Andijon Mashinasozlik Instituti
“Elektrotexnika” fakulteti
“Energiya tejamkorligi va Energoaudit” yo’nalishi
K-95-21-guruh talabasi Xusanov Maxmudjonning
“Energiya tejamkorlik asoslari” fanidan
O’qituvchi: Topvoldiyev Nodirbek
Tayyorladi: Xusanov Maxmudjon
Tayyorlaga mustaqil talimi
ENERGIYA TEJAMKORLIOGINING XUQUQIY ASOSLARI
Bugungi kunda, energiya iste'moli samaradorligini sezilarli darajada
oshirish muammolari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, jahon yoqilg'ienergetika balansining katta ulushini tashkil etuvchi neft va gaz
zahirasining yuqori sur'atlarda kamayishi, atrof-muhitning ekologik
vaziyatini sezilarli darajada yomonlashuviga olib keluvchi energiya
iste'molining salbiy ta'sirini ortib borishi va boshqa sabablar bilan
bog'liqdir.
Energiya iste‘moli hajmining oshishini zudlik bilan oldi olinmasa, bu
bir tomondan, global ekologik inqirozga, ikkinchi tomondan ekologik
falokatga olib kelishi mumkin. Elektr energiya sarfini sezilarli
qisqartirishga, elektr energiyasining darajasini belgilab beruvch yoqilg'ienergetika resurslaridan (YER) samarali foydalanish evaziga erishish
mumkin.
Butun dunyo noan‘anaviy energiya turlaridan foydalanishga katta
qiziqish bildirmoqda. Noan‘anaviy va qayta tiklanish texnologiyasiga
asoslangan energiya manbalari (NQTEM), atmosferaga ifloslantiruvchi
moddalar chiqarmagani uchun ekologik toza hisoblanadi. O‗zbekiston
sharoitida kichik gidrostansiya, quyosh, shamol, biomassa resurslari va
geotermal energiya turlaridan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Undan
tashqari, qayta tiklanadigan energiya manbalari, chekka, tog‗li va mavjud
energiya manbalaridan uzoq, borish qiyin bo‗lgan tumanlar uchun yagona
iqtisodiy, oson erishish mumkin bo‗lgan energiya manbasi bo‗lishi
mumkin.
Hozirgi kunda butun jaxon miqyosida dolzarb muammo bo‗lib turgan
elektr energiyasi olimlarni fikricha 2030 yilga borib 2 barobarga oshishi
takidlanmoqda. Bunga sabab kundan kunga mamlakatimizda zamonaviy
texnika va texnologiyalarni paydo bo‗lishidir, masalan, aholi ehtiyoji
uchun muzlatgichlar, sovutgichlar va shunga o‗xshash turli xildagi
energiya sarf qilinuvchi jixozlarni keltirishimiz mumkin. Shuning uchun
mamlakatimizda energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirishda hozirgi
zamon elektron qurilmalaridan keng foydalangan holda noan‘anaviy
energiya manbalaridan samarali foydalanib tejamkor elektr ta‘minotini
tashkil etish aholi turmush darajasini oshirishdan iboratdir.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |