2.“Shina”, “yulduz” va “Halqa” topologiyalari.
Tarmoq har doim bir nechta komphyuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri o’z axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot uzatish va qabul qilish komphyuterlar o’rtasida navbat bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun har qanday tarmoqda axborot almashinuvini “Shina”, “yulduz” va “Halqa” topologiyalari boshqarib turiladi. Bu esa o’z navbatida komphyuterlar o’rtasidagi axborot to’qnashishi va buzilishini oldini oladi yoki bartaraf qiladi.
Tizim shinasi bu - belgilangan yo’nalish bo’yicha signallar uzatishga mo’ljallangan liniyalar to’plami. Tizim shinasining asosiy vazifasi protsessor hamda boshqa elektron kompyuterlar o’rtasida ma’lumot ayirboshlashdan iborat. Tizim shinalari orqali informatsiya uzatish, qurilmalar adresatsiyasi hamda maxsus xizmatchi signallar amalga oshiriladi. Ma’lumotlar shinasi bo’yicha protsessor va operativ xotira o’rtasida yoki protsessor va kiritish-chiqarish portlari o’rtasida informatsiya almashuvi ro’y beradi. Ma’lumotlar shinasining asosiy harakteristikasi bu-razryadlilik. Zamonaviy personal komnyuterlarda 64-razryadli ma’lumotlar shinasidan foydalaniladi. 64-razryadli shina orqali bir vaqtning o’zida 8 bayt ma’lumot uzatish mumkin.
Kompyuter tizimlarida “yulduz” va “Halqa” topologiylari orqali protsessor xotiraning almashuvida ishtiroq etishi kerak bo’lgan yacheykasiga jo’natadi. Agar boshqaruv shinasining biror liniyasidan kiritish-chiqarish portiga ulanganlik to’g’risida signal uzatilgan bo’lsa, unda manzil shinasidagi manzil portning nomeri sifatida tushuntiriladi.
Tarmoqlarni qurish asoslari kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari “Shina”, “yulduz” va “Halqa” topologiyalari boshqaruv shinasi turli boshqaruv signallarini uzatishga mo’ljallangan liniyalardan iborat.
Barcha zamonaviy kompyuterlar kombinatsiya qilingan tizim shinalariga ega, masalan, ISA (Industry Standard Architecture) - Standart Sanoat Me’morchiligi.
Shinalarning biri birlamchi tizim (EISA, ISA), keyingisi esa ikkilamchi (PCI) tizim deyiladi.
Tizim shinasining me’morchiligi protsessor turiga qarab aniqlanadi, albatta bunda mikrosxemalar guruxi va soni hamda periferik qurilmalarning razryadliligiga bog’liq.
Pentiym platformalaridagi tizim shinalari protsessorning operativ xotira bilan 64-razryadli ma’lumotlar almashuvini ta’minlaydi, bunda ma’lumotlar adresatsiyasi 32-razryadli manzil orqali amalga oshiriladi.
Periferik qurilmalar bilan birgalikda, ISA shinasi 16-razryadli ma’lumotlar kodi va 16-razryadli ma’lumotlar manzili kodini EISA shina esa 32-razryadli ma’lumotlar kodi hamda 32-razryadli manzilini kodini almashuvini ta’minlaydi.
Ko’pincha turli me’morchilikdagi shinalarning imkoniyatlarini solishtirish maqsadida shinaning o’tkazuvchanlik qobiliyatidan foydalanshadi.
Uni bir taktda uzatiladigan baytlar sonini uning ish chastotasiga ko’paytirish orqali hisoblash mumkin. Masalan Pentiym protsessorining PCI shinasi 533 Mbayt/s o’tkazuvchanlik tezligiga ega. Agar protsessorning taktli chastotasi tizim shinasinikida yuqori bo’lsa yoki protsessor bir taktda bir necha instruktsiya bajara olish qobiliyatiga ega bo’lsa, u shinaning o’tkazuvchanlik qobiliyatipi to’liq ishlatilishi mumkin. Bu protsessorning unumdorligini kamaytiruvchi to’xtab qolishlariga olib keladi. O’tkazuvchanlik imkoniyatining oshirilishi taktik chastotani yoki ma’lumotlar shinasining razryadliligini oshirishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |