanishni uzatish tizimi qanday?
2-MODUL
2-mavzu: O`ZGARMAS TOK CHIZIQLI ELEKTR ZANJIRLARI
O’zgarmas tok elektr generatorlari. Iste’molchilari va ularning qo’llanilish soxalari. O’zgarmas tok elektrotexnik qurilmalarining shartli grafik tavsiflanishi. Elektr zanjiri va uning elementlari. O’zgarmas tok elektrotexnik qurilmalarining almashtirish sxemalari. Rezistiv elementlar, E.Yu.K. vat ok manbalari, ularning almashtirish sxemelari.
Elektr zanjirlari topologiyasi. Elektr zanjirining asosiy qonunlari. Bitta manbali tarmoqlangan va tarmoqlanmagan elektr zanjiri. . Elektr zanjir sxemalarida elektrik kattaliklarning shartli musbat yo’nalishi.
Murakkab elektr hisoblash usullarini; Krixgof qonunlarini qo’llash, kontur toklari, tugun potensiallari, ustma-ustlash va ekvivalent generator usullari. O’zgarmas tok elek zanjirlarini. Nochiziqli elementli o’zgarmas tok elek zanjirlarini xisoblash.
|
Vaqt birligi ichida o`zining elektrik parametrlari hamda yo`nalishini bir hil meyorda saqlaydigan toklarga o`zgarmas elektr toki deyiladi. O`zgarmas tok zanjiri elementlari, manbaalari, elektr energiya iste’molchilari va boshqa elementlarni shartli belgilanishlari quyida jadvalda ko`rsatilgan. Hozirgi vaqtda canoatda, ayniqsa elektrotransportda qo`llaniladigan o`zgarmas tok energiyasini ko`p qismi turli tipdagi to`g’rilagichlar vostasida o`zgaruvchan toklardan hosil qilinadi. O`zgarmas toklarni hosil qilish uchun o`zgarmas tok generatorlaridan ham keng foydalaniladi. Dunyo miqyosida garchan asosiy foydalaniladigan energiya tarkibini o`zgaruvchan toklar tashkil etsada o`zgarmas tokdan transport sohasida, yengil sanoatda, boshqarish tizimlarida, radiotexnikada, xalq xo`jaligidagi barcha texnikalarni ta`mirlash qurilmalarida ishlatiladi. Elektr energiya manbaaasi sifatida generatorlar, kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi birlamchi elementlar, akkumulyatorlar batareyasi va galg’vanik elementlar ishlatiladi.
-
2-jadval
Nomlanishii
|
Belgilanishi
|
O`zgarmas tok elektr generator
|
|
Birlamchi element yoki akkumulyator
|
|
O`zgarmas tok elektr dvigateli
|
|
Elektr lampochkasi
|
|
Birlashtiruvchi sim
|
|
Bir qutbli rubilnik
|
|
Saqlagich
|
|
Ampermetr
|
|
Voltmetr
|
|
O`zgarmas tok motorlari asosan mahsus qurilmalarda ishlatilmoqda, bu texnologik jarayon talablari bilan belgilanadi. Masalan: metallarni gal`vanik qoplash uskunalari, elektroliz qurilmalari, metallarga elektr uchquni bilan va anod-katodli mexanik ishlov berish usku nalarida qo`laniladi. Bundan tashqari o`zgarmas tok motorlari tezligi keng diapazonlarda rostlanadigan elektr yuritmalarida qo`laniladi. O`zgarmas tok energiyasi manbaaalari sifatida tristorli, tiratronli va simobli o`zgartkichlar, dvigatel-generatorlar, boshqarilmaydigan yarim o`tkazgichli to`g’rilagichlar ishlatiladi. O`zgarmas tok qurilmalari uchun 220 yoki 440 V kuchlanish kattaligi tanlanadi 110 V kuchlanish iqtisodiy jihatdan qulay emas. 6,12, 24, 36, 48 va 60 V o`zgarmas tok kuchlanishlari o`zgartkichlar yordamida hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |