9-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Taqsimlangan tarmoqni o’rganish va konfigurasiyalash. Tarmoqlangan tarmoq segmentatsiyasi va virtual lokal tarmoqlar konfigurasiyasi.
Ishdan maqsad:Tarmoqlangan tarmoq segmentatsiyasi va virtual lokal tarmoqlar konfigurasiyasini sozlshni o’rganish.
Nazariy qism
OSI modelining yetti bosqichi bajaradi. SHu yerda axborot shifrlanadi va deshifrlanadi, lozim bo’lgan taqdirda ularni zichlashtiradi.
Aloqa o’tkazish vaqtini boshqarish bosqichi (Session, seansovqy urovengp) aloqa o’tkazish vaqtini boshqaradi(yahni aloqani o’rnatadi, tasdiqlaydi va tamomlaydi). Bu bosqichda abonentlarni mantiqiy nomlarini tanish, ularga ega bo’lish huquqini nazorat qilish vazifalari ham bajariladi.
Transport bosqichi (Transport) paketni xatosiz va yo’qotmasdan, kerakli ketma-ketlikda yetkazib berishni amalga oshiradi. SHu yerda yana uzatilayotgan uzatilayotgan axborotlarni paketga joylash uchun bloklarga taqsimlanadi va qabul qilingan axborotlarni qayta tiklanadi. Tarmoq bosqichi (Network, setevoy urovengp) bu bosich paketlarni manzillash, mantiqiy nomlarni jismoniy tarqmoq manziliga o’zgartirish, teskariga ham va shuningdek paketni kerakli abonentga jo’natish yo’nalishini tanlashga (agarda tarmoqda bir nechta abonent bo’lsa) javobgar.
Kanal bosqichi yoki uzatish yo’lini boshqarish bosqichi (data link), bu bosqich standard ko’rishdagi paket tuzishga va boshlash hamda tamom bo’lishni boshqarish maydonini paket tarkibiga joylashishiga javobgardir. SHu yerda yana tarmoqqa ega bo’lishni uzatishdagi xatoliklar aniqlanadi va yana qabul qilish qurilmasiga xato uzatilgan paketlarni qaytatdan uzatishni boshqarish amalga oshiriladi.
Jismoniy bosqich (physical, fizicheskiy urovengp) - bu modelni eng quyi bosqichi bo’lib, uzatilayotgan axborotni signal kattaligiga kodlashtiradi, uzatish muhitiga qabul qilishni va teskari kodlashni amalga oshirishga javob beradi. SHu yerda yana ulanish moslamalariga, razemlarga, elektr bo’yicha moslashtirish va yerga ulanish hamda to’siqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar aniqlanadi.
Modelni quyi ikki bosqichning (1 va 2) vazifasini odatda qurilmalar bajaradi (2-bosqich vazifasini bir qismini tarmoq adapterining dasturiy drayveri bajaradi). Aynan shu bosqichlarda tarmoq topologiyasi, uzatish tezligi, axborot almashishni boshqarish usuli va paket formati (o’lchami), tarmoq turiga to’g’ri taoluqli ko’rsakichlar aniqlanadi (Ethernet, Token-Ring, FDDI). Yuqori bosqichlar to’g’ridan-to’g’ri biror aniq qurilma bilan ishlamaydi, vaholangki 3,4 va 5 bosqichlar qurilma xususiyatlarini hisobga olishlari mumkin. 6 va 7 bosqichlar umuman qurilmalarga hech qanday aloqasi yo’q. Tarmoq qurilmalaridan birini boshqa birorta qurilma bilan o’zgartirganda ham ular buni hech vaqt sezmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |