Ma`lumotlar kodlash, raqamli tizim. Raqamli dasturiy boshqariladigan EMT va komplekslar elektr yuritma dasturiy boshqariladigan universal tizimdir. U dastgoxlardlagi turli buyumlarni qayta ishlashda keng qo’llanishga ega bo’lib, detallarni qayta ishlash sifati va mexanik unimdorligini sezilarli darajada oshishni ta'minlaydi.
RDU li elektr yuritmalar qo’llanilganda buyumlarni qayta ishlash bo’yicha barcha texnologik ma'lumotlar buyum yoki qayta ishlovchi instrumentning tezligi va siljishi ishlab berishdagi operasiyaning ketma - ketligi va boshqalar raqamlar ko’rinishida beriladi. Barcha raqamlarning majmuasi ushbu buyumga ishlov berish dasturini tashkil etadi. Dastur oldindan mos ravishda xisoblandi, kodlashtirilgan u yoki bu turdagi dastur tashuvchiga yoziladi. Buyumga ishlov berish oldidan dastur elektr yuritmaning dasturiy qurilmasiga kiritiladi.
Konturli (funksional) RDB li tizimlar buyum, instrument yoki buyumni ixtiyoriy trasktoriyada siljishini ta'minlaydi, bu turli konfigurasiyaga ega bo’lgan buyumlarga konturli ishlov berishda talab qilinadi.
RDB li tizimlar yopish yoki ochiq bo’lishi mumkin. Yopiq tizimlarda datchiklar yordamida instrument yoki buyumning xaqiqiy o’rin joyi o’lchanadi va bu malumot teskari aloqa ko’rinishda taqqoslovchi qurilmaga beriladi. Ushbu qurilmada u, dasturiy qurilma signali bilan solishtiriladi. Xaqiqiy o’rin joyi topshiriqqa nisbatan farq qilganda elektr yuritmaning boshqarish tizimiga, instrument yoki buyumni o’rin joyini kerakli korreksiya qilishni ta'minlovchi, qo’shimcha boshqarish signali beriladi. Shu orqali yopiq RDB tizimlari, buyumlarga ishlov berishni yuqori aniqligini ta'minlaaydi.
Ochiq RDB tizimlarida instrument yoki buyumning xarakati nazorat qilinmaydi va topshiriqqa nisbatan bevosita solishtirilmaydi. Shuning uchun, tizim ko’rsatkichlarini yoki qandaydir tashqi ta'sirlarni, misol uchun, yuritma validagi qarshilik momentni, tasodifiy o’zgarishi dasturga ishlov berish aniqligini kamayishini chaqiradi. Shu bilan bir qatorda ochiq tizimlar yopiqlarga nisbatan sozlash va ishlashda soddaroqdir. RDB tizimi dastgoxlarda buyumga ishlov berish jarayoniga bir necha bosqichlardan iborat bo’lgan bunda tastur tashuvchini tayyorlash oldin keladi. Buyumga ishlov berish dasturini tuzish uchun boshlang’ich ma'lumotlar sifatida quyidagi texnologik kattaliklar bo’ladi: tayyorlamaning o’lchovlari (chala maxsulot) va buyumning chizmasi, tayyorlamaning materialli, instrumentning xarakteristikalari, buyum tayyorlashning aniqlik darajasi, ishlov berishning ko’rinishi va xarakteri.
Ma'lumotlarning kiritishga qulay bo’lishi va dastur tashuvchining uzunligini kamaytirish uchun texnologik kartadagi barcha ma'lumotlar kodlashtiriladi. RDB tizimlarida ikkilangan va ikkilanmagan- 10 li kodlar eng ko’p tarqalgan. Bunda ikkilangan va 10 li sanoq tizimdan foydalaniladi. Dastur tashuvchiga dastur aloxida. "Bo’laklar" (bloklar) ko’rinishida yoziladi. Xar bir blok texnologik siklining ushbu bosqichidagi buyumga ishlov berishi to’g’risidagi barcha ma'lumotlarni o’z ichiga oladi. Kordinata o’qlari bo’yicha siljish tezligi va yo’nalishi, ishlov berish rejimlari. Sovutish rejimlari va boshqalar. Bu ma'lumot aloxida "So’zlar" yordamida ifodalanib, ularning xar biri yoki koordinata o’qlari bo’yicha siljish qiymatini yoki uning tezligi va yo’nalishini yoki qandaydir yordamchi kamandalarni aniqlaydi. Buyumga ishlov berish dasturini o’z ichiga olgan xolda tayyorlangan DT., elektr yuritmaning kirish qurilmasiga o’rnatiladi