5-mavzu: Axborot – hisoblash tizimlari.
Reja:
Axborot-hisoblash tizimlarining turlari va vazifalari.
Axborot-hisoblash tizimlarining tarkibiy tashkillanishi.
Ko’p mashinali va ko’p protsessorli hisoblash tizimlari.
Tayanch iboralar: kopmyuter tizimlari, texnik tizimlar, tizimli dasturiy ta’minot, amaliy dasturiy ta’minot, axborot oqimlari, multimedia, drayver.
1.Axborot-hisoblash tizimlarining turlari va vazifalari.
Axborot-hisoblash tizimlarining rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, hisoblash tizimlarini turlarini tez o’zgarishi xolatini yuzaga keltiradi. Xozirgi kunda inson xayotida axborot-hisoblash tizimlarining kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalahish juda muxim rol o’ynaydi.
Axborot-hisoblash tizimlari har qanday hisoblash kompleksining eng muhim tarkibiy qismi sanalib, yuqorida zikr etib o’tilganday shaxsiy kompyuterning tevarak-atrof bilan, jumladan foydalanuvchilar, boshqarish ob’ektlari va boshqa kompyuterlar bilan hamkorligini ta’minlaydi. Axborot-hisoblash tizimlari kompyuterga maxsus ajratkichlar orqali bog’lanadi.
Axborot-hisoblash tizimlarining daraxtsimon (ierarxik), tarmoqli(turli), relyatsion turlari mavjud.
Daraxtsimon (ierarxik) turda ob’ektlarning yozuvlari ikki yarusdagi elmentlardan iborat bo’ladi.
Tarmoqli(turli) turda xam ob’ektlar daraxtsimon (ierarxik) turdagi kabi yozuvlari ko’rinishda tasvirlanadi. Ob’ektlarning o’zaro aloqalari yozuvlar o’rtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi.
Relyatsion turda ob’ektlar va ularning o’zaro aloqalari ikki o’lcholi jadval ko’rinishida tasvirlanadi. Ma’lumotlarning bunday tasvirlanishi ob’ektlarning o’zaro aloqalarini yaqol tasvirlanishiga asos bo’ladi.
Axborot-hisoblash tizimlarining vazifalari (aks ettiriladigan tasvirdagi gorizontal va vertikal bo’yicha chiqariladigan nuqtalar soni) turlicha bo’ladi. Vazifalaridan biri elektron pushkalardan chiqayotgan nurlar yuminoforning tegishli rangli nuqtasiga tushishini ta’minlashdan iborat. Agar ko’lankali niqob tuynuklar tizimidan tashkil topgan bo’lsa, apertur panjara vertikal tirqishlar tizimini hosil qiladi. Ekranning ichki yuzasidagi lyuminofor nuqtalarining o’lchamlari qanchalik kichik bo’lsa, monitordagi tasvir shu qadar ravshan bo’ladi. Odatda, ushbu nuqtalarning o’lchamlari haqida emas, balki ular orasidagi masofa haqida mulohaza yuritiladi. Ushbu ko’rsatkich monitor modellarining turlari uchun har-xil bo’lib, 0,41 mm dan 0,21 mm gacha o’lchanadi. Bu masalada me’yoriy daraja ko’lankali niqobga ega ENN uchun 0,26-0,28 mm, apertur panjaraga ega ENN uchun esa 0,25mm sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |